Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


Bu moddalar hashoratlar tushish yo‘li bo‘yicha



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə107/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Bu moddalar hashoratlar tushish yo‘li bo‘yicha.
1. Ichaklar orqali - ozuqa bilan.
2. Kontakt - kutikula orqali.
3. Fumugant - nafas yo‘li orqali.


Ta’sir yo’nalishi bo‘yicha:
1.O‘ldiruvchilar.
2 Repellentlar qochiruvchi.
3.Attraktantlar- rom etuvchi.
Mana shularni hisobga olib qo‘llaniladigan preparatlarga farmatsevtik shakl beriladi. Hashoratlar xitin pardalari orqali gazsimon va bug‘simon holdagi preparatlar yaxshi o‘tadi.
Ovqat hazm qilish a’zolari orqali ovqatga suyuq va qattiq holda qo‘shib berilgan preparatlar tushadi. Nafas a’zolari orqali esa gazsimon va bug‘ holatidagi insektitsidlar o‘tadi.
Insektitsidlarni qo‘llash usullari:
Insektitsidlarning tabiiy sharoitda hashoratlar to‘planadigan va ko‘payadigan joylarga, binolar (molxona, tovuqxona, qo‘tonlarga) ga va to‘g‘ridan-to‘g‘ri hayvonlar tanasiga qo‘llanilishi mumkin.
Tabiiy sharoitda hashoratlar ko‘payadigan va to‘planadigan joylarni odatda purkaladigan pestitsidlar bilan ishlov beriladi. Bundan tashqari maxsus ishlab chiqarilgan moslamalar bilan sepiladi. Binolarga aerozol usulida yoki suvli eritma holida tayyorlangan pestitsidlar bilan ishlov beriladi.
Parazit turi va zararlanish darajasi e’tiborga olingan holda turli usullar qo‘llaniladi.
Hayvonlarning yoppasiga kanalar, parazitlar bilan zararlanishida ularga qarshi qo‘rashish maqsadida maxsus vannalar, eritmalar, suspenziyalar va do‘stlar, hamda liniment va mazlar qo‘llash mumkin. Bo’ka kasalligida davolovchi preparatlarni og‘iz orqali ichirish usuli va muskul orasiga in’eksiya qilish usullaridan foydalaniladi. Uchib yuruvchi hashoratlarga qarshi qo‘rashishda suvli va yog‘li eritmalar, suspenziyalar, emulsiya va dustlardan foydalaniladi. Ko‘pchilik insektotsidlar hayvonlar uchun zaharli hisoblanadi, shuning uchun amaliyotda ularning subtoksik dozalari qo‘llaniladi.
Bu dozalarni qo‘llashda dorilar qo‘llanmasida yozilgan qoidalarga to‘lig‘icha rioya qilish kerak. Dorining zaharliligi, ta’sir qilish muddati, bug‘ozlikka va oriq hayvonlarga qo‘llash mumkin yoki mumkin emasligini bilgan holda qo‘llash tavsiya etiladi.
Fosfororganik birikmalar.
Hozirgi kunda fosfororganiq birikmalar juda katta guruh moddalardan iborat, ular biologiya, meditsina, veterinariya va o‘simlikshunoslik sohalarida keng qo‘llanilib kelinmoqda.
Ko‘plab FOB lar kuchli insektitsid, akaritsid va hattoki bakteritsid hisoblanadi. Ularning eng muhim xususiyatlaridan birinchisi: tashqi muhitning har qanday sharoitda samarali ta’sir qilish xossasiga ega. Ikkinchidan ular kuchsiz zaharli, masalan: xlor organik birikmalarga nisbatan, organizmda tezda parchalanib ketadi; Uchinchidan bu preparatlarni sintez qilish natijasida yanada samarali va zaharsiz preparatlar yaratilmoqda. Organiq fosforning insektitsid ta’sir qiluvchi (preparatlaridan) birikmalaridan uning unumlari: fosfon kislotasi, fosfor kislotasi va tisfosfor kislotalari muhim ahamiyatga ega. Fosfororganiq birikmalarning yuqori insektitsid ta’siri va tashqi muhitning noqulay sharoitlarida ham qo‘chini yo‘qotmasligi ularning kelajakda yanada keng ko‘lamda ishlatilishi imkon beradi.
Fosfororganiq birikmalarning odam va hayvonlar organizmidagi turli parazitar bo‘lmagan kasalliklarga qarshi qo‘llanilishi ishlab chiqilmagan bo‘lsada, ularning ayrimlari mikroblarni o‘ldiruvchi, yana boshqalari ayrim xavfli o‘smalar o‘sishini bostiruvchi ta’sir qilishi, yana birlari ko‘z ichidagi bosimni tushirish, ichaklarning ishini yaxshilashi aniqlangan.
Ta’sir mexanizmi: FOB larning ta’sir mexanizmi asosini xolinesterazaning fosforlanishi tashkil qiladi, bu quyidagi formulada keltirilgan:
Es – Fermentning esteraza qismi:
Ap – Fermentning anion qismi.
Bu reaksiya natijasida faol bo‘lmagan xolinesteraza birikmasi hosil bo‘ladi va atsetilxolin parchalanmay qoladi. U ko‘p miqdorda to‘planib, kuchli autointoksikatsiya va birdaniga modda almashinuvi jarayoni buzilishiga olib keladi. Hashoratlar o‘limi bir necha daqiqadan keyin ro‘y beradi, chunki markaziy va periferik gangliyalarda xolinesterazani tezda faolligini pasaytiradi. Ko‘pchilik FOB lar hayvonlar va hashoratlar organizmida sezilarli o‘zgarishlarga olib keladi va ular xolinesterazani blokada qilish qobiliyatini yo‘qotadi. Ayrim FOB lar tezda oksidlanib qoladi yoki izomerlanadi, buning natijasida kuchsiz birikmalar o‘rniga kuchli antixolinesteraza moddalar paydo bo‘ladi, shuning uchun chorvachilikda ularning minimal eng kichik dozalaridan foydalaniladi.
Zaharliligi: FOB lar noto‘g‘ri va me’yoridan ko‘p miqdorda qo‘llanilganda kuchli zahar hisoblanadi. Buning asosini xolinesteraza fermentining faolligi pasayishi va atsetilxolinning ko‘payib ketishi tashkil qiladi. Zaharlanish belgilari, so‘lak ko‘p ajrala boshlaydi, nafas olish qiyinlashadi, bronxospazm, sianoz qo‘zatiladi, ich ketadi. Zaharlanish kuchli bo‘lsa avval ayrim muskullar qaltirashi, keyinchalik butun tana muskullari qaltirashi qo‘zatiladi. Bu hol oldi olinmasa hayvon kollaps holatiga tushadi va o‘lim bilan tugaydi. Zaharga qarshi antidot – atropin sul’fat va xolinesteraza reaktivatorlari.
Odamlarning FOB lar bilan zaharlanishini oldini olish maqsadida FOB lar bilan berilgan hayvonlar 3 haftadan keyin so‘yishga ruxsat berilishi kerak. bu muxlatdan oldin so‘yilsa, maxsus sanitariya ekspertiza ko‘rigidan tekshirilib keyin iste’molga chiqariladi yoki qayta ishlov berishga (kolbasa, sosiska va h.k.) yuboriladi.
FOB lar toza holida 1000% (ADV) – faol ta’sir qiluvchi modda – FTM saqlovchi texnik preparatlar va emul’siyalar, kukunlar, pastalar holida chiqariladi. Bundan tashqari 5-12% FTM saqlovchi do‘stlar holida chiqariladi. Shuning uchun FOB larning davolovchi miqdori FTM bo‘yicha hisoblanadi.
FOB larga: xlorofos, DDVF, karbofos, trixlormetafos, Dibran, trolen, Amidofos va boshqalar kiradi.
Xlorofos – Chlorophosum 0,0 Dimetil (1-oksidi 2,2-2-trixloretil) fosfonat.
Kristall kukun yoki parafinga o‘xshash massa oq rangda sarg‘ish aralash bo‘ladi, o‘ziga xos hidli. +25oC da erib ketadi, +50oC dan yuqori harorat ta’sirida DDVF ga aylanadi. Suvda 1:7 nisbatda eriydi. Sotish uchun chiqarilgan xlorofos tarkibida 97 yoki 80% toza modda bo‘ladi. 7-5% li dust holida, 50% li spirtda eritilgan holida, 11,6% li spirtli-moyli eritma holida chiqariladi.
Insektitsid sifatida juda ham faol ta’sir qilib 3-10 daqiqa davomida o‘ldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Qichima kanalariga eritma holida qo‘llanilganda kanalar o‘limi 1-8 soat ichida ro‘y beradi, shuning uchun xlorofosni bu maqsadlarda qo‘llanilmaydi. Chivinlar xlorofosning 0,1% li eritmasida 2-5 daqiqa ichida o‘ladi. Xlorofos hashoratlarga bug‘ holida ham o‘ldiruvchi ta’sir qilib 1 metr uzoqlik masofadan o‘ldiradi.
Xlorofos qoramollarni yaylovda boqilganda yoz oylarida pashshalar va bo’ka chaqmasligi uchun va kanalar qon kasalliklaridan himoyalash maqsadida 1% li eritma shaklida qo‘llaniladi. Har 7-10 kunda 1 marta cho‘miltirilib turiladi. 2-3% li eritmasi bilan chorva binolari kanalardan tozalash uchun ishlatiladi. 1000-2000 ml eritma 1m2 pol yuzasiga nisbatan. Tovuq kanalari va patxo‘rlarga qarshi xlorofosning 0,5% li eritmasi ishlatiladi. Tovuqxonalarga 2% li eritma bilan ishlov beriladi. Xlorofosning 0,25-0,5% li suvdagi eritmasi hayvonlar ustidagi bitlarni o‘ldirish maqsadida qo‘llaniladi. Xlorofos bu hashoratlarning tuxumlariga kam etishini hisobga olib 2-3 marta har 10 kun oraliq vaqt bilan ishlov berilishi kerak.
Qo‘ylarning qon so‘ruvchi hashoratlari va junxo’rlarga qarshi xlorofosning 0,5% li suvdagi eritmasidan bir qo‘yga 500 ml miqdorda qo‘llash mumkin 2-3 marta, 10 kun oraliq vaqt bilan.
Oziqa tayyorlash xonalarida, sut qabul qilish xonalarida pashshalarga qarshi xlorofosning 0,1% li aralashmasidan foydalanish zarur. Aralashmani tayyorlash uchun 0,1% li xlorofos eritmasiga 1-2% shakar asal yoki sut qo‘shiladi.
Xlorofos aerozol usulida qo‘ylarning estroz kasalligida yaxshi natija beradi. Buning uchun 1m3 xonaga 20% li xlorofosning 20 ml eritmasi purkalib qo‘ylar 25 daqiqa davomida saqlanadi. 11,6% li spirtli moyli eritma holida gipodermatoz (buka) kasalligida ishlatiladi.
Xlorofos ayrim gelmintoz kasalliklarni davolash maqsadida ham qo‘llaniladi, bu kasalliklarga gemonxoz, trixostroigilyoz, diktiokoulyoz, myullerioz, trixotsefalyoz va boshqalar.
DDVF – dimetindixlorvinilfosfat – bu fosfor kislotasi unumli hisoblanib, tashqi qo‘rinishidan rangsiz, o‘ziga xos hidga ega, uchuvchan suyuqlik. Spirt va moyda yaxshi eriydi, suvda qiyin eriydi.
DDVF – hashoratlar va kanalar uchun zaharli hisoblanib, pashsha, buka, tovuqlar ektoparazitlari bilan qo‘rashishda qo‘llaniladi. Eritma, dust va aerozol holida ishlatiladi.
Karbofos Carbophosum – ditiofosfor kislotasi unumi, toza holida rangsiz suyuqlik, to‘q sariq yoki malla rangda, o‘ziga xos hidli. Suvda yomon eriydi. Organiq erituvchilarda yaxshi eriydi. 30% li va 60% li emulsiya va 4% li dust hamda 25% li kukun holida chiqariladi. Keng ta’sir qiluvchi insektitsid sifatida qo‘llaniladi.
Amidofos – Amidophosum. Oq kristall kukun, organiq erituvchilarda yaxshi eriydi 25% li emulsiya, 25% li kukun, 6% li moyli eritma va 10% li dust holida ishlab chiqariladi. Amidofos gipodermatozda yaxshi samara beradi. Buning uchun qoramollar 5% li suvdagi emulsiyasi bilan purkaladi. Bahorda va qo‘zda cho‘miltiriladi. Bundan tashqari amidofos pashsha, chivin, bitlarga qarshi ishlatiladi.
Xlororganik birikmalar.
Xlor hashoratlar uchun faqatgina nafas yo‘li orqali o‘ldiruvchi ta’sir qiladi. Bunday ta’sirni ishlab chiqarish sharoitida yaratish mumkin emas. Shuning uchun izlanishlar yangi xlor birikmalari yaratishni yuzaga chiqardi, ya’ni xlororganiq birikma (XOB) lar hashoratlarga qarshi xlorga nisbatan o‘ta kuchli va odam hamda hayvonlar uchun kuchsiz zaharli hisoblangan preparatlar kashf etildi. Ko‘pchilik XOB FOS lar singari kuchli va faol ta’sir qilish xususiyatiga ega, biroq ular tashqi muxitda va organizmda juda sekin parchalanadi. Bundan tashqari organizmda to‘planish xususiyatiga ega ekanligi bilan odamlar va hayvonlar uchun xavfli hisoblanadi.
XOS larga: geksoxloran, kikoxloran SK-9 SK-9, taksofenlar kiradi.
Geksoxloran – xlorning benzolga birikishi natijasida olinadi. Suvda erimaydi, atsetonda (1:2), benzolda 1:3, efirda 1:5 xloroformda 1:4, kerosinda 1:7 nisbatda eriydi. O‘simlik va mineral yog‘larda yaxshi eriydi. Ishqor va karbomatlar ta’siri ostida parchalanib ketadi. Geksoxloran kuchli insektitsid va akaritsid xususiyatiga ega. Kreolinga nisbatan 8-20 marta, arsenat natriyga nisbatan 2-6 marta kuchli ta’sir qiladi. Ovqat hazm qilish sistemasi va nafas yo‘llari orqali hamda qisman hashoratlarning xitin pardasi orqali o‘tib ta’sir qiladi. Hashoratlar juda ham qisqa vaqt 20-40 soniya ichida o‘ladi. Geksaxloran juda ham o‘tkir zahar. Hayvonlar organizmiga terisi orqali, ovqat hazm qilish yo‘li orqali, nafas yo‘li orqali tushadi. Geksoxloran pashsha va chivimnlarga qarshi 3-5% li suvda suspenziya, 0,5-1% li moyli emulsiyasi qo‘llaniladi. Bit, junxo‘rlarga qarshi 5% li dust shaklida, qo‘llash mumkin. Kanalarga qarshi ham 5% li dust shaklida qo‘llash mumkin.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin