Viii bob. Butun nomanfiy sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi


-§. Butun nomanfiy sonlarni nomerlashni o’rgatish metodikasi



Yüklə 14,66 Kb.
səhifə2/2
tarix19.12.2023
ölçüsü14,66 Kb.
#186479
1   2
11-mavzu

2-§. Butun nomanfiy sonlarni nomerlashni o’rgatish metodikasi
Butun nomanfiy sonlarni nomerlash va ular ustida amallar bajarish boshlang`ich matematika kursida asosiy mavzulardan hisoblanadi. Algebra va geometriya elementlari arifmetik bilimlar tizimiga imkoni boricha kiritiladi, buning natijasida son, arifmetik amallar va munosabatlar haqidagi tushunchalarni yuqoriroq darajada o`zlashtirish ta'minlanadi.
Natural sonlar va nol ustida ishlash boshlang`ich sinflarda 4 yil o`qish davomida olib boriladi. Matematika dasturi natural sonlar va nol haqidagi ma'lumotlarni asta-sekin 10, 100, 1000, ko`p xonali sonlar konsentrlari bo`yicha kiritishni nazarda tutib tuzilgan.
Konsentrlarga ajratish o`nli sanoq sistemasining xususiyatlari bilan, sonlarni og`zaki, yozma nomerlash bilan bog`liq bo`lgan asosiy masalalarni takror-takror qarashga imkon beradi.
Birinchi o`nlikni o`rganishda narsalarni sanash, 1-10 gacha bo’lgan sonlarining nomlarini, ketma-ketligi va belgilanishini, sonlarni taqqoslashning turli usullarini (oldin predmetlarning mos to’plamlari ustida amallar bajarish asosida, so’ngra esa taqqoslanayotgan sonlarning qatorda egallagan o`rni bo`yicha sonlarning tarkiblarini) o`zlashtirib olish nazarda tutiladi.
O`qitishning dastlabki kunlaridanoq ba'zi muhim umumlashtirishlar o’tkaziladi. Masalan: Natural qatordagi har bir navbatdagi son qanday hosil bo`lishi aniqlanadi, qatorning ixtiyoriy soni bilan undan oldin keladigan va keyin keladigan hamma sonlar orasidagi munosabatlar o`rnatiladi va hokazo.
O’quvchilar birinchi o`nlik sonlarini o`rganishar ekan, shu bilan birga nol soni bilan ham tanishadilar. Bunda nol bo`sh to`plamning xarakteristikasi sifatida kiritiladi. Amaldagi dasturga asosan ikkinchi o`nlik alohida konsentrga ajratilmaydi birdaniga “yuzlik” konsentri o’rganiladi. 100 lik ichida nomerlashni o`rganishda 2 sinf matematika darsligida oldin 11-20, so`ngra 21-100 ichida nomerlash qaraladi. Sonlarni nomerlashni o`rganishda ikkinchi o`nlikni o`rganishni sonlarning o`nli tarkibini va raqamlarning o`rinqiymati prinsipini yaxshi o`zlashtirishga yordam beradi. Ikkinchi o’nlik sonlarini nomerlashni o’rganish o`quvchilar uchun yangi bilimni shakllantirishdan, ya'ni yangi sanoq birligi sifatida o`nlik tushunchasini shakllantirishdan boshlanadi. Shundan keyin 11-20 ichida sonlarni og`zaki va yozma nomerlash hamda shu sonlarning o`nli tarkibi, 11-20 ichida sonlarni og`zaki va yozma nomerlash hamda shu sonlarning o`nli tarkibi o`rganiladi. Sonlarning natural ketma-ketligi va o`nli tarkibini o’zlashtirish asosida 13-1, 17-1, 10-3, 16-6, 19-10 ko`rinishdagi qo`shish va ayrish hollari qaraladi.
Sonlarni 1000 va ko`p xonali sonlar ichida nomerlashni o`rganishda yuzlik, minglik tushunchalari bilan tanishadilar, yangi sanoq birliklari hosil bo`lish printsipini, sinf tushunchalarini o`zlashtiradilar.
Yüklə 14,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin