VIII BOB. Butun nomanfiy sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi.
Nomerlashni o`rganish metodikasining umumiy masalalari.10 ichida
Reja
1-§. Butun nomanfiy sonlarni nomerlashga doir umumiy tushunchalar.
2-§. Butun nomanfiy sonlarni nomerlashni o’rgatish metodikasi.
3-§. 10 ichida sonlarni nomerlashni o’rgatish metodikasi
4-§. Tayyorgarlik davri.
Adabiyotlar [………]
Asosiy tayanch tushunchalar
1- 10 sonlarni o`qish, yozish, taqqoslash, ikkita sondan iborat tar kibi; natural qatorning hosil bo`lish printsipi, matematik simvolika qo`llanilishi, (>, <, =, +, - belgilari) geometrik shakllar bilan ishlash, nol (0) soni va raqami, narsalarni ongli va mexanik sanash, guruhlab sanash, didaktik o`yinlar tuzish, 10 tiyinni maydalash va hosil qilish hafta, amal, keyin, Santimetr, kg, litr.
1-§. Butun nomanfiy sonlarni nomerlashga doir umumiy tushunchalar.
Butun sonlar qatori cheksiz bo’lib, hayotda va fanda ishlatiladigan butun sonlar juda ko’p. Bu sonlarni har biri alohida nomlansa va alohida ishora talab qilinganda edi. Inson ularni esida saqlab qolishga kuchi yitmas edi. Shuning uchun nomerlash deganda sonlarni ozgina so’z va ozgina ishoralar bilan butun sonlarga nom berish va qisqa yozuv bilan belgilash usuli tushuniladi.
Odatda og’zaki va yozma nomerlashni bir - biridan ajratish lozin. Og’zaki nomerlashda sonlarni ozgina so’zlar yordamida nomlanadigan bilim tushuniladi; yozma nomerlashda esa butun sonlarni ozgina ishoralar yordamida yozish to’g’risidagi bilim tushuniladi.
Mavjud butun sonlarni nomerlashda birinchi o’nta sonning har biri alohida nom bilan ataladi. O’ndan katta sonlarni aytish uchun birliklarni o’ntadan qilib birlashtiriladi va o’nliklar oddiy birliklarni sanaganidek o’nta o’nlikgacha sanaladi. Shunday qilib bir o’nlik o’n, ikki o’nlik yigirma, uch o’nlik o’ttiz, to’rt o’nlik qirq, besh o’nlik ellik, olti o’nlik oltmish va hokazo. Demak 10 ta o’nlikdagi birliklar to’plami alohida 100 nomi bilaan ataladi. 100 dan ortiq birliklar yuzlikdan qilib birlashtiriladi va oddiy birliklar kabi bir yuzdan to’qqiz yuzlikgacha sanaladi. Bundan keyin yuzdan to to’qqiz yuz to’qson to’qqiztagacha yuz so’zidan boshqa yangi nom talab qilinmaydi. 10 ta yuzlikdagi birliklar to’plami alohida ming ismi bilan nomlanadi. So’ngra mingdan ortiq sonlarni nomlash uchun, ularning birliklarini mingtadan qilib birlashtiriladi va oddiy birliklar kabi, 10 mingtagacha sanaladi. Bunda ming so’zidan boshqa yangi so’zlar talab qilinmaydi va hokazo.
Birliklarni gruppalashlari yordamida sonlarga nom berishni davom ettirish mumkin. Masalan: 10 ming va o’nta o’nlikni alohida so’z bilan atash mumkin. Bir mingdan to to’qqiz yuz to’qson to’qqiz minggacha sanaymiz. Natijada mingta mingdan iborat son hosil bo’ladi. Bu songa milyon deb nom beramiz. Bu ishni yana davom ettirish mumkin. Shunda milliard nomli son hosil bo’ladi. Bunga hammasi bo’lib (bir, ikki, uch, to’rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to’qqiz, o’n, yuz ming, milyon va milliard) o’n to’rtta so’z ishlatilgan. Bularni hammasi birliklarni gruppalashlar tufayli erishildi.
Birliklar birinchi xona sonlarini tashkil etadi. Bunga birinchi xona birliklari deb ataladi. O’nliklar esa ikkinchi xonani tashkil qiladi va ikkinchi xona birliklari deb aytiladi
Yuzliklar uchinchi xonani tashkil qiladilar va bularga uchunchi xona birliklari deyiladi. Mingliklar to’rtinchi xonani tashkil etadilar va bularga to’rtinchi xona birliklari bo’ladi va hokazo. Birdan to to’qqiz yuz to’qson to’qqizgacha bo’lgan birliklarni birinchi sinf birliklari deyiladi. Mingdan to to’qqiz yuz to’qson to’qqiz minggacha bo’lgan birlarni ikkinchi sinf birliklari deyiladi va hokazo.
Birdan o’ngacha bo’lgan barcha sonlar alohida nomga ega. O’nta o’nlik gruppasi alohida nom bilan ataladi (o’n, yigirma, o’ttiz, qirq va hokaza). Shuning uchun barcha sinf birliklari ham alohida nom bilan ataladilar ming, million, milliard va hokazo.
Sonlar qo’shish va ko’paytirish yordamida tuziladilar. Masalan: Saksom ming uch yuz ellik etti soni yig’indisi ko’rinishda ko’rsatish mumkin:
8·10000+3·100+5·10+7
Demak, og’zaki nomerlash sonlarni ozgina so’zlar bilan nomlash maqsadida birliklarni turli gruppalash yordami bilan erishilgan.
Yozma nomerlash. Sonlarni yozilishi ularning tarkibiga asoslanib yoziladi. Yani sonlarni yozishdan oldin sinflarga va har bir sinfni xonalarga ajratish kerak. Birinchi, ikkinchi va uchinchi xonalar, o’ng tomondan chap tomonga qarab birinchi, ikkinchi va uchinchi xona birliklari o’ringa yoziladi. Shuningdek, ikkinchi sinfning birinchi, ikkinchi va uchinchi xonalari to’rtinchi, beshinchi va oltinchi xonalariga yoziladilar va hokazo. Sonlarni yozishda yuqosi sinflardan boshlab yoziladi. Masalan: o’ttiz to’rt milyon uch yuz ming yitti yuz yigirma besh so’zini yozish kerak. dastlab 34 ni yozamiz, keyin 300, so’ngra 725 yoziladi. 34300725 bu yozma nomerlashda o’rin prinsipi ahamiyatga ega.
Bir raqamning qanday sonni ifodalashi,uning qanday xonani egallashiga bog’liq. Sonda yetishnagan xona o’rniga nol yoziladi. Nol soni o’zidan chapda turgan raqamlarning o’rinlarini aniqlash uchun xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |