Karbomatlar. Kartamin kislotasining birikmalari insektitsid ta’sir qilishi avvaldan ma’lum, karbomatlar insektitsid ta’sir etishining asosini xolinesteraza faolligini buzishi tashkil qiladi., ular atsetilxolin sistemasini blokada qilib xolinesteraza funksiyasining buzilishiga olib keladi. Insektitsid ta’sir qilish xususiyatlari XOB larga o‘xshash. Asosiy vakili sevin hisoblanadi.
Sevin – Sevinum. Oq kristall kukun, hidsiz. Issiqqa chidamli, suvda qiyin eriydi va juda sekin eriydi (1:10000 nisbatda). Ko‘pchilik organiq erituvchilarda yaxshi eriydi. Bu insektitsid kontakt yo‘li bilan va ichak orqali ta’sir qiladi. Juda ham kichik dozalarda hashoratlarni o‘ldirish xususiyati bilan bebaho hisoblanadi. Sevin quyosh nurlari ta’sirida buzilmaydi, shuning uchun teriga surtilgan 4-5 kungacha ta’siri saqlanib turadi. Dust shaklida sepilganda esa ta’siri 10 kungacha cho‘ziladi. Sevin hashoratlar xitin pardasiga yaxshi yopishadi, biroq sekin o‘tadi, shuning uchun o‘lim 10-15 kun daqiqadan keyin boshlanadi. Zahar ta’sirida hashoratlarda avvaliga qo‘zg‘alish qo‘zatiladi, keyinchalik harakati buziladi va o‘lim sodir bo‘ladi.
Hayvonlar uchun o‘tkir zaharli dozalari: kalamushlar uchun – 540 mg/kg, quyonlar uchun – 840 mg/kg. O‘tkir zaharlanishga nisbatan surunkali zaharlanish juda xavfli hisoblanadi. Hayvonlar organizmida sevin birikkan naftolga aylanadi va buyraklar orqali ajralib chiqariladi.
Sevin ichirish uchun qoramollar gipodermatozida qo‘llaniladi – 50 mg/kg miqdorda, 5% li dust shaklida har xil hashoratlarga qarshi qo‘rashishda ishlatiladi.
Dikrozil – Dicresilum. 20-30% li konsentrat emulsiya holatida, 40% li kukun va 7% li dust holida ishlab chiqariladi. Texnik dikrezilkristall modda bo‘lib pushti rangda, kuchsiz krezol hidli, tashqi muhit sharoitlariga chidamli, suvda erimaydi, organiq erituvchilarda yaxshi eriydi.
Junxo‘rlarga nisbatan 0,7-1,0% li suspenziya, iksodo kanallariga qarshi 1,0% li eritma va tovuq kanalariga va piroplazmozni yuqtiruvchi kanalarga qarshi qo‘llaniladi.