Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə99/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Ta’siri.
a) alohida antigelmentiklar (piperazin, santonin) avval gijjalar muskuli va nerv sistemasini qo‘zg‘atadi keyin susaytiradi va parazit harakatini to‘xtatadi.
b) alohida antigelmentiklar ( arekolin ) parazitlar muskullarini falajlaydi,
v) alohida antigelmentiklar hujayra zahari hisoblanib parazitlarda modda almashinuvini buzadi,
g) alohida antigelmentiklar ( fenotiazin ) parazitni kupayishini to‘xtatadi.
Ma’lumki, gelmintozlarga qarshi kurash asosan muayyan vaqt va jadval bo‘yicha, degelmintizatsiya ishlarini olib borishga asoslanadi. Odatda, degelmintizatsiya jarayoni, hayvonlarga kimyoviy antigelmintik preparatlarni alohida, shuningdek ularni ozuqaga aralashtirib hayvonlar guruhiga berish yoki suv bilan ichirib (guruhli degelmintizatsiyalash) amalga oshiriladi.
O‘z navbatida, degelmintizatsiyaning mazmuni, hayvonlarni davriy ravishda kimyoviy, ba’zan o‘simlik vositalari yordamida haydash yo‘li bilan gelmintlardan xalos etish sanaladi.
Biroq, bizning fikrimizcha, bir martalik degelmintizatsiya usuli va vositalari qator kamchiliklarga ega.
Birinchidan, ular odatda hayvon organizmi gelmintlar bilan jadal invaziyalangan vaqtda, kasallikning klinik belgilari aniq namoyon bo‘lganda hayvon o‘lishni oldini olish maqsadida qo‘llaniladi. Bu paytda gelmintlar hayvon – xo‘jayin organizmiga etarlicha patogen ta’sir etgan chuqur, ba’zan esa qaytmas patologik jarayonlarni chaqirgan bo‘ladi. Chunki gelmintlar aynan preimaginal (prepatent) rivojlanish davrida hayvon-xo‘jayin organizmiga eng kuchli patologik ta’sir kursatadi. Bu davrda chuvalchang va preimaginal gijjalarning makroorganizm to‘qima va organlari bo‘ylab ko‘chishi kuzatiladi. Aynan shu davrda gijjalarning tez sur’atlarda o‘sishi bilan birga, chuqur patologik oqibatlarga olib keluvchi, jadal modda almashinuv jarayonlari ham sodir bo‘ladi.
Demak, boshqa kasalliklardagi singari gelmintozlarga qarshi kurashda ham invaziyaning boshlang‘ich bosqichlarida gelmintlarni ancha sezilarli o‘lgan patogen ta’sirini bartaraf etishimiz muhim sanaladi.
Ikkinchidan bir martalik, bir yo‘l o‘tkaziladigan degelmintizatsiyalarda hayvonlar qayta zararlanishga, ya’ni reinvaziyalarga faqat qisqa muddat qarshi tura oladi. Chunki antigelmintik preparatlarning aksariyati hayvon organizmidan nisbatan tez chiqib ketgani uchun, organizm yana zararlanishga moyil bo‘lib qoladi.
Demak, zamonaviy antigelmintik preparatlarning ko‘p qismi hayvon organizmidan nisbatan tez chiqib ketadi. Natijada organizm gelmintoz qo‘zg‘atuvchilari bilan yana zararlanadi.
Gelmintozlarga qarshi kurashning eng muhim tamoyili sifatida hayvonlar gelmintlar bilan zararlanishiga yo‘l qo‘ymaslik va invaziyaning boshlang‘ich bosqichlarida patologik jarayon rivojlanishini bartaraf etish gavdalanadi.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin