Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə98/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Asosiy adabiyotlar:
1. Соколов В.Д. “Фармакология” Санкт-Петербург 2010 г.
2. Azizova S.S. «Farmakologiya» darslik. Toshkent 2000 y.
Qo’shimcha adabiyotlar
1. Farmonov N.O, Salimov Y. “Farmakologiya fanidan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari uchun uslubiy qo’llanma” Samarqand 2007 y.
2. Klyuyev M.A. va boshqalar. «Tabobatda ishlatiladigan dori-darmonlar» Toshkent, 1995 y.
3.Maxkamov S.N. va boshqalar. «Tayyor dorilar texnologiyasi» Toshkent 1996 y.
4. Машковский М.Д. «Лекарственние средства», 1998 г
5. “Veterinariya meditsinasi” jurnali, Toshkent


Antigelmentik moddalar haqida tushuncha
Gel’mintlar (grek Helmens-gijja )- bular organizmda yashovchi parazit gijjalar. Ular hayvon organizmini o‘zining zaharli mahsulotlari va o‘lik a’zolari zaharlaydi, aniqrog‘i gijjalar o‘lganda organizmga noxush ta’sir ko‘rsatadigan toksik moddalar hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, gelmentlar organizmga katta miqdorda to‘planib ular qon tomirlar va ichaklar ichki yuzasini mexanik yopib qo‘yadi, to‘qimalar orqali o‘tib ularni shikastlantiradi, yallig‘lanish chaqiradi va infeksiyani kirishiga yo‘l ochadi. Gel’mentlar oshqozon ichak kanalida o‘pkada, jigarda muskullar va boshqa organizmda parazitlik qiladi va gelmentoz kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Veterinariyada gelmentoz kasalliklarni oldini olishda va davolashda maxsus dori moddalar antigelmentiklar qo‘llaniladi. Antigelmentiklar ( anti-qarshi, helmens - gijja) hayvon organizmini gijjalardan tozalash maqsadida qo‘llaniladigan dori moddalar.
Ularni yo‘qotishda ishlatiladigan preparatlarga quyidagi talablar kiradi:
a) preparatlarning ta’sir doirasi keng bo‘lishi kerak;
b) preparatning davo qilish samarasi bir marta berilganida yuqori darajada bo‘lishi kerak.
v) ular mikroorganizmga zararsiz bo‘lishi kerak.
g) Hayvonlar 12 - 16 soat och dieta holida saqlanishi shart, chunki dori gijjaga yaxshi ta’sir etadi.
d) Dori qo‘llanilgach 2-4 soat o‘tgach, surgu dorilar qo‘llash kerak, chunki ichaklardan gijjalarni tez tozalaydi.
Hozirgi vaqtda antigelmint preparatlarining ko‘pchiligi ushbu talablarga javob bermaydi. Mazkur dorilar asosan gijjalarning turiga qarab tanlab ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun ularga davo qilishdan oldin gijjaning turini aniqlash zarur.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin