Sana:
18-mavzu: “Transportdan tushgan yo’lovchilarning yo’ldan o’tish qoidalari”
I.Kirish:
Yo‘lovchi
— transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaxs.
Piyoda
— transport vositasidan tashqarida bo‘lgan va yo‘lda biror-bir yumush bilan band
bo‘lmagan shaxs.
Velosiped, moped, mototsikl, chana, aravacha va bolalar hamda nogironlar aravachasini
yetaklagan, nogironlarning dvigatelsiz aravachasida harakatlanayotgan shaxslar ham piyoda hisoblanadilar.
Piyodalar o‘tish joyi
—
yo‘l qatnov qismining piyodalar kesib o‘tishi uchun
mo‘ljallangan,
5.16.1
,
5.16.2
yo‘l belgilari va
1.14.1 — 1.14.3
yo‘l chiziqlari bilan ajratilgan bo‘lagi.
Yo‘l chiziqlari bo‘lmasa, piyodalar o‘tish joyining kengligi
5.16.1
va
5.16.2
yo‘l belgilari orasidagi
masofa bilan aniqlanadi.
Piyodalar yo‘lkasi
— yo‘lning piyodalar harakatlanishi uchun mo‘ljallangan va transport vositalari
harakati taqiqlangan qismi.
Yondosh hudud
— bevosita yo‘lga tutashgan va transport vositalari o‘tib ketishi uchun
mo‘ljallanmagan hudud (hovlilar, turar joy dahalari, avtomobil to‘xtab turish joylari, yonilg‘i quyish
shoxobchalari, korxona va shunga o‘xshashlar).
Imtiyoz
— mo‘ljallangan yo‘nalishda boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga nisbatan oldin
harakatlanish huquqi.
Yo‘l berish
— yo‘l harakati qatnashchilariga nisbatan imtiyozi bo‘lgan boshqa yo‘l harakati
qatnashchisining harakat yo‘nalishi yoki tezligini o‘zgartirishga majbur etishi mumkin bo‘lgan hollarda
harakatni davom ettirmasligini yoki boshlamasligini, biror-bir manyovr bajarishi mumkin emasligini
bildiruvchi talab.
Dostları ilə paylaş: