III.Yakuniy qism. Ichan qal`a majmuasi:O`rta asrlarda Xiva allomalarning shahri bo`lgan. Bu yerda yirik fan markazlari
faoliyat yuritgan – astronomiya, matematika, tibbiyot rivojlangan, buyuk olimlar Abu Rayhon Beruniy, Abu
Ali ibn Sino yashagan va ijod qilgan.
Shoh Ma`mun ibn Muhammad huzurida o`rta asrlarning eng yirik Sharq olimlari ishlagan, ular «Ma`mun
Akademiyasi» ni tashkil qilganlar.
Ko`kaldosh madrasasi” O`zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik
instituti yetakchi ilmiy xodimi Omonulla Bo`riyevning aytishicha, ushbu tarixiy obida 1551-1575 yillarda
bunyod etilgan.
Shaharning eng yirik tarixiy dahalari – Ko`kcha, Beshyog`och, O`rda va Samarqand darvozadan keluvchi
yo`llar aynan shu yerda – Ko`kaldosh madrasasi hududida kesishadi. Ko`kaldosh madrasasi Chorsu
maydonining Shahriston tepaligida, Xo`ja Ahror Valiy jome` masjidi yonida an`anaviy sharqona uslubda
barpo etilgan. O`sha davrda bu binodan butun shahar kartadagidek ko`rinib turgan.
Uning keng hovlisi hujralar va ochiq ayvonlar bilan o`ralgan. Janubga qaragan darvozasining chap qismida
masjid, o`ng tomonida qiroatxona joylashgan.
Istiqlolga erishganimizdan keyin, davlatimiz rahbari
Islom Karimov tashabbusi bilan yurtimizning boshqa hududlarida bo`lganidek, Toshkent shahrida ham
qadimiy obidalarga alohida e`tibor berildi. Shuningdek, muqaddas qadamjolarni hamda me`moriy obidalarni
qayta tiklash, arxeologiya yodgorliklarini bosqichma-bosqich chuqur o`rganishga e`tibor kuchaydi.
Ko`kaldosh madrasasida ham rekonstruksiya va qurilish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, yangi minora
barpo etilib, madrasa binosi sharqona uslubda ziynatlandi.Yangi darvozalar o`rnatildi.Bunday xayrli ishlarda
Toshkent, Samarqand, Farg`ona ustalari o`z mahoratini namoyish qildilar.
Savol va topshiriqlar 1.Qadimda Ko`kaldosh madrasasi qanday bo`lgan?
2.Hozirda madrasa qanday?
3.Siz Xivada bo`lganmisiz?
4.Ichan qal`a nimani anglatadi?
5.Vatanni sevish, uni ardoqlash, ko`hna va qadimiy shaharni asrash uchun nimalar qilish kerak?
6.Vatan ravnaqini belgilab beradigan narsa nima ekan?
O`qituvchi tarixiy obidalar vatanimimizning,uning xalqining g`ururi, o`tmishi, tarixi ekanligini,ko`hna va
qadimiy obidalarini asrash, ularni kelajak avlodlarga yetkazib berish har bir fuqoroning asosiy burchidir
deb,darsga yakun yasaydi.