Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


Resept. Reseptning asosiy qismlari



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə113/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Resept. Reseptning asosiy qismlari.


Retseptura farmakologiya fanining bir qismi bo’lib, retseptlarda dori vositalari nomlarini to’g’ri yozilishi va dori tayyorlash texnologiyasini o’rgatuvchi fan sifatida o’rganiladi. Shunga muvofiq retseptura ikki qismdan iborat.
1. Vrachlik retsepturasi – bu qismda dori vositalarini retseptlarda to’g’ri yozish qonun qoidalarini o’rgansa.
2. Texnologik retsepturada esa dorixonalarda dori tayyorlash usullari hamda qoidalari, shuningdek tayyor dori shakllarini iste’molga chiqarish bilan shug’ullanadi.
Retseptura fani farmasevtika sohasi mutaxassislari uchun mukammal, to’liq o’rgatilib, veterinariya mutaxassislariga esa umumiy tushuncha beriladi.
Retsept (lotincha recipere – olmoq) – davolovchi vrachning farmasevtga kasal odamga yoki hayvonlarga kerakli bo’lgan dori shaklini tayyorlash va uni qanday usulda qabul qilish to’g’risidagi yozma murojaatidir.
Retseptda qanday dori vositasining yozilishi, uning miqdori, qanday shaklda tayyorlanishi, qaysi hayvon turiga berilishi va qancha miqdorda necha marotabadan qabul qilinishi tuliq yozib ko’rsatiladi.
Retsept - yuridik hujjat hisoblanib, unda ko’rsatilgan dori vositalarining nomlari va miqdori, shuningdek qabul qilish usullari tuliq siyoxli rangda tushunarli qilib yozilishi shart.
Retseptlarni yozish uchun 8,5x15 sm li yoki 105x148 mm kattalikdagi maxsus qog’ozlar qo’llaniladi.
Qog’ozning ikki yon tomonidan 1-2 sm kenglikda joy, har xil belgilar qo’yish uchun qoldiriladi.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin