Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


VII.Antibiotiklar – oligosaxaridlar (aminoglikozidlar) – yoki neomitsidlar



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə94/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

VII.Antibiotiklar – oligosaxaridlar (aminoglikozidlar) – yoki neomitsidlar.
Oligosaxaridlar yoki neomitsinlar – o‘zining asosida har xil tuzilishdagi oligosaxaridlari bo‘ladi. Ancha antimikrob ta’siri keng bo‘lsada, streptokokklar, pnevmokokk, enterokokk, brutsella va ko‘k yiringlatuvchi tayoqchalarga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Asosan, parenteral qo‘llaniladi, yomon so‘riladi. Ushbu guruhdagi dorilarning bir qismi tabiatda nursimon zamburug‘lardan:
1. Neomitsin.
2. Kanamitsin.
3. Tobramitsin.
4. Gentamitsin.
5. Monomitsin.
6. Kanamitsinning sulfat.
Ular o‘rta keng spektrga ega bo‘lgan preparatlar hisoblanadi. Grammusbat va grammanfiylariga ham bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi. Yuqorida keltirilgan (penitsillin, levomitsetin, tetratsiklin, streptomitsin) guruhdagi dorilarga chidamli mikroorganizmlarini ham o‘sishini tezda to‘xtatadi.
Veterinariyada ko‘pdan beri monomitsinlar ishlatilib kelinmoqda. Uni muskul orasiga yuboriladi: qoramollarga 4-6 ming TB/kg, cho‘chqalarga – 2-4 ming TB/kg, qo‘ylarga – 6-8 ming TB/kg, tovuqlarga – 50 ming TB/kg. Ularning tashqi, ichki, jaroxatlarda ham keng masshtabda qo‘llanilmoqda.
VIII. Polipeptid va polimikinlar guruhidagi preparatlar:
Ularni har xil turdagi Bacillus polymyxa lar ishlab chiqaradigan mahsulotlardan olinadi. Ularning turiga qarab harflar yoki raqamlar bilan belgilanadi. Quyidagi prepartlari bor:

  1. Polimiksin M-sulfat.

  2. Polimiksin V- sulfat.

  3. Batsitratsin – A –guruhga kiradi.

  4. Batsillixin – 10, 20 va 30.

Ularning ko‘plari ayniqsa gramanfiy mikroblarga kuchliroq ta’sir qiladi. Veterinariya amaliyotida ayniqsa batsitratsin ko‘p qo‘llaniladi, ular ko‘pgina infeksion kasalliklardan tashqari: sekin tuzilayotgan jarohatlarda, nekrozli yaralarda, absess, flegmona, kolit, gastro enterit va boshqa kasalliklarda ko‘p qo‘llaniladi.
Batsillinxin preparatlari – polufabrikat sifatida hayvonlarning o‘sishini, semirishni tezlatish va vaqtini qisqartirish uchun ko‘p qo‘llaniladi. Sifrlar esa preparat tarkibidagi antibiotikning miqdorini ko‘rsatadi.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin