Qo‘llash va dozasi. Alben hayvonlarga og‘iz orqali och qoldirilib, yakka yoki guruh holda qishloq xo‘jalik hayvonlarga bir marta, parranda va mo‘ynali hayvonlarga ikki marta, omuxta em bilan beriladi:
Qoramol – 1 tabletka 50 kg tirik vaznga trematozlarda 1 tabletka 35 kg vaznga qo‘y va echki- 1tabletka 70 kg vaznga, trematozlarda 45 kg vaznga
Cho‘chqa – 1 tabletka 75 kg vaznga
Ot – tabletka 50 kg vaznga
Mo‘ynali hayvon -1 tabletka 25 kg vaznga 2 kun davomida
parranda-1 tabletka 35 kg vaznga kuniga 1marta 2 kun davomida
Qo‘llash taqiqlanadi. Fassiolyozni utkir shaklida. Hayvonlarni bug‘ozligini 1 davrida.
Albazen – 2,5 % li va 10% li oq emulsiya shaklida ishlab chiqariladi ta’sir etuvchi modda – albendazol
Ta’siri. Albazin keng ta’sir spektrga ega antigelmintik preparat bo‘lib, nematodlarni hamma shakllariga, trematod va sestodlarni faqat voyaga etgan shakllariga ifodali ta’sir etadi. Gel’mentlarni uglevod almashunivini va harakatini buzish xususiyatiga ega bo‘lib, ularni o‘ldiradi.
Preparat hayvonlarga og‘iz orqali indivial, och qoldirilib qo‘llanilani.
Doza. Qoramolga 2,5% - li 3-4 ml/10kg
10% - li 0,5-1 ml/10kg
Qo‘y, echki 2,5% - li 3-4 ml/10kg
10 % - li 0,5-1 ml/10kg
Cho‘chqa 2,5% - li 3-4 ml/10kg
10% - li 0,5-1 ml/10kg
Alvet-suspenziya shaklida ishlab chiqariladi, og‘iz orqali qo‘llaniladi, gelmentlarga qarshi keng doirada ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘lgan dori vositasi.
Preparat suspenziya shaklidagi, sutga o‘xshash oq rangda bo‘lgan,10% li suspenziya, 100, 250 va 1000 ml miqdoridagi polimer idishlarida ishlab chiqariladi.
Tarkibi: asosiy ta’sir etuvchi vositasi sifatida abendazol 10% va yordamchi qo‘shimchalar.
Qo‘llash uchun ko‘rsatma: Alvet yirik va mayda shoxli hayvonlar cho‘chqalar va parrandalar, nematodoz, trematodoz va sestodoz kasalliklarini oldini olish va davolash maqsadida qo‘llaniladi, hayvonlar to‘yimli ozuqalariga qo‘shib, qoramol, qo‘y, cho‘chqalarga bir martalik, parrandalarga 2 marta beriladi.