Viloyat Axborot-kutubxona muassasalarida adabiyotlarni targ‘ib qilishda axborot-
kutubxona texnologiyalarining roli va ahamiyati
O‘zbekiston Respublikasi tarixiy rivojlanishining barcha davrlarida kitob va uni jamiyatda tarqatish yo‘llaridan biri bo‘lmish Viloyat Axborot-kutubxona va kutubxonachilik ishi inson madaniyatining ajralmas bir bo‘lagi hisoblanib kelgan. Madaniy-tarixiy davomiylik va vorisiylik jarayonlarida odamlar o‘rtasidagi, ularni hozirgi kuni bilan o‘tmishi hamda kelajagi o‘rtasidagi aloqadorlikni ta’minlashda kitob va kutubxona benazir vosita, avlodlar va ajdodlar ma’naviy aloqasining uzviy bo‘g‘inidir. Ijtimoiy muloqot usuli sifatida kitob, uni saqlash va mutolaa qilish jarayonlarini ta’minlovchi Viloyat Axborot-kutubxona – shaxsni tarbiyalash, uning tafakkurini o‘stirish, shaxsning fikrlash tarzini shakllantirish, kasbga yo‘naltirish va u ning erkin shaxs bo‘lib voyaga yetishida katta ahamiyatga ega. Fan va texnikaning taraqqiyoti tufayli axborot ko‘lami kundan kun ortib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, mutaxassislarning oldiga yangi-yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Ya’ni kitobxonlarga, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi Viloyat Axborot-kutubxona muassasalarida ularning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini zamonaviy texnologiyalar asosida aniq va tez qondirishni talab qilmoqda.
Shu o‘rinda, Viloyat Axborot-kutubxona texnologiyalari mutaxassislarga, kutubxonachilarga yaqindan yordam beradi.
Viloyat Axborot-kutubxonalarda adabiyotlarni targ‘ib qilish, ularni kitobxonlarga yetkazishda turli xil usullardan, turli xil texnika vositalaridan foydalaniladi.
Targ‘ibot ishlarida quyidagi axborot texnika vositalarini ko‘rishimiz mumkin:
I. Ommaviy axborot vositalari:
kino-video;
radio;– televideniye;
Internet va boshqalar. II. Axborot fondi:
kinofilmlar;
videofilmlar;
slaydlar;
CD-DVD disklardagi axborotlar;
audiokassetalar;
elektron darsliklar;
elektron kitoblar;
elektron lug‘atlar; – elektron qo‘llanmalar va boshqalar.
III. Axborot targ‘ibot vositalari:
ovozni yozib olish va qayta eshittirish texnika vositalari (magnitafonlar, musiqa markazlari va boshqalar)
proyeksion texnika vositalari (proyektorlar, videoproyektorlar, CD-DVD proyektorlar);
ovoz kuchaytiruvchi apparatlar (usilitellar);
telekommunikatsion vositalar (radio, televideniye, va boshqalar);
kommunikatsion vositalar (aloqa vositalari, Internet, elektron pochta va boshqalar).
Viloyat Axborot-kutubxona muassasalarida texnika vositalaridan foydalanib adabiyotlarni targ‘ib qilishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Adabiyotlar targ‘ibotida, avvalambor, kitobxonlarning yosh xususiyatlari, ularning qiziqishlari, talab va istaklari e’tiborga olinadi. Adabiyotlar targ‘iboti ma’lum guruh yoki keng ommaga mo‘ljallanadi. Ommaviy targ‘ibotlarda, albatta, texnik vositalaridan foydalaniladi. Viloyat Axborot-kutubxonalarning o‘quv zallarida o‘tkaziladigan ommaviy targ‘ibotlarda ovoz kuchaytirgichlar, targ‘ib yo‘nalishiga qarab texnika vositalari tanlanadi.
Masalan, quyi sinf o‘quvchilari (1–3), asosan, ertak kitoblarni o‘qishga qiziqadilar. Shuni hisobga olgan holda ularga ertak-diofilmlar, ertak-videofilmlar, ertak-slaydlar namoyish qilish orqali adabiyotlarni targ‘ib qilish mumkin.
Faraz qilaylik, diskka yozilgan «Zumrad va Qimmat» ertagi DVD proyektor orqali namoyish etilib, shu ertak o‘zbek xalq ertaklarining 1- tomidan olinganligi, Viloyat Axborot-kutubxonada o‘zbek xalq ertaklarining 2- tomi va boshqa xalq ertaklari (qozoq, uyg‘ur, yapon va h. k.) mavjud ekanligini aytib, ko‘rsatib, ertak kitoblarni targ‘ib qilish mumkin.
Yoki yuqori sinf o‘quvchilariga, katta yoshdagi kitobxonlarga yozuvchi A. Qodiriyning Viloyat Axborot-kutubxonadagi «O‘tkan kunlar» romani videofilmini namoyish qilish orqali, Viloyat Axborot-kutubxona fondidagi A. Qodiriy asarlari haqida og‘zaki tavsif berib, boshqa asarlarini yoki yozuvchi G‘. G‘ulomning «Shum bola» asarini namoyish qilish orqali, shu asarning va yozuvchining Viloyat Axborot-kutubxonada mavjud bo‘lgan boshqa asarlarini targ‘ib qilish mumkin.
Adabiyotlarni texnik vositalar orqali targ‘ib qilishning o‘ziga xos xususiyati va ahamiyati shundaki:
birinchidan, kitobxon o‘qigan kitobini asar namoyishi bilan taqqoslash, mulohaza yuritish, fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladi, dunyoqarashini shakllantiradi;
ikkinchidan, shu voqelik bo‘yicha Viloyat Axborot-kutubxonada boshqa
adabiyotlar haqida ma’lumot oladi;
uchinchidan, asar namoyishi orqali estetik tarbiyasi shakllanadi,
ya’ni asar ta’siri ostida kulishi, yig‘lashi, ta’sirlanishi mumkin; to‘rtinchidan, asardagi salbiy va ijobiy obrazlar orqali axloq tarbiyasi shakllanadi, ya’ni ko‘rgan voqelikdagi salbiy obrazlariga nisbatan nafrati ortadi. Ijobiy qahramonlarga o‘xshashga harakat qiladi;
beshinchidan, shu namoyishda ishlatilayotgan texnika vosita-
lariga qiziqqan kitobxonlarni kasbga yo‘naltirish ishlarini amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
Hozirgi kunda adabiyotlarning yakka targ‘ibot usulida zamonaviy texnologiyalaridan kompyuter vositalari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Kompyuterning global tarmog‘i Internet tizimi orqali Viloyat Axborot-kutubxonalarda mavjud bo‘lgan adabiyotlar bilan tanishish, kerakli adabiyotlarni boshqa Viloyat Axborot-kutubxonalardan qidirib topish, o‘qish, xorijiy mamlakatlarning elektron kutubxona resurslaridan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan. Buning uchun shu Viloyat Axborot-kutubxonalarning veb saytlarini bilish lozim bo‘ladi.
Audiokonferensiyalar, videokonferensiyalar tashkil etib, o‘zaro fikr almashish, adabiyotlar, audikitoblar targ‘ibotini amalga o shirish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, Viloyat Axborot-kutubxonalarda Viloyat Axborot-kutubxona texnologiyalari orqali adabiyotlarni targ‘ib etish hozirgi kunning muhim vazifalaridan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar
I. A. Karimov. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T.: O‘zbekison, 2011.
I. A. Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika aholisining Viloyat Axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ–381- sonli Qarori. 20- iyun 2006- yil.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011–2015- yillarda axborot-kommunikatsion texnologiyalari bazasida Viloyat Axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlari sifatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ № 1487- sonli Qarori. 2011- yil 23- fevral.
«O‘zbekiston Respublikasining «Viloyat Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi
2011- yil 13- apereldagi O‘RQ № 280- sonli Qonuni
Viloyat Axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari ishini tashkil qilish. Hujjatlar to‘plami. – T.: A. Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubx onasi nashriyoti, 2007.
B. O. Mannonov, Y. O. Mannonov. Madaniy-ma’rifiy ishda texnika vositalaridan foydalanish. Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. – T.: TuronIqbol, 2006.
B. O. Mannonov. Madaniy-ma’rifiy muassasalarda texnika vositalaridan foydalanish. O‘quv qo‘llanma. – T., 2002.
X. Akbarov. Kino-tele rejissura, montaj. O‘quv qo‘llanma. – T.: Ilm-Ziyo, 2007.
V. L. Braydo. Ofis texnikasi – boshqarish va ish yuritish uchun. Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma – T.: Mehnat, 2001.
S. I. Rahmonqulova, F. Z. Roziyev. Vertual kutubxona. – T., 2000
Dostları ilə paylaş: |