IX . Har xil guruhlarga kiruvchi antibiotiklarning preparatlari. Olinishi yoki farmakognoziyasi har xil bo‘lgan antibiotiklarga quyidagi preparatlar kiradi:
Fumagillin – poli efir oktitetradi karbon kislotasining mahsulidir. Uning yuqoridagi ko‘rsatilganlardan tashqari – amebatsid ta’siri bo‘lgani uchun – amyobiaz kasalligida, asalarilarning nozematozida ham qo‘llanilib kelinmoqda. Asalarilarda 1 oilasiga 20-25 mg qo‘llaniladi.
Albomitsin - uzoq ta’sir qiluvchi, ham grammusbat va grammanfiylariga ta’sir qiladi. Prolangatsiya qilingan preparat hisoblanadi.
Linkomitsin - Streptomyces Lincolniesis lar ishlab chiqqan mahsulidan tayyorlangan. Asosan grammusbat mikroblarga ta’sir qiladi. Har xil yo‘llar bilan yuboriladi.
Ristomitsin sulfat – Proactinomycini nidan olingan bo‘ladi. Grammusbatlarda ta’sir ko‘rsatib, grammanfiy mikroblarga va zamburug‘larga ta’sir qilmaydi. Asosan venaga yuboriladi.
Fuzidin – natriy – Fusidium coccineium zamburug‘idan tayyorlanadi. Og‘iz orqali beriladi.
Gramitsidin – spora hosil qiluvchi Basillus brevis. 2% spirt eritmasi chiqariladi, venada gemoliz chaqiradi. Gramitsidinning pastasi, tabletkasiham bor. Asosan nosog‘lom joyga qo‘yiladi.
Geliotitsin mazi (malham) – nurli zamburug‘dan olinadi. Tubalarda chiqariladi. Har xil terikasalliklarida qo‘llaniladi, jarohatlarda 4% li mazi ishlatiladi. Infeksiya tushgan ekzemada, dermatit, yara, piodermiya, elin tilganda ishlatiladi.
Ekmolin – griprotamindagi eritmasi qo‘llaniladi, baliqlardan birinchi bo‘lib Ermoleva tomonidan olingan.
Gigramitsin B - hayvonlarning, ayniqsa o‘sishini ta’minlaydi, semirishini tezlao‘tiradi va ushbu maqsadlarda qo‘llaniladi. Bundan tashqari veterinariya va meditsinada askaridoz kasalliklarining oldini olish va davolashda qo‘llanilmoqda.
Sulfanilamid dorilari-sintetik sulfanil kislota unumlaridan olinadigan dori moddalar bo‘lib, yuqumli kasalliklarda protozoyli infeksiyalarda qo‘llaniladigan vositalar.
Bu preparatlar streptokkoklar pnevmokokklar enterokokklarga bazilari stafilokokklarga ichak tayoqchasiga sodda hayvonlarga va viruslarga kuchli antimikrob ta’sirga ega. Ular organizmda bakteriostatik organizmdan tashqarida va katta dozalarda-bakteriotsid tasirga ega.