Gijjalarga qarshi qo‘llaniladigan vositalar. Antigelmintiklar - kimyoviy va tabiiy biologik preparatlar bo‘lib, inson va hayvonlarda uchraydigan gijjalarga qarshi qo‘llaniladigan guruh vositalaridir.
Ushbu guruh vositalari ko‘plab chiqarilayotgan bo‘lsada, ularni hozirgi paytda ko‘p qo‘llanilayotganlari asosan oshqozon va ichak tizimida parazitlik qilayotgan gelmintlar trematodlar, sestodlar va nematodlarga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi preparatlari amaliyotda keng qo‘llanilmoqda.
Gelmintlarga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi preparatlar qabul qilgan hayvonlar mahsulotlarini iste’molga chiqarishda, mahsulotlar tarkibida ma’lum miqdorda preparat qoldig‘ini bor yoki yo‘qligi nazoratdan o‘tkazilishi talab etiladi, aks holda odamlarda salbiy holatlar kelib chiqishi mumkin. Bunday holatlarni sodir bo‘lmasligi va uni oldini olish maqsadida, antigelmintik qabul qilgan hayvonlarni go‘sht uchun so‘yishga oxirgi marta dori qabul qilingandan 30 kun o‘tgandan so‘ng ruxsat etiladi.
Antigelmint qabul qilgan va majburiy so‘yilgan hayvonlar go‘sht mahsulotlarini,veterinariya qonunchiligida ko‘rsatilgan veterinariya-sanitariya talablariga muvofiq mahsulotlari tekshiruvdan o‘tkazilib yaroqlilik darajasi aniqlanadi va shunga qarab xulosa qilinadi.
Hozirgi paytda, yuqorida sanab o‘tilgan ko‘plab preparatlarning mavjud ekanligiga qaramasdan,yuqori samaradorlikka ega,kam zaharli barchasi uchun qo‘llanishi mumkin bo‘lgan va arzon gijjalarga qarshi vositalar etarli emas. Bunga piperazin va fenasol preparatlarini kiritishimiz mumkin. Keyingi yillarda antigelmintik dori vositalarining ,gijjalarga nisbatan qarshi ta’sir ko‘rsatish samaradorligi pasayib bormoqda.Asosiy sabab antigelmintlarni uzoq muddat davomida qo‘llanishi va shunga muvofiq ularga nisbatan gijjalarning rezistentlik faoliyatining oshib borishligidadir.
Hozirgi vaqtda hayvonlar oshqozon va ichaklar strangilidiozlari benzimidazollar, levamizol, klozantel, avermektin va fosfor organik birikmalariga; otlar strangilyatozlari fosfor organiklarga, pirantel, piperazinga; qo‘ylar fatsiolalari klazantel va triklobenzizol preparatlari ta’siriga nisbatan himoya rezistentligi mavjudligi aniqlangan.
Gelmintlarga qarshi qo‘llaniladigan vositalarining hayvonlar organizmga salbiy ta’sirlari asosan, nefrotoksik (to‘rt xlorli uglerod) fotosensibilizatsiya (fenasol fenotiazin); gepatotoksik (tiabendazol, piperazin).kanserogen (margumush preparatlari); mutogen (to‘rt xlorli uglerod margumush preparatlari); teratogen (albendazol, parbendazol, mebendazol, tetramizol) kabi salbiy ta’sirlarga ega.
Gelmentlar trematod (so‘ruvchilar) sestod (lenta) nematod (yumaloq) larga bo‘linadi. Farmakalogiyada har bir guruhga ta’sir etuvchi dorilar mavjud.