Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


Asosan trematodozlarda qo‘llaniladigan moddalar



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə101/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Asosan trematodozlarda qo‘llaniladigan moddalar.
Geksaxlorparaksilol(Hexachlorpraxilolum) Geksaxlorparaksilol juda ham mayda, oq kukun shaklida suvda erimaydi, ta’msiz, o‘ziga xos kuchsiz hidga ega. Hozirgi paytda geksaxlorparaksilolni davolovchi yangi shakli, geksixol preparati olingan.
Gelmintsizlantirishda, zaharlanishni oldini olish maqsadida, yirik shoxli hayvonlar ozuqasiga natriy xloriddan 0.15 g/kg tirik vazniga nisbatan va qo‘ylarga 0.2 g/kg miqdorida olib,uni qo‘shib berish tavsiya etiladi. Shuningdek 1-2 hafta mobaynida nikotin kislotasi va kalsiy preparatlaridan yuborish ham maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Disalon-(Disalonum) Toza holatda, rangsiz ignasimon kukun, suvda erimaydi, atseton va atsetonnitrilda yaxshi eriydi. Qaynash nuqtasi 173-177oC.
Preparat shaklida-ranid-2,5%li suspenziya holatida ishlab chiqariladi. Unumlaridan rafoksanid organizmda yaxshi so‘rilib, hayvon qonida uning eng yuqori miqdori, yuborilgandan 24-48 soat o‘tgandan so‘ng namoyon bo‘ladi.Tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi vositasi, qon plazma oqsillari bilan mustahkam birikkan holda bo‘ladi. Preparatning 90 foizi organizmda metabolizmga uchramasdan, avvalgi holicha, organizmdan tezak orqali, faqatgina 1 foizi siydik bilan ajralib chiqadi.
Preparat 10-15mg/kg (TB) miqdorida, ozuqaga qo‘shilib, 2 kun mobaynida beriladi.
Asosan sestodozlarga qo‘llaniladigan moddalar.
Fenasal-(Phenasolum) - och sariqsimon kukun, suvda yomon, spirt, atseton va sirka kislotasida yaxshi eriydi.
Terapevtik dozalarda (100-250 mg/kg) qo‘ylar uchun, hattoki bug‘ozlik davrida ham bezarar bo‘lib, zararli ta’siri kuzatilmaydi.
Ishlab chiqarish sanoatida, fenadek, fenalidon, likvafen preparatlari shaklida ishlab chiqariladi.
Azinoks-(Azinax)-0.5 g tabletkasi tarkibida 50 mg prazikvantel va qo‘shimcha vositasi saqlaydi. Asosan it va mushuklarga tavsiya etiladi. Itlar uchun 1 tabletkasi 10 kg tirik vazniga nisbatan olib beriladi. Hayvonlar bug‘ozligining oxirgi uch oyligida hamda uch oyga etmagan yosh hayvonlarga berish taqiqlanadi.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin