BUPARVALEK 1 ml preparat tarkibida buparvakon 50 mg saqlaydi.
Qo‘llash uchun ko‘rsatma: «Buparvalek» qoramolga Theiria parva, T. annulata, T. mutans, va T. Orientalis tomonidan qo‘zg‘atiladigan teyleriozda, davolash va profilaktika maqsadida belgilanadi.
Qo‘llash tartibi va miqdori:Preparat bir marotaba, hayvonning 20 kg tirik vazniga 1 ml preparat dozasida qo‘llanadi, bu 1 kg vazniga 2,5 mg buparvakonni tashkil etadi. Preparatni kiritish usuli – mushak ichiga, bo‘yin sohasiga kiritiladi.
Og‘ir holatlarda preparat birinchi kiritishdan keyin 48-72 soatdan so‘ng xuddi shunday dozada takroriy qo‘llanadi.
Alohida ko‘rsatmalar. Bitta in’eksiya joyiga 10 ml dan ortiq preparatni kiritish tavsiya etilmaydi. Zarur bo‘lganda, kiritilgan doza yarmisidan bo‘linadi va bo‘yinning ikki tomonidan kiritiladi.
Farmakologik xususiyatlari: Buparvakon ham shizontlar bosqichidagi ham piroplazmalar bosqichidagi teyleriyalarga nisbatan faol ta’sir etadi. Buparvakonning ta’sir etish mexanizmi hozirgi paytda to‘liq aniqlanmagan. U taxminan teyleriyalarning mitoxondriyalarida elektronlar ko‘chishi mexanizmini izdan chiqaradi. Buparvakonni qo‘llash hujayralar tuzilmalari darajasida parazitlarning sitoplazmasida kuchayib boruvchi vakuollashuvga olib keladi, vaqt o‘tishi bilan bu parazitning tashqi membranalari va yadroviy membranalari tuzilmasining buzilishiga olib keladi. Shu bilan birga, buparvakon teyleriyalar parazitlik qiluvchi hujayralarning hujayra ichidagi tuzilmalarini (shu jumladan mitoxondriyalarni) shikastlamaydi.
Mushak ichig akiritilganda preparat to‘qimalarda uzoq saqlanadi. Buparvakonning yarim chiqarilish davri –7 kunga yaqin.
In’eksiya joyida ba’zan mahalliy, og‘riqsiz shishlar paydo bo‘lishi mumkin, ular vaqt o‘tib o‘zi yo‘qoladi.
Preparatni teri ostiga yoki tomirning ichiga kiritish mumkin emas.
Hayvonlarni go‘sht uchun so‘yish preparatni kiritish to‘xtatilganidan keyin 42 kundan so‘ng ruxsat etiladi. Preparatni oxirgi kiritishdan keyin 2 sutka ichida sutni oziq-ovqat maqsadida ishlatish ta’qiqlanadi.