KAZUSLAR
Viloyat IIB boshligʻining 2016-yil 12-maydagi 21-sonli buyrugʻi bilan fuqaro
M.A. ichki ishlar organlaridan xizmatdan boʻshatilgan. Shu sababli M.A. maʼmuriy
sudga ariza bilan murojaat qilib, viloyat IIB boshligʻining 2016-yil 12-maydagi 21-
sonli buyrugʻini qonunga muvofiq emas, deb topishni va viloyat IIB boshligʻi
zimmasiga 2016-yil 12-maydagi 21-sonli buyrugʻini bekor qilish majburiyatini
yuklashni soʻragan. Maʼmuriy sudning hal qiluv qarori bilan arz qilingan talablarni
qanoatlantirish rad qilingan.
Vaziyatga huquqiy baho bering. Oʻz. R. MSIYUtK tegishli moddalari va
boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu
hodisa boʻyicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling.
Yuqoridagi holatda Viloyat IIB boshligʻining 2016-yil 12-maydagi 21-sonli
buyrugʻi bilan fuqaro M.A. ichki ishlar organlaridan xizmatdan boʻshatilgan. Shu
sababli M.A. maʼmuriy sudga ariza bilan murojaat qilib, viloyat IIB boshligʻining
2016-yil 12-maydagi 21-sonli buyrugʻini qonunga muvofiq emas, deb topishni va
viloyat IIB boshligʻi zimmasiga 2016-yil 12-maydagi 21-sonli buyrugʻini bekor
qilish majburiyatini yuklashni soʻragan. Maʼmuriy sudning hal qiluv qarori bilan arz
qilingan talablarni qanoatlantirish rad qilingan. Demak, bizga ushbu kazusni tahlil
qilishda quyidagi qonun hujjatlari kerak bo‘ladi:
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishini yuritish to‘g‘risidagi kodeks;
“Ma’muriy tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonun;
O`zbekiston Respublikasi “Ichki ishlar to`g`risida”gi qonun
Ushbu qonun hujjatlariga asoslangan holda kazusni tahlil qilamiz. Avvalo, biz
kazusdagi muammoli holatlarni aniqlashtirib olishimiz kerak. Muammolar
quyidagilardan iborat:
a) Ushbu kazusda . ichki ishlar organlari ma’muriy organ bo‘lib kela oladimi?
b) Manfaatdor shaxs kim va u qanday majburiyatlarga ega?
c) xodimni ichki ishlar organidan ishdan bo`shatish qay tarzda amalga oshiriladi?
d) Sud tomonidan hal qiluv qarori bilan arz qilingan talablarni qanoatlantirish rad
qilingani qanchalik qonuniy?
Demak, ushbu muammolar asosida kazusni tahlil qilish jarayoniga o‘tsak.