Preparatlari 1. Streptotsid.
2. Norsulfazol.
3. Sulfazin.
4. Sulfadimezin.
5. Sulfatsil.
6. Urosulfan.
7. Etazol.
8. Ftalazol.
9. Sulgin.
10. Sulfantrol.
11. Biseptol.
12. Zinaprim.
Ta’sir mexanizmi PABK ni konkurent antogonizmiga asoslangan. PABK mikroblarni rivojlanishi uchun kerakli modda bu siz mikroblar o‘sishi yashashi mumkin emas. Sulfanilamidlar mikroblar PABK ehtiyoj sezib sulfanilamidlar PABK sini o‘ziga qabul qiladi. Bu PABK esa mikroblarni rivojlanishdan to‘xtadi.
Organizmda 6-8 soat turadi kuniga 3 marta qo‘llaniladi sulfanilamidlar organizmga so‘rilgan faqat mikroblarga emas balki butun organizmga ham ta’sir etadi, yani yallig‘lanishi susaytiradi, regeneratsiya holatlari tezlashadi.
So‘rilish darajasi va qo‘llanilishi bo‘yicha qiyin guruhlarga bo‘linadi. Ichaklarda uzoq muddat qolib, lekin so‘riluvchi sulfanamidlar: ftalazol etazol,sulsin.Bular yuqumli oshqozon-ichak kasalliklarida qo’llaniladi.
Ichaklardan tez so‘rilib,organizm organ va to‘qimalarida uzoq saqlanadiganlar: norsulfazol,sulfadimezin, sulfazin. Bular umumiy infekksiyalarda va nafas organlari kasalliklarida.
Buyrakda tez to‘planadigan va uzoq vaqt siydik yo‘llarida saqlanadiganlar: sulfatsil va urosulfin, siydik ayiruv kasalliklarida.
Prolangator ta’sirga egalari: sulfadimtoksin, sulfapiridazin. Bular kuniga 1 marta nafas kasallik va umumiy infeksiya qo‘llaniladi. Bu preparatlar hayvonlarga og‘iz orqali ,tashqi tomonga, venaga ham yuboriladi. Antibiotiklar bilan birga qo‘llansa effekt oshadi. Novakain bilan ta’qiqlanadi.
Nitrofuran preparatlari. Bu preparatlar o‘z molekulasida NO2- nitroguruhni saqlaydi, qaysikim bu kuchli antimikrob ta’sirga ega . Hamma preparatlari sariq rangli , suvda qiyin eriydi, ularni hayvonlarga zaharli ta’siri kam , oshqozon ichakda sekin so‘riladi, yara va shilliq pardalarni qitiqlaydi.
Gramm musbat, gramm manfiy, yirik viruslar va bazi zamburug‘larga kuchli antimikrob ta’sirga ega. Kichik dozalarda bakteriostatik, katta dozalarda bakteriotsid ta’sirga ega. Bakteriotsid ta’siri shunga asoslanganki, nitrofuranlar ta’sirida mikroorganizmlar kislorod yutishi buzilib, oksidlanish-tiklanish holatlari o‘zgaradi. Organizmda 7-8 soat turadi shuning uchun kuniga 3 marta qo‘llaniladi.
Nitrofuranlar streptokokk, stafilokokk, pnevmokokk, ichak tayoqchasi, salmonella, trixomonada, koksidiya va mikroblar chaqiradigan kasalliklarda qo‘llaniladi.
Preparatlari 1. Furatsilin.
2. Furazolidon.
3. Furadonin.
4. Furagen.
5. Ftazofur.
6. Furazonal.
7. Furazolin.