Zamonaviy veterinariya dorixonalar faoliyati bilan tanishuv. Veterinariya dorixonasi Dorixona (lotin nomlanishi officina, yunoncha apotece) asosan davolovchi vrach tomonidan yozib berilgan retseptlar asosida dori shakllarini tayyorlash va iste’molga chiqarish bilan shug’ullanuvchi korxona. Dorixonalarda ofisinal hamda magistral usullarda tayyorlangan dori moddalari saqlanadi va sotiladi.
Bundan tashqari kasal hayvonlarni davolash jarayonida ishlatiladigan ba’zi asbob-uskunalar, bog‘lov materiallari va boshqalar ham sotiladi.
Dorixona toza, yorug’ va havo almashib turuvchi quruq xonalardan iborat bo’lib, davolashga ixtisoslashgan ambulatoriya va klinika yonida bo’lishi kerak. Bundan tashqari dorixonalar maxsus jihozlangan dori vositalarni saqlash uchun alohida xonalar, yer to’la va dori javonlari bo’lishi shart. Dori vositalari har xil tashqi va ichki muhitlar ta’sirida o’zgarishi mumkin. Misol uchun: Adrenalin va xloroform yorug’lik va nam bo’lgan joyda tez buziladi. Shu tufayli vositalarni qarong’u va quruq joyda saqlash tavsiya etiladi. Dori moddalarini saqlash qoidalari Dorixonalarda bo‘ladigan dorilar asosan zaharli – A ro‘yxatga kiradigan va kuchli ta’sir qilishga ega bo‘lgan moddalar – B ro‘yxatga kiritiladigan va boshqa moddalar bo‘ladi.
Zaharli moddalar – Venenadeb ataladi, kuchli ta’sirga ega moddalar - Heroica deb ataladi.
Dorixonalarda A ro’yxatga kiradigan moddalar Venena deb yozib qo‘yilgan metall shkaflarda yoki seyflarda saqlanishi kerak. Seyf eshigining ichki tomoniga, «A» yoki «Venena»- (zahar) so’zi oq qog’ozga qora rangda hamda zaharli moddalarning bir martalik va sutkalik eng katta dozalari ko‘rsatilgan ro‘yxat bilan yozib yopishtirib quyiladi.
«B» ro’yxatga kiruvchi «kuchli» ta’sir ko’rsatuvchi vositalar esa maxsus seyflarda saqlanib, seyf eshigining ichki tomoniga «B» yoki «Heroica» so’zi oq qog’ozga qizil rangli yozuv bilan hamda bir martalik va sutkalik eng katta dozalari ko’rsatilgan ro‘yxat bilan yozib yopishtirib quyiladi. Qolgan guruh vositalari esa oynali yog’och dori javonlarida saqlanishi belgilab qo’yilgan. Davolash muassasalarining bo‘limlari va xonalarida ham zaharli va kuchli ta’sirga ega bo‘lgan dori moddalarini saqlash shu qoidalarga asoslanadi. Barcha javobgarliklar esa ushbu dorixona mudiri zimmasiga yuklatiladi.