Viloyat akmi mintaqada Viloyat Axborot-kutubxonachilik faoliyatining markazi


Viloyat Axborot-kutubxona texnologiyasi fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 69,1 Kb.
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü69,1 Kb.
#209591
1   2   3   4
mustaqil ish biblateka

Viloyat Axborot-kutubxona texnologiyasi fanining maqsadi va vazifalari

Viloyat Axborot-kutubxona muassasalarida zamonaviy texnologiyalarning tatbiq etilishi, amalda olib borilayotgan ish ko‘lamining dolzarbligi hozirgi kunining asosiy vazifasi hisoblanadi. Axborotga bo‘lgan talab kundan kun ortib borayotgan bir paytda har bir sohada, shu jumladan, Viloyat Axborot-kutubxona tizimi mutaxassislarining oldiga ham alohida vazifalar qo‘ymoqda. Shu o‘rinda, o‘rta maxsus bo‘g‘inda tayyorlanayotgan mutaxassislarni o‘qitishda Viloyat Axborot-kutubxona texnologiyasi fani ham alohida ahamiyat kasb etadi. Viloyat Axborot-kutubxona texnologiyasi fani o‘quvchilarga bilim berishda Viloyat Axborot-kutubxona tizimining avtomatlashtirilgan tizimida ishlashni nazariy va amaliy jihatdan o‘rgatadi. Viloyat Axborot-kutubxona texnologiya fani Viloyat Axborot-kutubxona muassasalarida mavjud bo‘lgan texnika vositalari, Viloyat Axborot-kutubxona texnologiyalari haqida ma’lumot beradi va ulardan mustaqil foydalanishni o‘rgatadi.


Viloyat Axborot-kutubxona texnologiyasi fanining vazifasi Viloyat Axborot-kutubxona ishi, kutubxonashunoslik va bibliografiya mutaxassisligini egallashda olib borayotgan talablarni qondirish hamda avtomatlashtirilgan tizimda ishlaydigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, Viloyat Axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarida audiovizual texnika vositalari, proyeksion texnika apparatlari, video- magnitafon va videokameralarda ishlash, audio va video konferensiyalar tashkil qilish, elektron hisoblash texnikasi, kompyuter texnologiyalari bilan ishlash, multimedia vositalari va ular bilan ishlash, nusxa o lish va nusxa ko‘paytirish texnikasi, axborot tizimi, Internet tizimi, elektron pochta xizmati, telekommunikatsiya va aloqa vositalari, Viloyat Axborot-kutubxonalarda transport vositalari, axborotga ishlov berish, ma’lumotlarga ishlov berish, kitoblarni saqlash va qidirish, muqovalash texnika vositalari haqidagi ma’lumotlarni o‘quvchilarga yetkazishdan iborat.
Fanni o‘qitishdan maqsad – o‘quvchilarda Viloyat Axborot-kutubxona texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlarini o‘rgatish, ularni mustaqil ishlatishni, axborot texnologiyalarining inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llanish asoslarini tushuntirishdir.
Asosiy e’tibor – axborot texnologiyalari asosida elektron il miyta’limiy resurslar bilan ta’minlash, Viloyat Axborot-kutubxona texnologiyalari nazariyasining umumiy masalalari, predmeti, o‘rganilayotgan tizim va obyektlarni tadqiq etishdagi o‘rni va ahamiyati, modellarni ishlab chiqish texnologiyasi, obyekt va tizimlari muammolarini yechish usullari, rejalashtirish, dasturlashtirish natijasida olingan ma’lumotlarni qayta ishlash hamda zaruriy yechimlarni qabul qilish ko‘nikma va malaklarni shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – o‘quvchilarni avtomatlashtirilgan axbor otkutubxona texnologiyalarining texnik va dasturiy vositalari bilan tanishtirish va bu vositalarni ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqot ishlari axborot tizimini va elektron ma’lumotlar bazalarini (elektron kataloglar, elektron darsliklar, multimedia, ensiklopediyalar, to‘liq matnli ma’lumotlar bazalari va h. k.) ishlab chiqish va ularni o‘zlashtirish texnologiyasini, xizmat ko‘rsatish, foydalanuvchilarni axborot texnologiyalari asosida elektron ilmiy-ta’limiy resurslar bilan ta’minlash, hujjatlarni elektron shaklda yetkazib berish texnologiyasini o‘zlashtirish va (IRBIS, MARC, KARMAT, SQL va boshqalar) o‘rgatish, sozlash, moslashtirish hamda ular bilan ishlashga hamda o‘quv jarayonlariga tatbiq etish usullari va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rgatishdan iboratdir.
Viloyat Axborot-kutubxona, axborot-resurs markazlari va kutubxonalarida elektron katalog tuzish, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qidirish, uzatish, saralash, qayta ishlash kabi ishlar axborot texnologiyalarida amalga oshiriladigan ishlarning asosiy qismini tashkil etadi. Shuning uchun Viloyat Axborot-kutubxona texnologiyalariga alohida talablar qo‘yiladi. O‘quvchilar Viloyat Axborot-kutubxona, axborot-resurs markazlari va kutubxonalarda axborot texnologiyalari va tizimlari imkoniyatidan foydalanib, elektron kutubxona texnologiyalari amallarini bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Shuning uchun ushbu fan asosiy mutaxassislik fanlaridan biri bo‘lib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas bo‘g‘inidir.
O‘quv fani bir qator mutaxassislik fanlari bilan, ya’ni kutubxonashunoslik, bibliografiya, hujjatlar fondi va elektron katalog, kutubxona ishini avtomatlashtirish, Internet tizimi, muqovalash, elektron kutubxona kabi fanlar bilan o‘zaro bog‘liq.
Masalan, adabiyotlar targ‘ibotida, ommaviy tadbirlar o‘tkazishda, kitobga ishlov berishda kutubxonashunoslik fani, IRBIS dasturi asosida elektron katalog yaratishda Viloyat Axborot-kutubxona resurslari va elektron katalog fani hamda kompyuterda ishlashda Viloyat Axborot-kutubxona ishini avtomatlashtirish fani bilan uzviy aloqada ekanligini ko‘rish mumkin.
Shuningdek, umumkasbiy fanlar, kutubxonachilik ishi tarixi, nutq madaniyati, pedogogika-psixologiya fanlari, umumta’lim fanlaridan informatika, axborot texnologiyalari fanlari va maxsus fanlarning barchasi bilan o‘zaro chambarchas bog‘liq.



Yüklə 69,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin