Vi-bob. Atrof muhit va mehnat mohofazasi



Yüklə 353,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix03.06.2022
ölçüsü353,46 Kb.
#60469
  1   2   3
Atrof muhit



43 
VI-bob. Atrof muhit va mehnat mohofazasi 
Atrof muhit muxofazasi 
Tabiiy muhitni muhofazalash, uning imkoniyatlaridan oqilona foydalanish 
hozirgi zamonning eng dolzarb muammolaridan biriga aylangandir. 
Turli xil sanoat korxonalarining rivojlanishi so‘zsiz tabiiy muhitga salbiy 
ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sirni oldindan ko‘ra bilib, tegishli chora tadbirlarni ko‘rish, 
ularning salbiy oqibatlarini kamaytirish, foydali tomonlarini oshirishni boshlaydi. 
Taraqqiyotning hozirgi bosqichida inson bilan tabiatning o‘zaro ta’siriga oid 
bir qator muammolarni hal etish faqat bir mamlakat doirasida cheklanib qola 
olmaydi. Ularni butun sayyoramiz ko‘lamida hal etish zarur. Ekologiya muammosi 
Yer yuzining hamma burchaklarida ham dolzarb. Faqat uning keskinlik darajasi 
dunyoning turli mamlakatlarida va mintaqalarida turlichadir[16]. 
Fan-texnika taraqqiyoti biz yashab turgan dunyoni tanib bo‘lmas darajada 
o‘zgartirib yubordi. Ekologik halokat, ayrim hududlarda qilingan taxminlarga 
qaraganda, oldini olib bo‘lmaydigan darajada xavf tug‘dirmoqda. Ammo uning 
tarqalishini kamaytirish texnogen va ijtimoiy - madaniy oqibatlar shiddatini 
to‘xtatish zarur. Buning uchun turli soxa mutaxassislari o‘zlarining ekologik 
bilimlarini oshirib, rejalashtirilayotgan ishlari bilan tabiiy muhiti shikastlamaslik 
choralarini ko‘rmoqlari kerak. 
Salbiy ekologik oqibatlarning asosiy sabablaridan biri yer, suv, mineral 
xom-ashyolardan foydalanish printsiplarini buzilishidir. 
Aynan shu printsip xalq xo‘jaligining kam samarali - ekstensiv yo‘ldan 
borishi uchun qulay sharoitlar yaratdi, resurslarni tejaydigan texnika va 
texnologiyaning keng joriy qilinishiga to‘sqinlik qildi, shuningdek, atrof muhitga 
zarar yegkazgan holda rejani bajarish kabi g‘ayri ekologik yondashuvni keltirib 
chiqardi. Chang va tuzlar shamol bilan hududlarda yog‘ilib, yomg‘ir suvining 
minerallashuvini, yerlarning sho‘rlanishini, tog‘dagi muzliklarning erishini 
tezlatishga sabab bo‘lmoqda. Markaziy Osiyo hududida quyosh haroratining 
yuqori bo‘lishi inson organizmida qon almashinishish kuchaytiradi, ko‘p miqdorda 
terlatib, ayrim kimyoviy moddalarning teri orqali so‘rilishga, hatto me’yornomada 


44 
ko‘rsatilgan eng kichik raqam ham halokatli zaharlanishga olib kelishi mumkin. 
Respublikada Chirchiq, Olmaliq, Ohangaron, Angren, Farg‘ona, Marg‘ilon, 
Navoiy va boshqa bir qator joylarda kimyoviy, neft-kimyoviy hamda 
mikrobiologik tarmoqlar korxonalarning, ko‘p quvvat va suv talab qiladigan ishlab 
chiqarish vositalarining ko‘pligi va rivojlanganligi tufayli ekologik sharoit 
keskinlashdi. Tojikistonning Tursunzoda shahrida joylashgan alyumin zavodining 
salbiy oqibatlari Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi va Oltinsoy 
tumanlarida sezildi. Natijada anor va xurmoning hosildorligi va sifati pasayib 
ketdi, aholi salomatligi esa yomonlashdi. 
«Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida» 1992 yil 9 dekabrda O‘zbekistan 
Respublikasi Qonuni tasdiqlandi. Olim, mutaxassis va siyosiy arboblarni ekologiya 
va sog‘lomlashtirish muammolariga jalb etish shuningdek, xalqning ekologik 
bilimini oshirish maqsadida 1992 yilda xalqaro ekosan jamg‘armasi tashkil etildi. 
Natijada ekologik nazorat kuchaytirilib, zamonaviy texnologiya va ishlab chiqarish 
usullariga utish hisobiga chiqindilar miqdorining kamayishiga erishildi. 
Tabiiy muhitni muhofazalash uchun sarflanadigan xarajatlar miqdori uni 
shikastlab, qayta tiklashga ketadigan xarajatlarga nisbatan kamdir. Shuning uchun 
xavfli holatlarni oldindan bilish, tegishli choralarni ko‘rish, asosiy vazifalaridan 
biridir. Ekologiyaning barcha soha tarmoqlarini faqat bitta soha mutaxassisi 
o‘zlashtirib olishi qiyin. Shuning uchun ular ekologiyaning o‘zlariga tegishli 
yo‘nalishlarini o‘zlashtirsalar va unga amal qilib ishlasalar, maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. 
Sanoatning rivojlanishi va ayniqsa, transport vositalarining o‘sishi natijasida 
atmosferada karbonat angidrid, oltingugurt, azot birikmalari va organik 
yonilg‘ilarni yonishi yoki chala yonishi natijasida ajralib chiqayotgan har xil 
birikmalar miqdori tobora ortib bormoqda. 
Kelajakda atrof-muhitni muhofaza qilish muammosini eng avvalo tutash 
texnologik tsiklli chiqitsiz (ya’ni chiqindilarni ekologizatsiyalash) ishlab 
chiqarishlarni yaratish yo‘li bilan hal qilinadi. Buning uchun ayrim hollarda butun 
texnologik jarayonni yoki uning bosqichlarini tubdan o‘zgartirish, gazlardan zararli 


45 
moddalarni ajratib olish va utillashtirish usullarini ishlab chiqish, suv qaytarish 
sistemalarini qo‘llash lozim. Chiqitsiz ishlab chiqarishning kelajagi – bu hududiy-
sanoat komplekslari bo‘lib, ularda bir korxonaning chiqindisi ikkinchisi uchun 
xom-ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Ba’zi soxalar uchun ekologizatsiyalashning 
muayyan modellari ishlab chiqilgan. 
Fan-texnika vositalari atrof-muhitni zararli chiqindilar bilan ifloslanishini 
istisno etishga to‘la imkon bermayotgan hozirgi vaqtda atrof-muhitning kishilar, 
hayvonlar va o‘simliklar dunyosi uchun xavfsizligini kafolatlovchi standartlarni 
ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Ularni ishlab chiqishda Standartlar xalqaro 
tashkiloti, uning qumitalari va ba’zi mamlakatlarning standartlash idoralari muhim 
rol o‘ynaydi. Sog‘liqni saqlash xalqaro tashkiloti (VOZ) insonni sog‘liqni saqlash 
darajasini nazorat qilish uchun xalqaro xizmat yaratildi. Nazorat stantsiyalarining 
tarmog‘i respublika miqyosida, atrof-muhitning ifloslanishi, iqtisodiyot va 
urbanizatsiya darajasi bilan belgilanadi. 
Tashqi muhitni nazorat qilish va kuzatish Davlat xizmatiga O‘zbekiston 
Respublikasi gidrometeorologiya va tabiiy muhitni nazorat qilish Davlat qumitasi 
boshchilik qiladi. Mazkur qumita qoshida atmosfera havosini ifloslanishdan 
muhofaza qilish bo‘yicha Davlat inspektsiyasi yaratildi. Tabiiy muhitni o‘rganish 
va ifloslanishini nazorat qilish bo‘yicha markazlar bor. Respublikaning ko‘pgina 
shaharlarida suv havzalarining ifloslanishini avtomatlashtirilgan sistemalar 
yordamida nazorat qilinadi. 
Bugungi kunda atmosfera havosi zaharli moddalar bilan ifloslanmoqda. 
Atmosfera havosiga chang asosan ikki yul bilan tushadi – tabiiy jarayonlar 
natijasida va insonlarni ishlab chiqarish faoliyatlari natijasida. Tabiiy jarayonlarga 
–vulqonlarning otilishi, o‘rmon yonginlari, kosmik changning yogilishi va x.k. 
Changni havoga tushiruvchi ishlab chiqarish korxonalariga quyidagilar 
kiradi: 
• 
qurilish ashyolari ishlab chiqaruvchi korxonalar - 34,7 % 
• 
IYES - 29,5 % 
• 
avtotransport 
- 15,8 % 


46 
• 
qora metallurgiya - 12,4 % 
• 
kimyo sanoati 
- 4,6 % 
• 
rangli metallurgiya 
- 2,2 % 
• 
neftni qayta ishlash korxonalari - 0,5 % 
Sanoat korxonalaridan atmosferaga tashlanayotgan changlar turli shaklga, 
o‘lchamga, zichlikka yega bo‘lganligi uchun, ularni turli usullar yerdamida tozalab 
olinadi. 
Havoni changdan tozalashning quyidagi usullari mavjuddir, 
1) 
gravitatsion usuli 
2) 
quruq inertsion va markazdan kochma kuch asosida tozalash usudi 
3) 
xo‘llash usuli 
4) 
filtrlash usuli 
5) 
elektrostatik usul 
6) 
tovush va ultratovush yordamida koagullash usuli. 
Atmosfera havosini zaharli gazlardan tozalash jarayoni asosan gazlarni 
suyuqlik va qattiq jism chegara sirtlarida boruvchi kimiyeviy uzgarishlar xisobiga 
olib boriladi. Zaharli gaz moddalarning fizik-kimiyeviy xossalari, ularni ajratib 
olinish sharoitlariga binoan ularni tozalash uchun aksariyat hollarda quyidagi 
usullar qo‘llaniladi: 
1. 
Adsorbtsiya 
2. 
Absortssiya 
3. 
Katalitik 
4. 
Termik 
Sanoat ishlab chiqarish, korxonalarida, qishloq xujaligida maishiy xizmat 
korxonalarida hosil bo‘lgan suvlar - oqova suvlar deyiladi. 
Lak-bo‘yoq sanoatida hosil bulayotgan oqova suvlarning tarkibi ishlab 
chiqarishning turiga va texnologik jarayoniga bog‘liqdir. 
Kimyo sanoatida suv-xom ashyo, yerituvchi, reaktsion muhit, yekstragent, 
absorbent sifatida, moddalar, uskunalarni sovitish va isitishda, tayyor 
maxsulotlarni va uskunalarni yuvishda ishlatiladi. Texnologik jarayonlarda 


47 
ishlatilgan suv turli xil moddalar bilan ifloslanadi. Masalan, mineral o‘g‘itlarni 
ishlab chiqarishdagi oqova suvlar kislota, ishqor va tuzlar bilan ifloslanadi: neftni 
qayta ishlash korxonalarning suvlari -neft maxsulotlari, yog, moy, fenol, sirt-aktiv 
moddalar bilan ifloslangandir; plastmassa buyumlarini ishlab chiqarish 
korxonalarining suvlari tarkibida monomerlar, yuqori-molekulyar birikmalar, 
sakich va x.k. moddalar bor. 
Oqova suvlarning ifloslik darajasi quyidagi ko‘rsatgichlar orqali aniqlanadi: 
1) 
orgonaleptik ko‘rsatgichlar (rangi, xidi, mazasi,tiniqligi va x.k.) 
2) 
fizik kimyoviy ko‘rsatgichlar (rH, temperatura, yelektroutkazuvchanlik, 
suvning qattiqligi, kuvishkokligi, zichligi, sirt tarangligi va x.k.) 
3) 
erigan organik va anorganik moddalarning miqdori, kislorodning kimyoviy 
(XPK) va biokimyoviy (BPK) sarflanishi 
4) 
kolloid, mayda va yirik dispersli zarrachalarning miqdori. 
Oqova suvlarning xar bir guruhiga uziga xos tozalash usullari mavjud bo‘lib, 
ular quyidagi guruhlarga bulinadi : 
1) 
mexanik tozalash usullari (tindirish, filtrlash, tsentrfugalash); 
2) 
fizik-kimyoviy usullar (flotatsiya, adsorbtsiya, flokulyatsiya, koagulyatsiya, 
yekstraktsiya, ion almashinish usuli); 
3) 
kimyoviy usullar (neytrlash, oksidlash, qaytarish, termooksidlash) 
4) 
biokimyoviy usullar - tirik organizmlarning organik ifloslantiruvchi 
moddalarning ozika sifatida iste’mol qilishiga asoslangandir. 
Yuqorida keltirilgan usullar 2 turga bulinadi: regenerativ usullar - 
ifloslantiruvchi moddalarni suvdan ajratib olib ularni qayta ishlatishga asoslangan ; 
destruktiv 
usullar 
yesa 
ifloslantiruvchi 
strukturasini 
buzib 
yuborib 
zararsizlantirishga asoslangandir. 
Tuproq uzoq yillar davomida atmosfera, gidrosfera, o‘simlik va xayvonot 
olamining o‘zaro bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan holda litosferaning ustki 
qavatlarining uzgarishi natijasida shakllanib kelgan. 
Tuproqning holatiga omillar bilan birgalikda, inson faoliyati ham ta’sir 
ko‘rsatadi. Tabiatda doimo tuproq qavatining suv, shamol, sel okimlari va x.k. 


48 
ta’siri natijasida buzib yuborilishi jarayonlari amalga oshib kelgan. Ammo lekin, 
tuproq holatining global buzilishi paydo bulishi, asosan insonlarning turli xil 
xarakatlariga bog‘liqdir. Insonning xohishiga ko‘ra tuproqning xarakteri 
o‘zgartiriladi, tuproqni hosil qiluvchi faktorlar - relef, mikroiqlim uzgaradi, 
dengizlar, suv omborlari, kanallar barpo yetiladi, millionlab tonna grunt joydan 
joyga kuchiriladi va x.k. 

Yüklə 353,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin