Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə104/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Dozasi va qo‘llash usuli. Yirik shoxli hayvonlarga preparat alohida yakka tartibda, quydagi dozalarda beriladi.

  • monieziozda va oshqazon ichak nematodozlarida -3.75 g100 kg tirik vazniga

Qo‘ylarga preparat alohida yoki guruh holida berilishi mumkin.
- moniziozda va oshqazon-ichak nematodozlarida-2.5g 100 kg tirik vazniga
- surunkali fasseliyozda-3.75 g100 kg tirik vazniga
Parrandalarga askaridioz va geterakidoz kasalliklarda, 2 kun birdaniga, guruh usulida, kombikormaga qo‘shilib 0,5 g 10 kg parranda vazniga nisbatan qo‘llaniladi
Qarshi ko‘rsatma. O‘tkir fasseliyoz, hayvonlarni qochirish vaqtida yuqumli kasalliklar kuzatilganda va ozg‘in hayvonlarga qo‘llash taqiqlanadi.
Preparat qabul qilgan qoramolar, qo‘y, ot va cho‘chqalarni go‘shtga so‘yish, dori berilgandan keyin 20 kundan so‘ng,parrandalarni 5 kundan so‘ng, ruxsat etiladi.
Sog‘in sigirlar suti, degilmentizatsiya o‘tkazilgan keyin 4 kun o‘tgandan kun sutni iste’molga chiqarish mumkin.
Drontal(Drontal)-preparatli shakllari drontalplyus, transil-K tabletka shaklida ishlab chiqariladi.
Drontal tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi bositalari, prazikvantel va pirantel o‘zaro sinergist ta’sir xususiyatlariga ega bo‘lib, yumaloq va lentasimon gijjalarga qarshi o‘ldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ulardagi asosiy tez ta’sir ko‘rsatuvchi xususiyati, parazit membranasi o‘tkazuvchanligidagi Ca++ almashinuvini o‘zgarishini prazikvantel ta’sirida yuzaga kelib, natijada ulardagi modda almashinuvi buzilishidan o‘lishga sabab bo‘ladi.
Pirantel preparati xolinergik antagonist sifatida, nikotinga o‘xshash ta’sir ko‘rsatib, nematodlar asab-muskullar tizimini o’rab olishi (blakada) tufayli, ularda falajlikni keltirib chiqaradi.
Qo‘llanilishi: Asosan mushuk nematodlari (toksokoroz, ankilostomoz) va sestodlar (teniidozlar, dipilidioz, exinokokkoz) chaqiradigan kasalliklardan himoya qilish va davolash maqsadlarida qo‘llash tavsiya etiladi.
Ichga bir tabletkadan har 10 kg tirik vaznga nisbatda olinib qo‘llaniladi.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin