Avermektinlar Avermektinlar- tarkibi, kimyoviy tuzilishi jihatidan o‘xshash bo‘lgan sakkiz moddadan iborat dori vositasidir.
Avermektinlar streptomyces avermitilis mikrobning hayoti davomida hosil bo‘ladigan mahsulotidir.
Ushbu guruh preparatlariga ivermektin, pandeks, baymek, ivomek, ivertin, abamektin, doramektin, dektomaks, milbemitsin, moksidektin, sediktin, rustomektin, bulmenktin va boshqalar.
Ko‘rsatilgan preparatlar in’eksiya qilish uchun 1% li eritmalar shaklida hamda kukunlar, tabletka, maz va aralashma premikslar shaklida ishlab ham chiqariladi.
Klozantel(Clozantel)-o‘xshash preparatlari; klozanteks, klozantin, rolenol, 10%li sontel, faskoverm, in’eksiya qilish uchun ishlab chiqarilgan preparatlari, nematod, trematod va ovod lichinkalariga qarshi yuqori ta’sir ko‘rsatish doirasiga ega.
Dori berilgandan keyin 28 kun o‘tganidan so‘ng hayvonni go‘shtga so‘yish mumkin.Teri ostiga va muskul orasiga: yshx-2,5-5, mshx-5-7,5 mg/kg(TEV).
Ivermektin – rangsiz suyuqlik tarkibida 1 ml da 10 mg ivermektin saqlaydi. 1% li eritma shaklida 10, 20, 50, 100 ml li flakonlarda ishlab chiqariladi.
Farmokologik ta’sir hususiyati. Oshqazon-ichaklar tizimi va o‘pka nematodozlari lichinkalari va etilgan shakllariga, oshqozon ovodlariga, bit qon so‘ruvchilar va sarkoptoidli kanalarga qarshi ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega.
Preparat parazitlarning, neyrometiodorlarni faoliyatini kuchaytirib, gammaamin yog‘ kislotasini tormozlaydi. Natijada asab ta’sirotlarini uzatish buziladi va parazitni falaj bo‘lib o‘limga olib keladi.
Ivermik yuborgan joydan tezda so‘rilib, hayvon organ va to‘qimalariga tarqaladi.
Ivermik organizmdan siydik va o‘t suyuqligi orqali, sog‘iladigan hayvonlarda sut bilan ham ajratib chiqadi, tashqi muhitda preparativ tezda parchalanib ketadi.
Hayvon organizmga yuborilgandan so‘ng 12-14 kun davomida ta’sir etadi.
Qo‘llash uchun ko‘rsatma.Ivermik yirik shoxli hayvonlar, qo‘y echki ot,kiyik,tuya, it, mushuklarning o‘pka va oshqazon ichaklar gelmintozlariga qarshi shuningdek diktokaulyoz, telaziozda (kuz nematodlarida) gipodermatozda, estrozda, psaraptozda va sarkoptoz (qichima) demodekoz, sifinkulyatoz va mallofagozda qo‘llaniladi.
Dozasi. Teri ostiga. Hayvonlarga 1 ml /50 kg tirik vazniga.
cho‘chqa 1 ml/33 kg vazniga qichimalarda va bitlashga qarshi 8-10 kundan keyin yana qayta qo‘llaniladi.
Qoramollarda laktatsiya vaqtida, tug‘ishga 60 kun qolganda qo‘llash mumkin emas.
Rolenol – rangsiz eritma, tarkibida klozantel saqlaydi ( 1ml da – 50 mg)
Rolenol – uzoq vaqt mobaynida ichki va tashqi parazitlarga ta’sir ko‘rsatadigan preparat bo‘lib, keng ta’sir spektrga ega, jumladan qoramol va qo‘y echkilarni nemadotlari, trematodlari va teri gipodermatozlarini davolashda juda samarali ta’sirga ega.
Qo‘llash. Qoramollarda fassiolyozni voyaga etgan shakllarini, oshqozon –ichak trimatodozlar chaqiradigan kasalliklarni va gipodermatozlarni davolash va oldini olishda;
qo‘y –echkilarda fassiolyozni voyaga etgan shakllarini, oshqozon –ichak nematodozlari, estroz kasalliklarini davolash va oldini olishda
Dozasi. muskul orasiga yoki teri ostiga. Qoramol, qo‘y- echkilarni fassiolyoz va nematodozlarida 0,5 ml / 10 kg tirik vaznga
qoramol gipodermatozlariga 1 ml /10 kg vaznga