Antibiotiklarni birga yoki boshqa dorilar bilan qo‘shib qo‘llaganda ta’sir xususiyatlari
Preparat
Penitsillin
Streptomitsin
Neomitsin
Tetratsiklin
Levomitsetin
Penitsillin
-
+++
++
±
±
Streptomitsin
+++
-
-
±
±
Neomitsin
++
-
-
++
++
Tetratsiklin
±
±
++
-
++
Levomitsetin
±
±
++
++
-
Polimiksin
++
±
-
++
++
Eritromitsin
±
++
++
++
++
Oleandomitsin
±
++
++
+++
++
Sulfanilamidlar
++
++
++
++
-
Nitrofuranlar
+
++
++
++
-
Preparat
Poli miksin
Eriromitsin
Olean domitsin
Sulfa nilamidlar
Nitrofuran lar
Penitsillin
++
±
±
++
+
Streptomitsin
±
++
++
++
++
Neomitsin
-
++
++
++
++
Tetratsiklin
++
++
+++
++
++
Levomitsetin
++
++
++
-
-
Polimiksin
-
++
++
++
++
Eritromitsin
++
-
++
++
++
Oleandomitsin
++
++
-
++
++
Sulfanilamidlar
++
++
++
-
++
Nitrofuranlar
++
++
++
++
-
Antibiotiklarni to‘g‘ri (ratsional) qo‘llash tartiblari. Uchraydigan asoratlari. Yuqumli kasalliklarni davolashda antibiotiklar yoki boshqa kimyoterapevtik dori vositalaridan qo‘llashdan avval kasal hayvonlarning o‘zining kimiyoviy qobiliyatiga qarash ham kerak. Kasallarning bir qismi o‘zlari ham yaxshi sharotda saqlansa, yaxshi boqilsa o‘zlari ham tuzalib ketishi ham mumkin. Chunki hayvonlar kasallikning xiliga qarab har yili vaksinatsiya emlash (6 oy, 1 yilda) ishlarini o‘z vaqtida olib borish zarur ularda immunitet paydo bo‘ladi.
Lekin, antibiotiklarni va boshqa kimyoterapevtik dori moddalarini qo‘llab, mikroorganizmlarda qarshi bakteriostatik va antitoksik ta’sir qilish har bir vrach-hakimning birinchi vazifasidir.
Odatda o‘tkir yuqumli kasalliklarni davolashda bitta antibiotikni 5-7 kun qo‘llash zarur, agar kasal hayvon sog‘ayib ketmasa, boshqa antibiotik tanlash zarur.
Agar kasallk chaqirgan mikrob bir necha antibiotikka sezuvchan bo‘lsa, uning qaysisini buyurish yoki qo‘llash vrachning ixtiyorida bo‘ladi. Mikroblar bir shtammga kiruvchi bo‘lsa ham har xil sezuvchanlikka ega bo‘lishi mumkin.
Bakteriyalarning alohida antibiotiklarga sezuvchanligi va chidamliligi odatda bakateriyalar vet. laboratoriyalarda aniqlab beriladi. Usullari ko‘p bo‘lib, eng keng qo‘llaniladigan “agardagi diffuziya yo‘lidir”. Mikrobni Petri kosachasiga ekilib, ma’lum antibiotik singdirilgan qog‘oz-diski qo‘yiladi va 1 sutkadan keyin natija aniq bo‘ladi. Agar kasallik chaqiradigan mikrob sezuvchan bo‘lsa qog‘oz diskning aylanasida sutka davomida termostatda oq zona hosil bo‘ladi. Agar u chidamli, antibiotik ta’sir qilmaydigan bo‘lsa oq-yorug‘ liniya hosil bo‘lmaydi. Ushbu engilgina tajriba asosida vrach-bakteriolog amaliyotichi vetvrachga qaysi antibiotigi xo‘jaligida, fermasida bor va qaysini qo‘llash mumkinligini tezda aniqlab berishi mumkin.
Tashxis o‘z vaqtida qo‘yilsa va to’g‘ri medikamentoz davolash boshlansa infeksiyani tezda yo‘qotish mumkin. Lekin kasallik chaqiruvchi mikroblar ham o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, keyingi paytlarda pnevmoniyani pnevmokokkilargina emas, hatto stafilakokki, ko‘kimtir streptokki yoki hatto achitqilar (drojji) ham chaqirishi mumkin. Ushbu kasallikni asosan penitsillin ta’sir ko‘rsatmaydi.
Dozasini aniqlash hamda belgilangan antibiotikni ko‘tara olmasligini ham avvaldan bilib olish kerak. Agar hayvon buyurilgan antibiotikni ko‘tara olmasa, albatta va tezda boshqasi bilan almashtirish lozim. Shunday qilib, antibiotiklardan mikrobni va ular ishlab chiqaradigan toksinlarni yo‘q qilish uchun foydalanilganda qo‘yidaglarga rioya qilish shart:
Kasallikni chaqirgan mikrobga qarab antibiotikni to‘g‘ri tanlash lozim va ularning qaysi antibiotikka chidamliligini aniq bilish kerak;
Hayvonning turiga, yoshiga va vazniga qarab dozasini aniq tanlash, davolovchi ta’siri tezroq va ziyonli ta’siri kam yoki bo‘lmasligi lozim;
O‘tkir infeksion kasallikni yo‘q qilish uchun har bir antibiotikni 5-7 kun qo‘llangandan keyin foyda bo‘lmasa uni boshqasi bilan almashtirish lozim;
Antibiotikni uzoq qo‘llaganda hayvonga ziyonli negativ ta’sir paydo bo‘lib, unga chidamli mikrobning xili paydo bo‘lishi mumkin;
Hayvonda qo‘llanilayotgan antibiotikka nisbatan ziyonli ta’sirlari paydo bo‘la boshlasa (haroratning yuqoriligi, terilardagi qichish, qizarish) un bilan boo‘qa preparatni almashtirish lozim.
Antibiotiklar kashf qilinib, keng qo‘llanilayotgandan keyingina meditsinada: pnevmoniya, peritonit, sepsis, ostemielit kasalliklari ham bir necha bor kamaydi. Yuqumli kasalliklar qorin tifi, dizenteriya, pnevmoniya, kolienterit, sarlatina kechishi, davolash bir necha bor engillashadi. Oxirgi o‘n yilliklarda o‘smalarni davolash uchun ham qo‘llanilmoqda. Ammo, antibiotiklar mayda viruslarga: kishilardagi gripp, qizilcha, chechak, quturish, polimielitlar va boshqalarga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Hozirgi paytlarga kelib, olimlar ushbu viruslarga ta’sir ko‘rsatuvchi xillarini topish uchun ilmiy-tekshirish ishlarini olib borishmoqdalar va ayrim muvafaqqiyatlarga ham erishganlar. Oxirgi yillari antibiotikka chidamli va o‘rganib qolish hollari mavjud degan gaplar chorvadorlar va mutaxassislar o‘rtasida ham uchramoqda. Mikroblar agar ularga o‘rgshanib qolsa uni davolab bo‘lmaydi, qiyin bo‘ladi. Agar mikrob bir xil antibiotikka o‘rganib qolsa, analogik preparat bilan almashtirish foyda bo‘lmaydi. Masalan: mikrob agar tetratsiklinga chidamli bo‘lib qolgan bo‘lsa uni xlortetratsiklin, oksitetratsiklin va boshqa ushbu guruhlardagi dorilar bilan almashtirish katta xato bo‘ladi.
Antibiotiklar foydali ta’siri bilan bir qatorda kam foizda bo‘lsada, ayrim sharoitlarda ziyonli ta’srlari ham uchrab turadi. Ziyonli yoki negativ (pobochnoe) ta’siri ko‘proq allergiya holatida bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichlar asosan ularning zaharligiga va hayvonning sezuvchanligiga ko‘proq bo‘ladi. Ularning ushbu ta’sirlari o‘ziga xos bo‘ladi: Masalan:
Streptomitsin – katta dozalarda eshitish va muvozanat organldari (vestibulyar uskunai) funksiyalarini buzadi. Streptomitsindan kar bo‘lib qolish mumkin.
Levomitsetin, sintomitsin – qon ishlab chiqarish organlari funksiyalarni pasaytiradi.
Tetratsiklinlar – ichak epitelial hujayralarini yallig‘laydi va hazm qilish buziladi.
Meditsina amaliyotda ham, veterinariya va chorvachilikda ham antibiotiklarning bir o‘zini emas, balkim sinergist moddalar bilan birga qo‘llaganda kuchliroq va uzoqroq ta’siri bo‘lishi, hamda foydasining natijasi yaxshiroq bo‘lishi ko‘pdan beri ma’lum. Shuning uchun ularni ko‘pincha o‘ziga mos keladigan va bir-birining ta’sirini kuchaytiradigan dori vositalari bilan birga-kombinatsiya qilib qo‘llagani ma’qul. Ko‘pincha bir-biriga mos keladigan kimyoterapevtik moddalar bilan birgalikda qo‘llashni ma’qul ko‘rishadi. Keyingi davrga kelib ko‘pgina boshqa dori vositalari, farmakologik stimulyatorlar va boshqa moddalar bilan qo‘shib (bir vaqtda) yuboriladi:
Sulfanamidli;
Nitrofuranlar;
Vitaminlar;
Qon o‘rinbosarlari;
Globulinlar;
Giperimmunlashtirilgan qon zardobi.
Yurak glikozidlari va boshqa yurakning ishini kuchaytiradigan dorivor moddalar.
PABK
Oqsil moddalari bor preparatlar ushbu dorilarni to‘g‘ri qo‘llanilsa ta’siri 1,5-2 marta kuchliroq bo‘ladi.