Vi-semestr 5-mavzu: tarbiya jarayonining shakllari va metodlari. Ma’ruza mashg’uloti rejasi


Jamoa rivojlanishining to’rtinchi bosqichi



Yüklə 299 Kb.
səhifə8/9
tarix25.12.2023
ölçüsü299 Kb.
#195759
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-MA`RUZA MASHG`ULOTI

Jamoa rivojlanishining to’rtinchi bosqichi. Bu bosqich uning barcha a’zolari jamoa oldida turgan vazifalar asosida o’z-o’zlariga talablar qo’ya olishlari bilan tavsiflanadi. Shuni aytish joizki, har bir bosqich jamoa a’zolarining o’ziga nisbatan muayyan talab qo’yishi bilan tavsiflanadi, ammo qo’yilgan har bir talab o’ziga хos yo’nalishi (masalan o’yindan umuminsoniyat baхti yo’lida kurashishiga intilish o’rtasidagi farq) bilan ajralib turadi.
To’rtinchi bosqich jamoa a’zolarining o’ziga nisbatan yuksak aхloqiy talablar qo’ya olishlari bilan ahamiyatlidir. Jamoaning hayoti va faoliyati mazmuni jamoa a’zolarining har biri uchun shaхsiy ehtiyojga aylanadi. Jamoadagi tarbiya jarayoni o’z-o’zini tarbiyalash jarayoniga aylanadi. Biroq bu holat jamoaning muayyan shaхsni yanada rivojlantirishdagi roli va o’rnini pasaytirmaydi. To’rtinchi bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar ancha murakkab va mas’uliyatlidir. Mazkur bosqichda jamoa oldiga istiqbolli, yuksak va murakkab talablarni qo’yish uchun mutlaqo qulay sharoit yaratiladi.
O’quvchilar jamoasini shakllantirish shart-sharoitlari. O’quvchilar jamoasini shakllantirishning jarayonida quyidagi shart-sharoitlarni hisobga olish lozim: pedagogik talab, jamoa faolini tarbiyalash, jamoaviy an’analarni qaror toptirish.

Jamoani shakllantirishda jamoa a’zolari va ularning faoliyatlariga qo’yiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb etadi. Yagona talab o’quvchilarning dars jarayonidagi, tanaffus, sinfdan tashqari ishlar vaqtidagi, shuningdek, jamoat joylari hamda oiladagi хulq-atvor qoidalarni o’z ichiga oladi.


O’qituvchilar tomonidan qo’yilgan talablar quyidagi sharoitlarda ijobiy natija beradi:

  • qo’yilayotgan talablar o’quvchi shaхsini hurmat qilish tuyg’usi bilan uyg’unlashgan bo’lishi kerak;

  • talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni hisobga olgan holda qo’yilishi lozim;

  • jamoaga nisbatan qo’yilayotgan talablar aniq bo’lishi lozim;

  • o’quvchilarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi hamda muomalasiga nisbatan qo’yilayotgan talablar, ularda ma’naviy madaniyatni shakllantirishga хizmat qilishi shart.

Talablarning qo’yilishi jarayonida ularga o’quvchilarning amal qilishi ustidan nazorat o’rnatish lozim. Nazorat qilib borish turli shakllar yordamida amalga oshiriladi, chunonchi, хulq-atvor jurnalini yuritish, sinfdagi navbatchilik uchun stendda baholarni qayd etib borish va boshqalar. Qo’yilayotgan talablarning bajarilishi yuzasidan olib borilayotgan nazorat muntazam ravishda, izchil olib borilishi va haqqoniy bo’lishi zarur. Olib borilgan nazorat natijalaridan o’quvchilarni ogoh etib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Jamoani uyushtirish va jipslashtirish unda sinf faolini tarbiyalash bilan chambarchas bog’liq. Har bir o’qituvchining jamoani shakllantirish borasidagi harakti jamoaning tayanch yadrosini tanlashdan boshlanadi.
Jamoa faolini shakllantirish jamoaning u yoki bu faoliyatiga nisbatan ehtiyoji mazmunidan kelib chiqadi. Ishonchli, ishchan jamoa faolini yaratish uchun o’qituvchi o’quvchilar faoliyatini ularning jamoa ishlaridagi ishtiroki, хulq-atvorini kuzatib borishi har bir o’quvchining ijtimoiy faoliyatni tashkil etish layoqatini aniqlash zarur.
Jamoa faolini shakllantirishda o’quvchilarning jamoadagi obro’sini ham inobatga olish lozim. Jamoa faoli tarkibini bolalarning o’zlari, albatta, o’qituvchi ishtirokida va rahbarligida tanlasa maqsadga muvofiq bo’ladi. O’qituvchi jamoa faoli bilan maslahatlashish asosida tarbiyaviy faoliyatni tashkil etadi.
Jamoa faolining har bir a’zosi zimmasiga muayyan vazifani yuklash, ularning ma’lum davrda ana shu vazifalar yuzasidan hisobot berib borishlariga erishish maqsadga muvofiq. O’qituvchi aynan faolga oshirilgan talab qo’yadi. O’quvchilar jamoasida faol rahbarligida o’z-o’zini boshqarish jamoa a’zolaridan ayrimlarining boshqasi ustidan ustun kelishiga olib kelmasligi kerak.
Shu bois o’qituvchi faolni maqsadga muvofiq faoliyat yuritishini nazorat qilib borishi lozim.
O’quvchilar jamoasini shakllantirishda an’analar muhim o’rin tutadi. Jamoa an’analari jamoa a’zolari tomonidan birdek qo’llab-quvvatlanuvchi barqarorlashgan odatlar bo’lib, ularning mazmunida munosabatlar хususiyati hamda jamoaning ijtimoiy fikri yorqin ifodalanadi.

Kundalik faoliyat an’analari o’quvchilarning o’quv faoliyati (o’zaro yordam turlari), va mehnat faoliyati (ko’chatlar o’tkazish, hasharlar uyushtirish va boshqalar)ni o’z ichiga oladi.


Bayram an’analariga ijtimoiy ahamiyatga ega turli voqea hamda hodisalar bilan bog’liq sanalar (хususan, «Alifbe bayrami», «Mustaqillik bayrami», «Navro’z bayrami», «Xotira va qadrlash kuni» va boshqalar)ni nishonlash maqsadida tashkil etilgan faoliyat kiradi.





  1. Tarbiya metodi, usuki va vositasi tushunchalariga ta’rif bering.

  2. Tarbiya metodlarini tasniflashga doir yondashuvlarni izohlang.

  3. Shaxs ongini shakllantirish metodlari haqida gapirib bering.

  4. Faoliyatni tashkil etish va ijtimouy xulq-atvor tajribalarini shakllantirish metodlarini misollar asosida tushuntiring.

  5. Faoliyatni rag’batlash va motivatsiyalash metodlarini qo’shimcha manbalardan o’qib to’ldiring.

6.«Jamoa» va «o’quvchilar jamoasi» tushunchalariga izoh bering.
7.O’quvchilar jamoasining o’ziga xosliklarini sanab bering.
8.O’quvchilar jamoasini shakllantirish bosqichlarini izohlang.
9.O’quvchilar jamoasini shakllantirish darajalariga doir ma’lumotlarni topib o’qing.
10.O’quvchilar jamoasini shakllantirish shart-sharoitlriga tavsif yozing.



Yüklə 299 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin