Antibiotiklar – makrolidlar guruhi. Qo‘llanilishi. Preparatlari.
Makrolidlar – organik birikmalar bo‘lib, ularning asosida makrotsiklik laktam halqasi va ko‘p sonli uglerod atomlari yotadi.
Makrolidlar – Actinomycetales guruhiga kiruvchi mikroorganizmlardan olinadi, chunki ular ishlab chiqaradi.
Makrolidlarning qo‘yidagi prepartlari yaxshi o‘rganib chiqarilgan va amaliyotda ko‘p qo‘llaniladi:
Eritromitsin.
Eritromitsin fosfat.
Oleandamitsin.
Oletetrin.
Tilozin.
Makrolan-200.
Farmazin-50, 200.
Tilozin preparati veterinariya amaliyotida keyingi paytlarda ko‘p qo‘llanilmoqda.
Makrolidlar kukun, tabletka va eritma shaklida ko‘p ishlatilmoqda.
Ular grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga ham o‘zining antimikrob ta’sirini ko‘rsatadi. Ularni infeksion kasalliklarda tezroq ta’sirga ega bo‘lish uchun vena qon tomiriga ham yuboriladi. Tilozinni – Tilosinum veterinariya amaliyotida grammusbat va manfiy mikroorganizmlar chaqiruvchi yuqumli kasalliklardan tashqari nafas olish organlari kasalliklarida sepsisda, jarohatlarda, yaralanish va boshqa har xil yiringli yallig‘lanishlarda keng qo‘llaniladi. Muskul orasiga yuborish uchun uni quyidagi miqdorlarda yuboriladi:
O‘rtacha barcha hayvonlarda – 6000-8000 TB/kg.
Tovuqlarda – 25-30.000 TB/kg
VI . Polienli – zamburug‘larga qarshi antibiotiklar preparatlari. Kimyoviy tarkibi murakkab tuzilishga ega bo‘lgan moddalar bo‘lib, 4-kam bo‘lmagan bog‘lamlarga ega: tetraenlar, pentaenlar, geksaenlar, geptaenlardir.
Zamburug‘lar chaqiradigan kasalliklarda ishlatiladigan dori vositalariga quyidagilar kiradi:
Nistatin – uni aktinomitset Streptomyces naursei ishlab chiqaradi.
Levorin – Streptomyces Levoris krass – produksiyasi hisoblanadi.
Levorinning natriy tuzi.
Amfoteritsin V. – aktinomitset Streptomyces nodosus – lar mahsulotidir.
Amfoglyukomin – kompleks tuzdir.
Mikogeptin – aktinomitset Streptoverticillium mycoheptinicum mahsuloltidan tashkil topgan.
Nistatin va boshqalar achitqisimon kandidalar chaqiruvchi kandidamikoz kasalligida qo‘llaniladi. Nistatin, levorin, amfoteritsin, malham (maz) sifatida ham chiqariladi. Ular shilimshiq pardalar kandidamikozi, teri va ichki organlar zaralanganda ishlatiladi.
Amfoteritsin – davolash qiyin bo‘lgan kasalliklar: blastomikoz, kriptokokkoz, koksidioz, gistoplazmoz, mog‘or mikozlarida ham davolashda effekti katta. Ularning vena qon tomiriga ham in’eksiya qilish kerak bo‘ladi. Lekin asosan og‘iz orqali va mahalliy surtish uchun asosan kerak bo‘ladi. Og‘iz orqali uzoqroq, kattaroq dozalarda qo‘llaganda allergik reaksiya va boshqa ziyonli ta’sirlari ham bo‘lishi mumkin.