II. Tetratsiklin guruhiga kiruvchi preparatlar: Tetratsiklin preparatlari Astinomycetales guruhiga kiruvchi mikroorganizmlardan olinib, 4-yadroli gidroaromatik kondensirlangan birikmalardan tashkil topgan. Penitsillinlardan ta’sir mexanizmi kengroq, ya’ni ular grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga ham antimikrob ta’sirini ko‘rsatadi. Boshqa ta’sirlari ham bor: ular kislotaga chidamli bakteriyalarga, rikketsiyalarga va ayrim yirik viruslarga ham bakteriotsid ta’siri bor. Bakteriolitik ta’siri 10 marta bakteriostatik ta’siridan kuchliroqdir.
Ta’sirining asosini mikroblardagi gaz almashinuvi va fosforlanish jarayonini buzadi. Zaharliligi juda past. Toksik dozasi terapevtik dozasidan 20-40 marta ko‘proq.
Qo‘llanilishi: Hayvonlarning o‘sishini va emirishini stimullashdan tashqari qo‘yidagi infeksion va ko‘pgina noinfeksion kasalliklarda ishlatiladi: dizenteriya kasalliklarida, dispepsiya va boshqa diareya kasalliklarida, salmonellyoz (paratifda), oshqozon va ichak kasalliklarining boshqa surunkali xillarida, o‘pka kasalliklarida, kuydirgida, yomon sifatli shishda, teylerioz, brodzot, emfizematoz (qorason) karbunkulda, nekrobatsillyozda, leptospiroz, rinit atrofiyaga uchraydigan rinitda va boshqalarda qo’llanildi.
Tetratsiklinlar har xil dori shakllarida tashqi va ichki usullarda keng qo‘llaniladi, ko‘z kasalliklarida ko‘pgina maz (malhamlari) va linimentlari bor.
Preparatlari:
Tetratsiklin.
Tetratsiklin gidroxlorid.
Oksitetratsiklin, digidrat.
Tetratsiklin, terramitsin gidroxlorid.
Xlortetratsiklin – biomitsin.
Morfotsiklin.
Metatsiklin.
Dioksitsiklin gidroxlorid.
Dibiomitsin.
A) Xlortetratsiklin gidroxlorid:
Qoramollarga – 0,01- 0,02 / kg.
Qo‘ylarga - 0,007-0,01/ kg
Parranda - 0,02-0,03 / kg
Sutkasiga 2 marta – og‘iz orqali.
B) Dibiomitsin – muskul orasiga:
Qoramollarga – 20.000 – 30.000 ED – TB/kg.
Qo‘ylarga - 30.000 -50.000 TB/ kg.
V) Oksatetratsiklin (terramitsin )
Barcha hayvonlarga o‘rtacha -5000-10000 TB/kg.
Tetratsiklinlarning arzon, tayyorlanishi oson bo‘lgan tozalanmagan, yarim tozalangan (polufabrikatlar) ham ko‘p miqdorda qo‘llaniladi. Ular yosh hayvonlarni tez o‘stiradi, semirtiradi, kasalning oldini oladi va davolaydi. Tarkibida vitamin va boshqa stimulyatorlar mavjud.
Yuqoridagilardan tashqari tetratsiklin, dibiomitsin va boshqalarning maz (malham)lari ham chiqarilib ularni ko‘pincha ko‘z (konyuktivit) kasalliklari va boshqa yiringli jarohat, yaralarda ham qo‘llaniladi.