Vi bob. Inflatsiya riski



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix05.02.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#82984
6-mavzu



121
VI BOB. INFLATSIYA RISKI 
6.1. Inflatsiya riski tushunchasi va uning mazmun-mohiyati 
Inflatsiya makroiqtisodiy beqarorlikning ko‘rinishlaridan biri 
bo‘lib, hozirgi davrda barcha mamlakatlar uchun umumiy bo‘lgan 
holat hisoblanadi.
“Inflatsiya” - atamasi (lotincha “inflation” – shishmoq, kengay-
moq) ilk bora Shimoliy Amerikada 1861-1865-yillardagi fuqarolar 
urushi davrida qo‘llanilib, muomalada qog‘oz pullarning haddan 
ortiq ko‘payib ketishini ifodalagan. 
Iqtisodiy adabiyotlarda esa bu atama XX asrda, birinchi jahon 
urushidan keyin keng tarqaldi. Inflatsiya tushunchasi juda serqirra 
bo‘lib, iqtisodiy adabiyotlarda uning ko‘plab izohlari mavjud. 
Ma’lumki, inflatsiya darajasiga asosan omonatchilar, xoh u yuridik 
shaxs bo‘lsin, xoh u jismoniy shaxs bo‘lsin, o‘zlarining vaqtincha 
bo‘sh pul mablag‘larini tez sur’atlarda hamda katta daromad kelti-
radigan sohalarga yo‘naltirish orqali ta’sir etadilar. Agarda mamla-
katdagi inflatsiya darajasi yuqori sur’atda bo‘lsa omonatchilar o‘z 
mablag‘larini turar-joy, xorijiy valuta, oltin, avtomobillar sotib 
olishga harakat qiladilar hamda ular tijorat banklarining xizmatidan 
voz kechadilar. 
Inflatsiya – bu pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga 
nisbatan ortib ketishi natijasida pul birligining qadrsizlanishi va 
shunga mos ravishda tovar narxlarining o‘sishidir.
Inflatsiya bozor xo‘jaligining har xil sohalarida takror ishlab 
chiqarish nomutanosibliklari tug‘diradigan murakkab ijtimoiy-
iqtisodiy hodisadir. Biroq, shuni ham nazarda tutish kerakki, alohida 
tovar bozorlaridagi talab va taklif nisbatining har qanday buzilishi 
ham inflatsiyani keltirib chiqaravermaydi. Shuningdek, iqtisodiyot-
dagi davriy o‘zgarishlar, masalan, talabning mavsum bilan bog‘liq 
holda oshishi yoki tabiiy ofatlar natijasida tovarlarga talabning 
kuchayishi keltirib chiqargan narxlarning o‘sishi inflatsiyani 
anglatmaydi.


122
Inflatsiya riski - bu inflatsiyaning o‘sishi natijasida olinadigan 
pul shaklidagi daromadlarning qadrsizlanishidir. 
Bunda tadbirkorlar sezilarli darajada moliyaviy yo‘qotishlarga 
duchor bo‘ladilar. Inflatsiya risklari tashqi risk hisoblanib, unga ta’sir 
qilish imkoniyatlari juda kichik bo‘ladi.
Inflatsion risk moliyaviy risklarni tarkibiy qismi bo‘lib, boshqa 
risklardan ajratilgan tartibda bo‘lishiga qaramay investitsion, bank, 
valuta va boshqa risklar bilan ham uzviy bog‘liqdir. 
Inflatsion risklarning yuzaga kelishning asosiy sabablari bo‘lib 
quydagilar hisoblanadi: 
- milliy iqtisodiyot ayrim sohalari o‘rtasidagi nomutanosibliklar; 
- jamg‘arma va iste’mol o‘rtasidagi nomutanosibliklar;
- talab va taklif orasidagi nomutanosibliklar; 
- davlat daromadlari va xarajatlari orasidagi nomutanosibliklar. 
Valutalarning xarid qobiliyatlari bo‘yicha ularning o‘zaro nisbati 
o‘zida qiymat qonunini aks ettirib, valuta kursini aniqlash vositasidir. 
Shu sababli valuta kursiga inflatsiya sur’atlari ta’sir ko‘rsatadi. 
Mamlakatda inflatsiya darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, milliy valuta 
kursi shunchalik past bo‘ladi. Inflatsiya oqibatida pul qadrsizlanishi 
mamlakatda pulning xarid qobiliyatining pasayishiga va inflatsiya 
sur’atlari nisbatan past mamlakatlarning valutalari kursidan tushib 
ketishiga sabab bo‘ladi.
Inflatsya riski iste’mol narxlarini o‘sishi va xarid qilib olish 
qobilatining passayishi natijasida investitsiya daromadliligini 
kamaytiradi. 
Inflatsion risklar ko‘zda tutilmagan moliyaviy yo‘qotishlar 
paydo bo‘lish ehtimoli bilan xarakterlanganligi uchun, uning 
darajasini baholashda investitsiyalashdan ko‘zda tutilayotgan 
daromadning o‘rtacha yoki hisob miqdoridan chetlanishi aniqlanadi. 
Shuning uchun investitsion risklarni baholash ko‘zda tutilayotgan 
daromadlar va ularni yo‘qotish ehtimolini baholash bilan bog‘liq. 
6.2. Inflatsiya riskini baholash, inflatsiya darajasi va foiz 
stavkasining inflatsiya darajasi bilan o‘zaro bog‘liqligi 
Inflatsiya riskini baholashda ikkita tushunchadan foydalaniladi: 
1) inflatsiya darajasi; 


123
2) inflatsiya indeksi. 
Inflatsiya darajasi – o‘rganilayotgan davr ichida narxlar qancha 
foizga o‘zgarganligini bildiradi, ya’ni bahoning o‘sish sur’atini 
ko‘rsatadi:
𝑖 =
∗ 100% (6.2.1) 
bu yerda: 𝒊
𝒅
– inflatsiya darajasi; 
N– summa (tovarning davr boshidagi bahosi); 
𝜟𝑵 – joriy narx bilan oldingi narx orasidagi farq. 
Inflatsiya indeksi - o‘rganilayotgan davr ichida narxlar necha 
martaga oshganligini ko‘rsatadi: 
𝐼 = 𝑖 + 1 yoki 𝐼 =
(6.2.2) 
Agar o‘rganilayotgan muddat bir nechta davrga (n ta davr) 
bo‘linsa, har bir davrdagi inflatsiya darajasi orqali aniqlandi: 
𝐼 = (1 + 𝑖 ) ∗ (1 + 𝑖 ) ∗ … … … .∗ (1 + 𝑖 ) (6.2.3) 
Agar o‘rganilayotgan muddat bir xil davrga (n ta davr) bo‘lib, har 
bir davrdagi inflatsiya darajasi bir xil bo‘lsa, inflatsiya indeksi 
quydagicha aniqlandi: 
𝐼 = (1 + 𝑖 ) (6.2.4) 
Bundan kelib chiqib, inflatsiyaning umumiy darajasi quydagicha 
aniqlanadi: 
𝑖 = 𝐼 −1 (6.2.5) 
Umum qabul qilingan tartibga ko‘ra, turli davrdagi iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarni solishtirish uchun tovarlar, xizmatlar va aktivlar 
narxlari inflatsiya darajasini hisobga olgan holda to‘g‘rilanishi yoki 
o‘zgartirilishi lozim. Shu bois, iqtisodchilar nominal narx nomini, 
ya’ni tovar va xizmatlarning “Price list”da ko‘rsatilgan narxini va 
pulning sotib olish qobiliyatini aks ettiruvchi real narxlarni alohida 
farqlashadi. 
Real va nominal narxlar farqlangani kabi, real va nominal foiz 
stavkalari ham farqlanadi. Misol uchun obligatsiya bo‘yicha nominal 
foiz stavkasi qarz oluvchi tomonidan va’da qilingan va siz bergan 
pulingiz evaziga olinadigan summadir. Real daromadlilik stavkasi – 
bu kreditor tomonidan ishlab topilgan hamda pulning sotib olish 
qobiliyati o‘zgarishi hisobga olingan holda to‘g‘rilangan yoki 


124
o‘zgartirilgan nominal foiz stavkasidir. Misol uchun, agar hisoblan-
gan nominal foiz stavkasi yillik 8%ni tashkil etsa-yu, inflatsiya 
darajasi ham 8%ga teng bo‘lsa, bu holda daromadlilikning real 
stavkasi nolga teng bo‘ladi.
Inflatsiya riski asosan, mamlakatda inflatsiya sur’atlari bilan 
belgilanadi, bu esa fuqarolarning jamg‘armalariga, shuningdek, 
qat’iy belgilangan daromadli qimmatli qog‘ozlarning qiymatiga 
salbiy ta’sir qiladi. 
Misol uchun, 25 yoshligingizda siz 200 sh.b.dagi mablag‘ni 
ajratib, yiliga 8% stavka bo‘yicha investitsiya qildingiz. Ushbu 
sarmoyaning – 200 sh.b. dan 60 yoshga to‘lganimizda R
t
= 200(1 + 
0,08)
35
= 2957 sh.b. ga ko‘payishi bizni quvontiradi. Biroq, siz 
bugungi kunda sotib oladigan narsalaringiz o‘sha vaqtga kelib ancha 
qimmatlashadi. Misol uchun, agar siz sotib olishni istagan barcha 
tovarlar va xizmatlar narxlari keyingi 35 yil ichida yiliga 8 foizga 
oshadigan bo‘lsa, sizning 2957 sh.b. mablag‘ingizga 200 sh.b.dan 
ko‘p bo‘lmagan miqdorda ularni sotib olishingiz mumkin bo‘ladi, 
ya’ni bugungi kunga kelib hech qanday yutuqqa ega bo‘lmaysiz. Shu 
sababli, uzoq muddatli investitsiyalar haqida juda to‘g‘ri qaror qabul 
qilish uchun siz foiz stavkasini va inflatsiya darajasini hisobga 
olishingiz kerak bo‘ladi. Oddiy aksiyalar, dividendlar doimiy 
qiymatga ega emas, ular inflatsiyadan sug‘urtalanadi, chunki uning 
stavkalarining o‘sishi bilan dividendlar to‘lanadigan foyda ham 
ko‘payib boradi. Bundan tashqari, inflatsiyaga qarshi sug‘urta 
qilishning samarali vositasi aksiyalar shaklida dividendlarni to‘lash 
hisoblanadi. Bank hisobvaraqlaridagi obligatsiya va jamg‘armalar 
oddiy aksiyalarga nisbatan kamroq daromad beradi, lekin bu yerda 
dastlabki sarmoyani yo‘qotish ehtimoli ham ancha past bo‘ladi. Shu 
bilan birga, investitsiyalarning barcha turlari bo‘yicha inflatsiya 
ta’siridan kelib chiqqan holda, pulning xarid qobiliyatini kamaytirish 
riski juda yuqori bo‘ladi. 
Foiz stavkasi bilan inflatsiya darajasining o‘zaro nisbatini 
hisobga olish uchun inflatsiyani hisobga olmagan holdagi u yoki bu 
valutada aks etgan nominal foiz stavkasi i
n
bilan nominalni inflatsiya 
darajasiga tuzatuvchi real foiz stavkasi i
r
bilan farqlash lozim. 


125
Daromadlilikning real stavkasi, nominal foiz stavkasi va in-
flatsiya darajasining nisbati aks etgan umumiy formula quyidagi 
ko‘rinishga ega: 
1 + 𝑖 =
1 +i
n
1 +i
d
(6.2.6) 
yoki, mos ravishda, 
𝑖 =
i
n
-i
d
1 +i
d
(6.2.7) 
bu yerda: i

– daromadlilikning real stavkasi; 
i
n
– nominal foiz stavkasi; 
i

- inflatsiya darajasi. 
Investor kiritgan har 100 so‘mga bir yildan so‘ng 108 so‘m oladi. 
Biroq bir yil avval 100 so‘mni tashkil etgan iste’mol savatchasi bu 
davr mobaynida 105 so‘mga teng bo‘ldi. Joriy davrda sotib olish 
mumkin bo‘lgan iste’mol savati tovarlariga qo‘llagan holda in-
vestorning 108 so‘mi qanday real qiymatga ega bo‘ladi? Bu savolga 
javob berish uchun, 108 so‘mni kelgusidagi iste’mol savati narxiga 
bo‘lish kerak bo‘ladi, ya’ni 108 so‘m : 105 so‘m = 1,02857 so‘m. 
Shunday qilib, xarid qilinmagan har bir iste’mol savati o‘rniga 
o‘zingiz investitsiya qilgan kapitalingiz uchun bir yildan so‘ng 
1,02857 
ekvivalentdagi 
savatni 
olasiz. 
Shunga 
ko‘ra, 
daromadlilikning real stavkasi yillik 2,857 %ni tashkil etadi. 
E’tibor bering, nominal ko‘rinishda ishonchli bo‘lgan, 
belgilangan daromadi bo‘lgan instrument real ko‘rinishda ma’lum 
darajada risk tashaydi. Misol uchun, faraz qilaylik, bank 
omonatchilarga risksiz dollarli yillik 8%li foiz stavkasini taklif 
qilmoqda. Ayni vaqtda kelajakdagi inflatsiya darajasi avvaldan 
noma’lumligi sababli, real ko‘rinishda pulni ushbu bank hisob 
raqamiga qo‘yish riskli bo‘ladi. 
Agar taxmin qilinayotgan inflatsiya darajasi yillik 5%ni tashkil 
etsa, daromadlilikning kutilayotgan real stavkasi yillik 2,857% 
bo‘ladi. Agarda inflatsiya darajasi 5%dan yuqori bo‘lsa, 
daromadlilikning real stavkasi yillik 2,857%dan kam bo‘ladi. 
Agar yillik foiz stavkalari (APR) nisbatini
uzluksiz foizlarni 
hisoblash bilan birga qo‘llasak, (6.2.7) ifoda quyidagi shaklni oladi: 
𝑖 = 𝑖 − 𝑖 (6.2.8) 


126
Shunday qilib, agar nominal APR yiliga 8% va inflatsiya darajasi 
6% bo‘lsa (uzluksiz hisoblashni hisobga olsak), haqiqiy foiz stavkasi 
uzluksiz hisoblanuvchi yillik i
r
= 8 - 6 = 2% ga teng bo‘ladi. 
Qat’iy belgilangan daromadli vosita nominal ifodada ishonchli, 
real ifodada esa ma’lum darajada riskka ega. Misol uchun, tasavvur 
qilaylik, bank sarmoyadorlarga 8 foizli risksiz yillik foiz stavkasini 
taklif qiladi. Kelajakda inflatsiya darajasi noma’lum ekanligi sababli, 
real qiymatda ushbu bank hisobvarag‘iga pul qo‘yish riskli bo‘ladi. 
Bunday holda kutilgan real daromad stavkasi quyidagicha 
bo‘ladi: 
𝑖 =
0,08 − 0,06
1 + 0,06
= 0,0189 
yoki yiliga 1,89%ni tashkil qiladi. Agar inflatsiya darajasi 6% dan 
yuqori bo‘lsa, real stavka 1,89% dan kam bo‘ladi. 
Shunday qilib, inflatsiya riski deb yuqori inflatsiya natijasida 
olingan daromad o‘sib borishiga qaraganda tezroq (xarid qilish 
qobiliyati nuqtayi nazaridan) qadrsizlanish riskiga aytiladi. Inflatsiya 
riskini minimallashtirish usullaridan biri, moliyaviy operatsiyalar 
bo‘yicha keladigan nominal daromadga inflatsiya mukofoti 
hajmining kiritilishi hisoblanadi. Inflatsiya sur’atlarining istiqbolini 
belgilash qiyin bo‘lsa, moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha olinadigan 
real daromad hajmini ushbu moliyaviy operatsiyalar vaqtida amal 
qilgan valuta kursi bo‘yicha milliy valutaga qayta hisoblash orqali 
biron bir barqaror valutada hisob-kitob qilinishi mumkin. 
Zamonaviy sharoitda har bir sohada bir nechta yirik kompa-
niyalar hukmronlik qilmoqda, ular o‘zaro faoliyatlarini kelishgan 
holda bozor sharoitlarini belgilab berishadi. Bu ayniqsa, preyskurant 
narxlar tizimini o‘rnatish orqali narxlarni shakllantirishda o‘z aksini 
topgan. Har qanday sanoatning barcha yirik korxonalari yanada yirik 
kompaniyalar tomonidan belgilangan narxlarga moslanib oladilar. 
Kompaniyalar o‘rtasida narx darajasini belgilash va ularni yirik 
kompaniyalar tomonidan foyda olish istagi asosida shakllantirish 
narxlari darajasining doimiy ravishda oshishiga olib keladi. Ishlab 
chiqarish xarajatlarini hisobga olgan holda, foydasiga shunday 
ustama qo‘yiladiki, bu ko‘zda tutilgan ishlab chiqarish quvvati, ishlab 


127
chiqarish hajmi va mahsulot sotilishining maqsadli daromadini 
ta’minlashga imkon beradi. Monopoliyaning xarajatlari, shuningdek, 
to‘lanadigan soliqlarni ham o‘z ichiga oladi, bu esa narxlarning 
ko‘tarilishiga olib keladi. 
Inflatsiya mukofoti. Aytaylik, boshlang‘ich R summa muayyan 
muddat ichida belgilangan foiz stavkasida R
t
summaga aylanadi, 
inflatsiya sharoitida esa u boshqa foiz stavkasini talab qilgan holda 
R
α
summaga aylansin. 
α =
miqdor inflatsiya darajasi, I
k
= 1 + α miqdor esa 
inflatsiya indeksi ekanligidan, ya’ni α yillik inflatsiya darajasida n 
yildan keyin dastlabki qiymat 𝑅 = 𝑅(1 + α) ga aylanadi, bu esa 
boshlang‘ich R summasining α murakkab foiz stavkasiga oshib 
borishiga teng bo‘ladi.
6.2.1-misol. Narxlar har oyda 2 foizga oshib borsin deylik. 
Banklar va moliya kompaniyalari ko‘pincha mijozlarni riskli 
omonatlarga jalb qilishadi, masalan, inflatsiya darajasini 2% • 12 = 
24% hisoblash orqali yillik 25% li, bamisoli foyda keltiradi. Aslida 
esa, 12 oy mobaynida narxlar (1 + 0,02)
12
= 1,268 marta oshadi, ya’ni 
yillik inflatsiya sur’ati 1,268 - 1 = 0,268 yoki 26,8% ni tashkil etadi. 
Hisoblash shuni ko‘rsatadiki, yiliga 25% foiz stavkasi unchalik ham 
o‘ziga jalb qilmaydi hamda faqat inflatsiyadan yo‘qotishlarni 
minimallashtirish nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqilishi mumkin. 
Agar kredit foizining oddiy yillik stavkasi i ga, inflatsiyani 
hisobga olgan kredit foizi stavkasi i
α
ga teng bo‘lsa, u holda bir 
tomondan 
𝑅 = 𝑅(1 + 𝑖 ) 
va boshqa tomondan, 𝑹
𝜶
= 𝑹(𝟏 + 𝒊)(𝟏 + 𝛂) ga teng bo‘ladi . 
𝑹(𝟏 + 𝒊
𝜶
) = 𝑹(𝟏 + 𝒊)(𝟏 + 𝛂) ekvivalentlik tenglamasidan 
quyidagi kelib chiqadi: 
𝑖 = 𝑖 + 𝛼 + 𝑖 ∗ 𝛼 (6.2.9) 
Bu I.Fisher formulasi deb atalib (𝜶 + 𝒊 ∗ 𝜶) summasi inflatsion 
yo‘qotishlarni bartaraf etish maqsadida real daromad stavkasiga 
qo‘shilishi kerak bo‘lgan qiymatdan iborat bo‘ladi. Bu miqdor 
inflatsiya mukofoti deb ataladi. 


128
Formula (6.2.9) daromadning real stavkasiga oddiygina 
inflatsiya sur’atini qo‘shgan holda inflatsiyani hisobga oluvchi foiz 
stavkasini hisoblaydigan keng tarqalgan xatoning oldini oladi, ya’ni 
agar i = 20 % va α= 10% bo‘lsa, inflatsiyani hisobga oluvchi foiz 
stavkasi i + α = 0,2 + 0,1 = 0,3 ni yoki 30% ni tashkil qiladi. Biroq, 
bu yerda 𝒊 ∗ 𝜶 = 𝟎, 𝟐 ∗ 𝟎, 𝟏 yoki 2% ga teng bo‘lgan boshqa 
qo‘shiluvchini kiritishimiz kerak bo‘ladi. O‘n minglab sh.b. ga 
ko‘paytirilgan bu ko‘paytma inflatsiya summasiga sezilarli 
qo‘shimcha qo‘shadi. 
Inflatsiyaning turli jarayonlarga ta’siri. Bu yerda qarzdorlar 
nima uchun kutilmagan inflatsiyadan yutishini muhokama qilish 
o‘rinlidir. Aytaylik, siz bankdan 10 ming sh.b. da mablag‘ oldingiz, 
bir yildan so‘ng qarzning asosiy miqdorini ham va yillik 8 % bilan 
foizini ham to‘lashingiz kerak. Agar inflatsiya darajasi yiliga 8 %ga 
belgilangan bo‘lsa, zayom bo‘yicha real foiz stavkasi nolga teng. 
Agar siz 10800 sh.b.dagi mablag‘ni qaytarib berishingiz kerak bo‘lsa 
ham, ushbu summaning real qiymati jami 10000 sh.b. dagi mablag‘ 
bo‘ladi. 800 sh.b.dagi foiz 10000 sh.b.dagi qarzning xarid qobiliyati 
pasayishini qoplaydi xolos. Boshqacha aytganda, qarzingizni 
«arzonlashgan» pul bilan to‘laysiz. Shuning uchun, zayom bo‘yicha 
foiz stavkasi oldindan belgilangan bo‘lsa, debitorlar kutilmagan 
inflatsiyadan mamnun, kreditorlar esa aksincha. 
Inflatsiyadan himoyalangan, depozit sertifikatlariga qilinadigan 
investitsiyalarni ko‘rib chiqamiz. Siz 10 sh.b.dagi mablag‘ni bir yilga 
quyidagi bironta sxema bilan investitsiya qilmoqchisiz: bir yil 
muddatga yillik 8% foiz stavkasi bilan oddiy depozit sertifikatini 
sotib olish yoki yillik inflatsiya darajasiga yillik 4% qo‘shib 
hisoblanadigan foizli depozit sertifikatini sotib olish. Kelgusi yil 
uchun inflatsiya darajasining istiqboliga qarab, riskli vaziyatlardan 
birini tanlash imkoni mavjud. Agar siz inflatsiya darajasi yiliga 3% 
ekanligiga ishonch hosil qilsangiz, real depozit sertifikati (ikkinchi 
sxema) bo‘yicha nominal foiz stavkasi faqat 7% ni tashkil etadi va 
siz, albatta, nominal depozit sertifikatini (birinchi sxema) tanlar 
edingiz. Biroq, siz inflatsiya darajasi yiliga 4% dan ortiqroq deb 
hisoblasangiz, u holda real depozit sertifikatini tanlagan bo‘lar 


129
edingiz, masalan, inflatsiya darajasi 5% bo‘lganda, real depozit 
sertifikati bo‘yicha nominal foiz stavkasi 9% ni tashkil etadi. 
Risklarni kamaytirish maqsadida uzoq muddatli omonatlarning 
turli variantlarini ko‘rib chiqishda inflatsiyani e’tiborga olish muhim 
ahamiyatga ega. Har yili ajratib qo‘yiladigan summa umumiy 
turmush tarzi bilan birga oshib boradi, sababi sizning daromadingiz 
ham hoynahoy oshib boradi. 
Aytaylik, farzandingiz 10 yoshda va siz universitetda o‘qishini 
ta’minlash uchun hisob ochishni rejalashtirmoqdasiz. Hozirda 
universitetda o‘qish uchun yillik to‘lov 5000 sh.b.dagi mablag‘ni 
tashkil etadi va yiliga 4% ga oshishi kutilmoqda. Siz bank 
hisobvarag‘iga 3500 sh.b. dagi mablag‘ni yiliga 6% stavkada 
qo‘ysangiz sakkiz yil ichida bo‘ladi: 
R = (1 + 0,06) • 3500 = 5578 sh. b. 
Bir qarashda bu 5578 sh.b.dagi summa birinchi yil uchun 
to‘lovni to‘lashga kifoya qiladi. Ammo o‘tmishda ta’lim olish narxi 
kamida inflatsiyaning umumiy darajasida oshgan edi. Agar inflatsiya 
yiliga 4% gacha ko‘tarilsa, universitetdagi birinchi o‘quv yili narxi 
quyidagicha bo‘ladi: 
K = (1 + 0,04) • 5000 = 6843 sh. b. 
Shunday qilib, sizning 5578 sh.b.dagi mablag‘ingiz o‘quv 
mashg‘ulotining birinchi yilini to‘lash uchun yetarli emas. 
Biz bu masalani boshqacha qilib qo‘yamiz. Agar 2% inflatsiya 
darajasidan oshadigan foiz stavkasini to‘lash shartlari asosida pul 
joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lsangiz, sakkiz yildan so‘ng 
o‘qishning birinchi yilini to‘lash uchun yetarlicha bo‘ladigan qancha 
mablag‘ni hozir qo‘yishingiz kerak bo‘ladi? 
Formulaga (6.2.8) asosan bizda real diskont stavkasi i
r
= 0,02 
mavjud. Demak, siz 5000 sh.b.ni yillik 2% ga sakkiz yil muddatga 
diskontlash yordamida keltirilgan qiymatni hisoblashingiz mumkin:
𝑅 =
(
,
)
= 4267 𝑠ℎ. 𝑏.
Ta’kidlash joyizki, real pul oqimlarini diskontlashda nominal 
foiz stavkasidan yoki nominal pul oqimlarini diskontlashda real foiz 
stavkasidan foydalanish mumkin emas.
Agar siz bankka 4267 sh.b. miqdorida mablag‘ bersangiz, bu siz 
uchun qiyin, shunda sakkiz yildan keyin o‘qishning birinchi yilini 


130
to‘lash uchun yetarlicha mablag‘ to‘plash maqsadida har yili sakkiz 
yil davomida pulingizni teng miqdorda (real qiymatda) qo‘yishingiz 
mumkin bo‘ladi. Agar siz har yili pulingiz uchun 2% miqdoridagi real 
foiz stavkasini olishingizga amin bo‘lsangiz, qanday summani har 
yili ajratishingiz kerak bo‘ladi? Inflatsiya darajasi 4 foizga oshsa, har 
yili hisobvarag‘iga aniq qancha pul qo‘yishingiz kerak bo‘ladi? 
Ushbu savollarga javob topish uchun doimiy real to‘lovlarni va 
real foiz stavkasini hisobga olish kerak. 
𝑆 =
(
(
) )
(
)
ushbu formula orqali S
n
= 5000 sh.b., R = 0, i = 
0,02 va t = 8 ga teng bo‘lganda joriy xarid quvvatini topib olamiz: 
𝑆 =
𝑖(𝑆 − 𝑅(1 + 𝑖) )
(1 + 𝑖) − 1
=
5000 ∗ 0,02
1,08 − 1
= 582,55 
Shunday qilib, yillik omonat miqdori bugungi kunda 582,55 sh.b. 
miqdoridagi xarid quvvatiga muvofiq bo‘lishi kerak. 
Yiliga 4% inflatsiya darajasida har yili hisobvaraqqa qo‘yila-
digan real miqdor quyidagi 6.2.1-jadvalda keltirilgan.
6.2.1- jadval 
Nominal va real annuitet 
To‘lovlar soni 
Real to‘lov 
Inflatsiya koef-
fitsiyenti 
Nominal to‘lov 

582,55 sh.b 
1,04 
605,85 sh.b 

582,55 sh.b 
1,04
630,08 sh.b 

582,55 sh.b 
1,04
655,29 sh.b 

582,55 sh.b 
1,04
681,50 sh.b 

582,55 sh.b 
1,04
708,76 sh.b 

582,55 sh.b 
1,04
737,11 sh.b 

582,55 sh.b 
1,04
766,60 sh,b 

582,55 sh.b 
1,04
797,26 sh.b 
Ushbu jamg‘arma rejasiga binoan, har yili hisobvaraqqa kelib 
tushgan nominal summa joriy inflatsiya darajasiga muvofiq 
tuzatilishi kerak. Natijada, sakkiz yil ichida hisobvaraqda to‘plangan 
mablag‘lar o‘qishga pul to‘lash uchun yetarli bo‘ladi. Shunday qilib, 
agar inflatsiya darajasi yiliga 4 %ga oshsa, sakkiz yil ichida 


131
hisobvaraqdagi nominal summa 5000 • 1,04
8
= 6843 sh.b.gacha 
o‘sishi kerak. Sakkiz yildan keyin kerak bo‘ladigan zarur o‘qish 
uchun to‘lov summasi real miqdorda 5000 sh.b. ni, nominalda esa - 
6843 sh.b.ni tashkil qiladi. 
Inflatsiya darajasi yiliga 4% miqdorida belgilanishi sharti bilan 
kelgusidagi qiymat 6843 sh.b.ni tashkil etishiga ishonch hosil qilish 
maqsadida biz nominal pul oqimlarining kelgusidagi qiymatini 6.2.2- 
jadvalning oxirgi ustunida hisoblashimiz mumkin.
6.2.2-jadval 
Real annuitetning nominal kelgusi qiymatini hisoblash 
To‘lovlar 
soni 
Real to‘lov 
Nominal 
to‘lov 
Kelgusi 
qiymat koef-
fitsiyenti 
Nominal 
kelgusi 
qiymat 

582,55 sh.b 
605,85 sh.b 
∗ 1,0608
915,86 sh.b. 

582,55 sh.b 
630,08 sh.b 
∗ 1,0608
897,88 sh.b. 

582,55 sh.b 
655,29 sh.b 
∗ 1,0608
880,28 sh.b. 

582,55 sh.b 
681,50 sh.b 
∗ 1,0608
862,98 sh.b. 

582,55 sh.b 
708,76 sh.b 
∗ 1,0608
846,09 sh.b. 

582,55 sh.b 
737,11 sh.b 
∗ 1,0608
829,49 sh.b. 

582,55 sh.b 
766,60 sh,b 
*1,0608 
813,16 sh.b 

582,55 sh.b 
797,26 sh.b 
∗ 1 
797,26 sh.b. 
Yakuniy nominal kelgusi qiymat 6843 sh.b. 
Biz nisbatdan (6.2.6) shuni topamiz: 
𝑖 = 𝑖 + 𝛼 + 𝑖 ∗ 𝛼 (6.2.10) 
shundan 𝑖 = 0,02 + 0,04 + 0,02 ∗ 0,04.
6.2.2-jadvalda ko‘rsatilganidek nominal foiz stavkasida (6,08%) 
nominal yillik to‘lov miqdorini hisoblash orqali biz umumiy nominal 
kelgusidagi qiymat 6843 sh.b. ga tengligini aniqladik. 
E’tiborga olingki, agar daromadingiz yiliga 4% ga oshsa, 
daromadingizdagi nominal to‘lov ulushi ortmaydi. 
Agar inflatsiya darajasi 8 %ga oshsa va shunga mos ravishda 
nominal to‘lov miqdorini oshirsangiz, sakkiz yildan keyin hisob-
varaqdagi nominal miqdori 5000 * 1,08
8
= 9255 sh.b. tashkil etadi. 
Ushbu summaning bugungi puldagi real qiymati 5000 sh.b. ni tashkil 
etadi. 


132
6.3. Inflatsiya darajasini pasaytirish bo‘yicha
chora-tadbirlar 
Rivojlangan mamlakatlarda zamonaviy inqirozlarning asosiy 
xususiyati tovarlarning ko‘p miqdorda ishlab chiqarilishida emas, 
balki asosiy kapitalning haddan ziyod jamg‘arilishidadir. Bu 
monopoliyalarning inqiroz arafasida narxlarni va foyda me’yorini 
maqbul darajada ushlab turish maqsadida ishlab chiqarishni 
qisqartirib, tovarlar taklifini kamaytirish oqibatida yuzaga keladi. 
Bundan tashqari, inqiroz boshlangunga qadar tovar-moddiy zaxira-
lariga bo‘lgan investitsiyalar kamayadi, ulardan foydalanish tezligi 
esa o‘rtadi. Bu esa nisbatan tovarlarni ishlab chiqarishning kama-
yishiga va investitsion faolligining pasayishiga olib keladi. Inflatsiya 
jarayonlari qanchalik faol rivojlanayotgan bo‘lsa, tadbirkorlar 
investitsiyalardan shunchalik kamroq foydalanadilar, bu esa 
foydalanilmayotgan kapital qiymatining qadrsizlanishiga olib keladi. 
Inqiroz kutilayotgan sharoitda tadbirkorlar o‘zlarini riskdan, 
xususan, xom-ashyo, yoqilg‘i, butlovchi qismlarga taxmin qilinayot-
gan narxlarning o‘sishidan himoya qilishga harakat qiladilar. Pulning 
qadrsizlanishi oqibatida yuzaga keladigan yo‘qotishlarni bartaraf 
qilish maqsadida ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va 
vositachilar narxlarni oshirib, inflatsiya darajasini ko‘taradilar. 
Investitsiya xarajatlarini amalga oshirishda mablag‘larni to‘g‘ri 
yo‘naltirish inflatsiya riskini sezilarli darajada kamaytirishi (hatto 
yo‘q bo‘lib ketishi) mumkin. Bunday holatda sarflangan xarajatlar 
o‘rnini tez qoplaydigan va budjetga katta miqdordagi to‘lovlarni 
amalga oshiradigan korxonalarga imtiyoz beriladi. Bunda davlat 
siyosati ishlab chiqaruvchini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lishi 
kerak: unga ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun, 
shuningdek lizing kompaniyalari va lizing operatsiyalari uchun 
turlicha kredit shakllarini taqdim qilishi kerak.
Investitsiyalarni amalga oshirishda inflatsiya riskini kamay-
tirishga ba’zi bir tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish hisobiga 
erishish mumkin, masalan, imtiyozli shartlardagi kapital xarajatlarga 
kreditlar taqdim qilish maqsadida maxsus tashkil etilgan investitsiya 
banklari tarmog‘ini shakllantirish - foiz darajasini pasaytirib, berilgan 


133
mablag‘larning ishlatilishi ustidan majburiy nazorat tashkil etgan 
holda nisbatan uzoq muddatga berish. Investitsiyaga oid qarorlarni 
qabul qilishda inflatsiyani hisobga olish, shaxsiy mablag‘larning 
jamg‘arilishiga oid qarorlarni qabul qilish kabi muhimdir. Ko‘chmas 
mulk, zavodlar va asbob-uskunalar kabi real aktivlarga qilingan 
investitsiyalarda qilingan kapital qo‘yilmalardan tushadigan kelgusi 
pul mablag‘larining nominal qiymati hoynahoy inflatsiya tufayli 
oshib boradi. Agar siz tegishli ravishda vaziyatni to‘g‘rilamasangiz, 
qimmatli investitsiya imkoniyatlarini boy berishingiz mumkin. 
Investitsiyaning muqobil variantlarini tanlashda, riskni kamaytirish 
va daromadni orttirish nuqtayi nazaridan, hech qachon 
daromadlilikning real stavkasini investitsiyaning muqobil turi 
bo‘yicha eng yuqori nominal daromadliligi bilan solishtirmang.
Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan soliq siyosati inflatsiya 
sharoitida pul muomalasining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga 
olish kerak. Bevosita soliqlarning ko‘zda tutiladigan pasayishi, 
tabiiyki, bilvosita soliqlarning o‘sishiga olib keladi, bu esa iqtisodiy 
inqirozning chuqurlashishini keltirib chiqarishi mumkin. Inflatsiyani 
xorijiy uskunalar va texnologiyalarni xarid qilish zarurati bilan 
bog‘liq investitsiyalarning kengayishi ham jadallashtirishi mumkin. 
Nazorat savollari 
1. Inflatsiya nima? 
2. Inflatsiya riskiga ta’rif bering. 
3. Inflatsiya darajasini hisoblash formulasini tushuntirib bering. 
4. Inflatsiya riskini baholashda nimalarga e’tibor berish kerak? 
5. Inflatsiya darajasini pasaytirish bo‘yicha mamlakatimizda 
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni qanday baholaysiz? 
6. Pulning xarid qobiliyatini yo‘qotilishi deganda nimani 
tushunasiz? 
7. Real va nominal narxlarni bir-biridan farqi nimada? 
Test 
1. Pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga nisbatan ortib 
ketishi natijasida pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos rav-
ishda tovar narxlarining o‘sishi ………… deb ataladi. 


134
A) inflatsiya; 
B) imobilizatsiya; 
C) devalivatsiya; 
D) revalvatsiya. 
2. Inflatsion risklarning yuzaga kelish asosiy sabablari to‘g‘ri 
ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating. 
A) milliy iqtisodiyot ayrim sohalari o‘rtasidagi nomutanosib-
liklar, talab va taklif orasidagi nomutanosibliklar, davlat daromadlari 
va xarajatlari orasidagi nomutanosibliklar; 
B) jamg‘arma va iste’mol o‘rtasidagi nomutanosibliklar, talab va 
taklif orasidagi nomutanosibliklar, davlat daromadlari va xarajatlari 
orasidagi nomutanosibliklar; 
C) milliy iqtisodiyot ayrim sohalari o‘rtasidagi nomutanosib-
liklar, jamg‘arma va iste’mol o‘rtasidagi nomutanosibliklar, talab va 
taklif orasidagi nomutanosibliklar, davlat daromadlari va xarajatlari 
orasidagi nomutanosibliklar; 
D) milliy iqtisodiyot ayrim sohalari o‘rtasidagi nomutanosib-
liklar, davlat daromadlari va xarajatlari orasidagi nomutanosibliklar. 
2. O‘rganilayotgan davr ichida narxlar qancha foizga o‘zgar-
ganligini aniqlovchi ko‘rsatkich nima deb taladi. 
A) inflatsiya riski; 
B) inflatsiya indeksi; 
C) inflatsiya darajasi; 
D) inflatsiya nominali. 
3. O‘rganilayotgan mahsulotning davr boshidagi narxi 900 
so‘m, hozirgi narxi 972 so‘m. Mahsulot uchun inflatsiya darajasini 
aniqlang. 
A) 7 %; 
B) 9 %; 
C) 6 %; 
D) 8 %. 
4. O‘rganilayotgan davr ichida narxlar nechta martaga osh-
ganligini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich qanday ataladi. 
A) inflatsiya riski; 
B) inflatsiya indeksi; 
C) inflatsiya darajasi; 


135
D) inflatsiya nominali. 
5. O‘rganilayotgan mahsulot uchun inflatsiya darajasi 8 % ni 
tashkil etadi. Mahsulot uchun inflatsiya indeksini aniqlang. 
A) 1,08; 
B) 1,008; 
C) 1,8; 
D) 1, 64. 
6. ……………………– bu kreditor tomonidan ishlab topilgan 
hamda pulning sotib olish qobiliyati o‘zgarishi hisobga olingan holda 
to‘g‘rilangan yoki o‘zgartirilgan nominal foiz stavkasidir. 
A) real narx darajasi; 
B) inflatsiya darajasi; 
C) real daromadlilik stavkasi; 
D) nominal daromadlilik stavkasi. 
7. Agar nominal foiz stavkasi yillik 8 %ni tashkil etsa, iste’mol 
narxlari indeksi o‘zgarishiga proporsional tarzda o‘zgaruvchi inflat-
siya darajasi esa yillik 5% bo‘lsa, daromadlilikning real stavkasi 
qanday bo‘ladi? 
A) 2,60 %; 
B) 3 %; 
C) 3,83 %; 
D) 2,86 % . 
8. Agar nominal foiz stavkasi yillik 19 %ni tashkil etsa, iste’mol 
narxlari indeksi o‘zgarishiga proporsional tarzda o‘zgaruvchi inf-
latsiya darajasi esa yillik 14,4 % bo‘lsa, daromadlilikning real 
stavkasi qanday bo‘ladi? 
A) 5,60 %; 
B) 4,02 %; 
C) 4,06 %; 
D) 5,20 %. 
9. I.Fisher formulasi berilgan javobni aniqlang. 
A) 𝑖 = 𝑖 + 𝛼 + 𝑖 ∗ 𝛼; 
B) 𝑖 = 𝑖 + 𝛼; 
C) 𝑖 = 𝑅(𝑖 + 𝛼); 
D) 𝑖 = (𝑖 + 𝛼)(1 + 𝑖). 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin