Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


III. Levomitsetinlar guruhiga kiruvchi preparatlar



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə92/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

III. Levomitsetinlar guruhiga kiruvchi preparatlar.
Levomitsetinlar guruhiga kiruvchi preparatlar:

  1. Levomitsetin.

  1. Levomitsetin stearat.

  1. Levomitsetin suksinat.

  2. Sintamitsin.

  3. Eusintomitsin.

  4. Levovinizol.

  5. Iruksal.

Ular turli mamlakatlarda chiqarilib, asosan Actinomyces venezulae – mikroorganizmidan olinadi,
Mikroblarga qarshi ta’siri keng: brutsella, kuydirgi, salmonella, stafilokokk, diplokokk, pasterella va boshqa mikroorganizmlar chaqiruvchi kasallimklarga, ular ishlab chiqargan toksinlarga qarshi qo‘llaniladi. Og‘iz orqali berganda tez so‘riladi, rezorbsiya qilinadi.
Qo‘llanilishi: oshqozon-ichak kasalliklarida, dizenteriyada, leptospirozda, pasterillyozda, pullorozda, koksidioz va boshqa kasalliklarning oldiniolish, davaolashda ko‘p qo‘llaniladi. Ularni har xil dori shakllarida chiqariladi va ishlatiladi. Levomitsetinlarning malham (maz), linimentlari bo‘lib, jarroxlik kasalliklarning yiringli (jarohat, yara, absess, flegmona va boshqa) formalarda qo‘llaniladi.
Levomitsetinlar o‘rtacha berilgan dozalarda qo‘llaniladi: og‘iz orqali – qora mollarga – 0,015-0,02/ kg, qo‘ylarga – 0,02-0,04/ kg, cho‘chqalarga – 0,03-0,05/ kg.


IV. Streptomitsin guruhiga kiruvchi preparatlar.
Streptomitsin, Amerika olimi E.Vaksman tomonidan, 1944 y. Nursimon zamburug‘lardan ishlab chiqarilgan mahsulotdan olingan. U antibiotik bo‘lib ko‘p spektrga ega bo‘lgan preparat bo‘lib chiqdi, tuberkullyoz tayoqchasi va grammanfiy bo‘lgan bir necha infeksion kasalliklarni chaqiruvchi va tarqatuvchi mikroorganizmlarni o‘ldiradi. O‘sha davrlarda ko‘p uchragan (odamlarda) o’lat kasalligini davolovchi dori sifatida keng miqiyosida qo‘llanila boshladi va katta natijalarga erishildi, Penitsillin esa yuqoridagi mikroorganizmlarning ko‘pchilligiga ta’sir qilmasligi aniqlangan edi.
Streptomitsinlar murakkab birikmalardan tuzilgan bo‘lib, ularning asosini: streptidin, streptobiozamin tashkil qiladi.
Ularning penitsillinlarga o‘xshash, lekin tuberkullyoz va brutsellyoz tayoqchalarining o‘sishini to‘xtatadi. Shuning uchun tulyaremiya, listerellioz, brutsellyoz, tuberkullyoz, ichak kasalliklarida va boshqalarda qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Streptomitsinlarning qo‘yidagi birikmalari va unumlari mavjud:

  1. Streptomitsin sulfat.

  2. Streptosulmitsin sulfat.

  3. Streptomitsin – xlorkalsiyli kompleks.

  4. Digidrostreptomitsin sulfat.

Ular oshqozon-ichakdan so‘rilmaydi, shuning uchun ko‘pincha in’eksiya usulida qo‘llaniladi. Yuqoridagilardan tashqari faqat chorvachilik va veterinariyada qo‘llaniladiganlari ham bor:

  1. Grizin – Grysinum – Streptomyces gryseus Krainsky.

  2. Oziqa bilan beriladigan grizin

Oziqaga: 1 tonnasiga 3-5 kg qo‘shib, ayniqsa jo‘jalarga beriladi;
Cho‘chqa bolalariga boshiga 100-200 mg dan oziqaga qo‘shib beriladi.
Shunday qilib streptomitsinli preparatlar meditsinada va veterinariyada eng ko‘p tarmoqli ta’sir ko‘rsatuvchi preparatlar dori vositalari hisoblanadi. Ammo veterinariyada tuberkullyoz va brutsellyoz kasalliklarini davolash ishlari hozirchalik kasalliklar asosan o‘rta va surunkali kechganligi, davolash ishlari ancha qimmatga tushishini hisobga olib, oldindan mutaxassislar bilgani uchun ushbu ishlar keng ko‘lamda barcha xo‘jaliklarda yo‘lga qo‘yilgani yo‘q. Dori-darmondan tashqari boshqa ko‘p tarmoqli, kompleks shart-sharoitlar shu kasalligi bor chorvachilik ho‘jaliklar olib borishlari lozim bo‘ladi va bu tayyorgarligi va sharoitlar bor xo‘jaliklar hozircha kam sondadir.


  1. Yüklə 2,74 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin