Lug`atlar bilan ishlash
Avtomatik tarjimaning sifati qanday lug`atdan foydalanilayotganligiga bog`liq. Promt sistemasi umum iste’moldagi so`zlardan iborat bo`lgan bosh lug`at, shuningdek turli sohaning ixtisoslashgan lug`atlarini o`z ichiga oladi. Ixtisoslashgan lug`atlarga bo`lgan zaruriyat inson faoliyatining turli jabhalarida ushbu sohaga tegishli tushunchalarni iodalovchi turli terminal qo`llanilishi bilan bog`liq. Bu terminallardan ba’zilari o`ziga xos ma’noga ega bo`lishi, bazilari kundalik turmushda, ba’zida boshqacha ma’noda ishlatilishi mumkin. Maxsus matnlar tarjimasida terminal aqat muvofiq keluvchi mazmunda ishlatilishi kerak.
Misol uchun inglizcha box so`zini olamiz. Universal lug`atlar uni yashik (quti) deb tarjima qilishlari mumkin. Lekin programma ta’minoti bilan bog`liq matnlarda bu so`z muloqot oynasi ma’nosini anglatadi.
Tarjima sifatini oshirishning boshqa usuli programmaga u tarjima qilsa olmaydigan yoki tarjima qilmasligi kerak bo`lgan ba’zi so`zlarni ishlatish usulini ko`rsatishdan iborat. Buning uchun tarjima qilmaydigan so`zlar (masalan, Windows) ni bandlab qo`yish va programma lig`atida bo`lmagan so`zlar tarjimasi qoidalarni berish zarur.
Dostları ilə paylaş: |