Vi-semestr 5-mavzu: tarbiya jarayonining shakllari va metodlari. Ma’ruza mashg’uloti rejasi



Yüklə 299 Kb.
səhifə1/9
tarix25.12.2023
ölçüsü299 Kb.
#195759
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-MA`RUZA MASHG`ULOTI


VI-SEMESTR
5-MAVZU: TARBIYA JARAYONINING SHAKLLARI VA METODLARI.
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:
5.1. Tarbiyaning umumiy metodlari haqida tushuncha.
5.2.Tarbiya metodlari klassifikatsiyasi. Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlar.
5.3.Shaxs faoliyatini tashkil etish metodlari. Shaxs faoliyati, xulqini rag‘batlantirish va jazo metodlari. O‘z-o‘zini tarbiya metodlari. Tarbiya usullari. Tarbiya vositalari.
5.4. Jamoa tarbiya ob’yekti va sub’yekti sifatida.
Tayanch tushunchalar:Tarbiya, metod, usul, jazo,vosita, jamoa, o’quvchilar jamoasi, jamoaning shakllanish bosqichlari, jamoaning shakllanish darajalari, konformizm, lider, norasmiy lider.
5.1. Tarbiyaning umumiy metodlari haqida tushuncha.
Maqsad, mazmun, shakl, metod va vositalar kabi tushunchalar tarbiya jarayonining mohiyatini ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda o'ziga xos ahamiyatga ega bo’lgan yana bir tushuncha ham mavjud, bu tarbiya metodlari tushunchasidir.Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» - yo’l) tarbiya maqsadiga erishishning yo'li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg'ulari va xulqiga ta'sir etish usullari. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg'ulari va xulqiga ta'sir etish usullaridir.Tarbiya amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va хulqiga ta’sir etish usullaridir.


Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar – bu qo’yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o’zining tarbiyalanuvchilari bilan yo’l ochadigan o’rganilmagan so’qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli yo’llar – metodlarga aylanishi mumkin.

Amaliyotda tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi. Usullara deganda ta’sir ko’rsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yig’indisi tushuniladi. Vosita – bu usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat – tarbiya vositasi, biroq uni ko’rsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi хatoni ko’rsatish – bu usullar. So’z (keng ma’noda) – tarbiya vositasi, biroq replika, taqqoslash – usullar. Bu bilan bog’liqlikda ba’zan tarbiya metodlari qo’yilgan maqsadni muvaffaqqiyatli amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud bo’ladi.




Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi yetmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o'zining imkoniyatiga ko'ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o'zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi.


Tarbiya metodlari tasnifi. Zamonaviy pedagogikada ba’zilari amaliy vazifalarni hal etishga, ba’zilari faqat nazariy vazifalarni o’zida aks ettiradigan o’nlab tarbiya tasniflari mavjud. Metodlar o’ziga хos хarakteriga ko’ra ishontirish, mashq, rag’batlantirish va tanbeh berishga bo’linadi. Mazkur holatda metodning umumiy хarakterli belgisi o’ziga хoslikni, qo’llanishga yaroqlilikni aks ettiradi. Bu tasnifga metodlarning ko’proq umumlashganligi bilan ajralib turuvchi tarbiyaning umumiy metodlari mustahkam tutashib ketadi. U o’zida ishontirsh, faoliyatni tashkil etish, o’quvchilarning хulq-atvorini rag’batlantirish metodlarini qamrab oladi. I.S.Mariyenkoning tasnifida tarbiya metodlari guruhlari quyidagicha nomlanadi: tushuntirshli-reproduktiv, muammoli vaziyatli, o’rgatish va mashq metodlari, rag’batlantirish, to’sqinlik qiluvchi, boshqarish, o’zini-o’zi tarbiyalash.
Tarbiyalanuvchilarga ta’sir etishi natijalariga ko’ra metodlarni ikki guruhga bo’lish mumkin:
Aхloqiy me’yorlar, motivlarni hosil qilishga, tasavvur, tushuncha, g’oyalarni shakllantirishga ta’sir etuvchi.
Xulq-atvorning u yoki bu turini aniqlaydigan odatlarni hosil qilishga ta’sir etuvchi.
Hozirgi vaqtda o’zida tarbiya metodlaridagi yagona maqsad, mazmun va tartiblilikni aks ettiruvchi ko’proq ob’yektiv va qulay metodlar qo’llaniladi. Ana shunday tavsif bilan bog’liqlikda tarbiya metodlari uch guruhga bo’linadi:
Shaхs ongini shakllantiruvchi metodlar.
Faoliyatni tashkil etish va хulq-atvor tajribalarini shakllantirish metodlari.
Xulq-atvorni va faoliyatni rag’batlantirish metodlari.
Shaxs ongini shakllantirsh metodlari o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg’usi va irodasiga ta’sir ko’rsatish usullari sanaladi.

Bu guruhga mansub metodlarning mohiyati shundaki, ular orqali o’quvchilar ongiga jamiyatda ustuvor o’rin tutuvchi ijtimoiy g’oya va maqsadlar singdiriladi. O’quvchilarda g’oyaviy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni, davlatning ichki va xalqaro siyosati mazmunini tushunish va idrok qilish ko’nikmalarini tarbiyalash lozim. Metodning ijobiy va salbiysi bo’lmaydi, tarbiya jarayonida ma'lum yo’lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo'llanilayotgan sharoit nuqtayi nazaridan baholash mumkin. Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog'liq.Tarbiya maqsadi va mazmuni metodlarni to'g'ri tanlashga imkon beradi. Maqsad qanday bo'lsa, unga erishish metodlari unga muvofiq bo'lishi zarur.


Tarbiyaning mazmuni shaxsning shakllanishiga qo'yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan to'ldirilgan bo'lishi mumkin. Shuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog'lash g'oyat muhimdir.Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlari. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Yosh xususiyatlari muayyan bir yosh davriga xos bo'lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlardir. Aytaylik, mas'uliyat tuyg'usini boshlang'ich ta'lim, o'rta ta'lim va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida ta'lim olayotgan o'quvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qo'llaniladi.Xalq pedagogikasida tarbiya metodlari. Xalq pedagogikasi o'zbekona axloq, odob va tarbiyaning barcha qirralarini o'zida mujassamlashtirgan. Xalq pedagogikasida turlicha tarbiya metodlari hamda vositalaridan foydalaniladi. Bu metod va vositalar nihoyatda rang-barang bo'lib, ko'p jihatlari bilan ilmiy pedagogikadan ustunlik qiladi. Binobarin, ushbu metodlar ilmiy pedagogikaning shakllanishiga ham o'z ta'sirini o'tkazgan. Xalq pedagogikasida qo'llanilgan xilma-xil tarbiya metodlarini quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin.
Tushuntirish (hikoya qilish, o'rgatish).
Mashqlantirish (odatlantirish, mashq qildirish).
Namuna (maslahat berish, uzr so'rash, yaxshiliklar haqida so'rash, o'rnak bo'lish).
Nasihat qilish, o'git (undash, ko'ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, ma'qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo’l tilash va hokazolar).
Qoralash va jazo (ta'kidlash, ta'na, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish, ayblash, uyaltirish, qo'rqitish, nafratlanish, ont-qasam ichirish, urish, kaltaklash va hokazolar).

O'rgatish bir necha izchil harakatlar yig'indisidir. O'qituvchi bu harakatlarni ko'rsatib



Yüklə 299 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin