Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə90/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Antibiotiklar sinflari.
Antibiotiklarning dori vositasi sifatida ishlatilishi hamda chorvachilik va veterinariya amaliyotida qo‘llanilishi bo‘yicha veterinariya farmakologiyasida eng oxirgi sinflari quyidagilar hisoblanadi:

    1. Penitsillinlar guruhi – Penicilllium zamburug‘idan olinganlar, asosan 3 xil bo‘ladi: Penicillium chrysogenium, notatum, crustochum

  1. Tetratsiklinlar guruhi – Aktinomitset Actinomycetales – mikroorganizmlardan olingan va ushbu guruhga kiradi.

3. Levomitsetinlar guruhi – Actinomycetales guruhiga kiruvchi mikrorganizmdan olinadi.
4. Streptomitsinlar guruhi – Actinomycetales guruhidagi m.o. olinadi.
5. Makrolidlar guruhi – Actinomycetales guruhidagi m. organizmlardan olinadi.
6. Polienli antibiotiklar guruhi – Actinomycetales mikroorganizmlardan olinadi.
7. Oligasaxaridlar yoki neomitsinlar guruhi – Actinomycetales guruhidagi mikroorganizmlardan olinadi.
8. Polipeptidlar va polimiksinlar guruhi – Bacillus polymyxa – guruhidagi mikroorganizmlardan olinadi.
9. Har xil guruhdagi antibiotiklar
Penitsillinlar guruhi.
Penitsillin – ko‘k mog‘or – zamburug‘i penicillumlar ishlab chiqaradigan mahsulotidir. Hozirgi vaqtlarda penitsillinni 3 xil shtammasidan tayyorlanadi: Penicillium – notatum, Penicillium – crustosum, Penicillium – chrysogenium.
Ularni o‘stirishda 4 tipdagi penitsillinlar hosil bo‘ladi. Mikroblarni yo‘q qilishda, ya’ni infeksion kasalliklarni davolashda eng aktivi hisoblanadi va ular benzilpenitsillin va fenoksimetilpenitsillin nomi bilan yuritiladi.
Penitsillin, kislota bo‘lib, tez organizmda parchalanib ketadi va qisqa vaqt ta’sir qiladi. Uni to‘g‘rilash uchun – natriy va kaliy tuzlariga o‘tkaziladi.
Prolongirlangan xillari yanada uzoq (longus) va kengroq ta’sir ko‘rsatadi, shulardan yuqumli kasalliklarni davolashda ko‘proq – novakainli va ekmolin bilan qo‘shilgan kompleks preparatlari ishlatiladi.
Hozirga kelib penitsillinni yarim sintez yo‘li bilan ham olinmoqda, bunda Penicillium - chrysogenium shtammi ishlatilmoqda. Ushbu yo‘llar bilan bitsillin, efitsillin, oksatsillin va boshqalari olinmoqda. Ayrim penitsillinlar (fenoksimetilpenitsillin) ni oziqa muhitiga radikalini o‘zgartirish, keraklisini hosil qilish yo‘li bilan ham olinmoqda.
Kukun hamda preparatlari ta’sir qilmaydi, mikrobga qarshi ta’siri deyarli bo‘lmaydi, ularni sterillab bo‘lmaydi, yuqori temperaturada buziladi.
Penitsillinlar zavodda kukun holda flakonlarda chiqariladi va sterillangan (mikrobsizlantirilgan) bo‘ladi.
Penitsillinlarning antimikrob ta’siri ancha kuchli, ayniqsa grammusbat mikroblarga (aerob va anaerob) qarshi qo‘llaganda effekti juda kuchli bo‘ladi. Ko‘p yillar uni faqat grammusbat mikroblar chaqiruvchi infeksiyalarda qo‘llab kelishgan edi. Hozirga davrga kelib, ham grammusbat ham grammanfiy mikroblar chaqiradigan kasalliklarga qarshi ishglatiladigan preparatlar chiqarilmoqda: Ampitsillin, ampioks, sefalosporidin, karbenitsillin mikrotsid va boshqalar.
Tuberkullyoz, brutsellyoz, ichak tayoqchalari penitsillinga chidamli, ularda penitsillin neytrallaydigan – penitsillinaza fermenti hosil qiladi.
Penitsillinlar mikroblar devorining hosil bo‘lishini buzadi. Muskul orasiga va teri ostiga in’eksiya qilingach tez ta’sir qiladi. Og‘iz orqali berilganda ingichka so‘riladi, yo‘g‘on ichaklarda esa parchalanib ketadi, parchalanishini saprofit grammanfiy mikrofloralar hosil qiladigan penitsillinaza fermenti amalga oshiradi. Organizmga shimilgach, butun organ va to‘qimalarga tarqaladi, hamda tezda neytrallanadi va chiqariladi (siydik va o‘t orqali). Qo‘llanilishi: Biz yuqorida ham grammusbat, ham grammanfiy mikroblarga qarshi ta’sir qiluvchi penitsillinlar haqida biroz yozib o‘tgan edik. Ular asosan: streptokokklar, diplokokklar, stafilokokklar, spiroxetalar, pnevmokokklar, kuydirgi minengokokklar tayoqchalariga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, ularning aerob va anaerob xillarining ham yo‘q qiladi. Viruslar, tuberkulyoz (sil), ichak tayoqchalari, brutsellyozlar va boshqalari penitsillinlarga ancha chidamli.
Amaliyotda qo‘yidagi infeksion kasalliklarning oldini olish va davolash uchun qo‘llaniladi: Otlarning manqa kasalligida, cho‘chqalarning roja, qoramollarning plevropnevmoniyasida, otlarning krupoz nafas olish organlarining kasalliklarida, leptospiroz kasalligida, nekrobatsillyoz, pasterellyozda, emfizematoz karbunkullyozida (emkar) – qorason, aktinomikoz kasalligida, yomon sifatli shishda, mastitlarda, yosh mollarning oshqozon ichak kasalliklarida, yuqumsiz kasalliklarda, jarohatlarda, tuyoq kasalliklarida, siydik ajratish organlari kasalliklarida, burun, quloq, ko‘z va teri kasalliklarida o‘tkir, o‘rta va surunkali yiringli yallig‘lanishlarda, bo‘g‘im, pay (artrit, tendenit va boshqa) kasalliklarda qo‘llaniladi. Penitsillinlarni yuqori dozada va uzoq qo‘llanganda ziyonli ta’sirlari ham ro’yobga chiqishi mumkin. Ko‘proq yosh hayvonlar qon ishlab chiqaruvchi organlari, allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Ziyonli ta’sirlari bo‘lganda – dori bo‘lishini to‘xtatilib, penitsillinaza fermenti yuboriladi.
Penitsillinning veterinariya amaliyotida qo‘llaniladigan preparatlari:

  1. Benzilpenitsillinning natriy tuzi;

  2. Benzilpenitsillinning kaliy tuzi;

Ularning o‘rtacha dozalari ( har xil hayvonlar uchun);
Qoramolga - 1 kg og‘irligiga 2000-3000 TB
Otlarga -1 kg og‘irligiga 2000-3000 TB
Qo‘ylarga - 1 kg og‘irligiga 4000 – 5000 TB
Cho‘chqalarga - 1 kg og‘irligiga 3000-5000 TB
Parrandalarga - 1 kg og‘irligiga 40 000-50 000 TB

  1. Bitsillin – 1

  2. Bitsillin – 3

  3. Bitsillin – 5

Bu uchalasi ham benzilpenitsillinning dibenziletilendiamin tuzi hisoblanadi. Ularning qo‘llanilishi va ta’siri penitsillindan farq qilmaydi, ammo ta’siri uzoq davom etadi. Muskul orasiga in’eksiya qilinganda qondagi terapevtik dozasi 3 sutkadan ziyodroq davom etadi.
Bitsillin 3 va 5 tarkibi 1 qismdan benzilpenitsillinning natriy va kaliy tuzidan iborat.

  1. Almetsillin – Allmecillinum – Allilmerkaptometilpenitsillin kislotasining kaliyli tuzi.

  2. Efitsillin.

  3. Oksatsillin.

  4. Fenoksimetilpenitsillin.

  5. Metitsillin.

  6. Ampitsillin.

Penitsillinning ham grammusbat, ham grammanfiy mikroorganizmlarga qarshi ta’sirini yuqorida izohab, yozib o‘tgan edik.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin