Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


Asosan nematodozlarga qo‘llaniladigan moddalar



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə102/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Asosan nematodozlarga qo‘llaniladigan moddalar.
Piperazin tuzi-piperazini ko‘plab tuzlari ma’lum, shulardan-piperazin adipinat, piperazin-sulfat, piperazin fosfat, piperazin geksagidrat.
Ushbu moddalar ignasimon oq kukunlar bo‘lib, hidsiz, har xil darajada erish xususiyatlariga ega.
Zaharliligi juda past, davolash samaradorligi yuqori bo‘lgan preparatlardir.
Dozasi, ichga 50 mg/kg miqdorida beriladi.
Tetramizol-(Tetramisolum) o‘xshashlari-nilverm, nemitsid. Oq ignasimon kukun, suvda hona haroratida, tanol, metanol va xloroformda yaxshi eriydi,
Yirik shoxli hayvonlar otlar va itlarga ushbu preparat, yakka tartibda, alohida beriladi. Preparat hayvonlar oshqozon - ichak tizimi va o‘pkada joylashgan yosh va etilgan shakldagi nematodlarga qarshi yuqori va faol ta’sir ko‘rsatadi. Preparat bilan ishlov berilgan sigir sutini birdaniga iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Fenotiazin-(Phenothiazinum)-o‘xshashi, tiodifenilamin. Ko‘kimtir-qo‘ng‘ir rangdagi kukun, suvda erimaydi, atseton, benzol, efir va spirtda yaxshi eriydi. Hayvon turi va uning alohida o‘ziga xos xususiyatlariga qarab, organizmda preparatning toksik ta’siri ham kuzatilishi mumkin.
Fenotiazinni toksik ta’siriga boshqa hayvonlarga nisbatan qo‘y va parrandalar chidamli. Ot va odamlar preparat ta’siriga yuqori sezuvchanlikka ega.
Fenbendazol-(Phenbendazolum)-o‘xshash unumlari panakur, aksilur, febomel, febtal; To‘q sariq rangdagi kukun, ta’msiz va hidsiz, suvda erimaydi. Hayvon organizmi uchun zararsiz. Ko‘plab oshqozon-ichak va o‘pka nematodlariga qarshi, faol ta’sir ko‘rsatuvchi vosita. Ichga 10-15 mg(TB)kg miqdorida beriladi.
Levamizol-(Levamizolum) uning 7,5% va 10%li eritmalari rangsiz, tiniq, suyuq shaklda bo‘lib, ichga yuborish uchun yirik shoxli hayvonlarga - 8 mg/kg, qo‘y va itlarga 10 mg/kg; teri ostiga esa YSHXga-5 mg/kg miqdorlarida qo‘llash tavsiya etiladi.


Yangi zamonaviy antigelmintiklar.
Albendazol-(Albendazolum). Ushbu preparatlar kukun va suspenziya shakllarida ishlab chiqariladi. Toksik ta’siri juda past.
Preparat qabul qilgan mayda shoxli hayvonlar va cho‘chqalarni 10 kundan so‘ng yirik shoxli hayvonlarni esa 14 kundan so‘ng go’shtga so‘yishga ruxsat beriladi. Sutni esa, antigelmintik berilgandan 4 kun o‘tgandan so‘ng, iste’mol qilishga ruxsat etiladi.
Ushbu preparatlarni bug‘oz va qochirish davridagi hayvonlarga qo‘llash taqiqlanadi.
Alben – oq rangli granula yoki tabletka shaklida ishlab chiqariladi. Asosiy ta’sir etuvchi moddasi – albendazol
Qishloq xo‘jalik hayvonlari, mo‘ynali hayvonlar va parrandalarni quyidagi kasalliklarini degelmentizatsiya qilish uchun qo‘llaniladi:
Nematodozlar-diktiokaulyoz, sistokaulyoz, strongilyoz, gemonxoz, askaridioz, paraskariz, toksakoroz va boshqalar
Sestodozlar – moniezioz, avitellioz, tizaniezioz
Trematodozlar – fassiolyoz, dikrotselioz, paramfistomatoz

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin