Sana:
20-mavzu:Bobolarimiz merosi.
(Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan
)
I.Kirish:
Sinf soat mashg`ulotning maqsadi:
O`quvchilarni ajdodlarimiz an`analarini hurmat qilish,e`zozlash ruhida
tarbiyalash.Ular qalbiga milliy va umuminsoniy qadriyatlar,ezgulik va insonparvarlik tuyg`ularini singdirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
— media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni,
saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni,
media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantira oladi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
—
doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish,
hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda
muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini
egallaydi
Kun shiori: Bizning ikki buyuk bobomiz
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi
: rasmlar,plakat.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism. O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.O`quvchilar diqqatini mavzuga
jalb qilish.
II.Asosiy qism:
O`qituvchi:Hammamizga ma`lumki,Navoiy bobomiz
1441-yil 9-fevral kuni Hirot shahrida dunyoga kelganlar.Otalari
G`iyosiddin Bahodir saroy beklaridan bo`lganlar.Shoir bolalik
chog`laridanoq zehnlari o`tkir bo`lib,4-5 yoshlaridan boshlab o`qish
va yozishni bilib olganlar,ko`plab g`azallarni yod bilganlar. Men
sizlarga A.Navoiy bobomizning tug`ilishlari haqidagi rivoyatni aytib
bermoqchiman. Saroy beklaridan G`iyosiddin Kichkina o`g`il
ko`rmishlar,murg`ak go`dak sharafiga ziyofat bermishlar. Xona
to`rida nuroniy keksalar anjumani,qo`lida go`dak bilan G`iyosiddin
Kichkina kirib keladi.
O`tirganlar:
-Farzand muborak bo`lsin, G`iyosiddinbek.
-Rahmat,qulluq,qulluq.
Xondamir(go`dakni qo`liga olib):
- G`iyosiddin Bahodir o`g`li ko`rmishlar,mavlono Lutfiy ul
go`dakning ismini o`zlari qo`yib bersalar.(O`tirganlar ma`qullshadi)
Lutfiy:Qutlug`chehrasidan hidoyat balqib turibdi.Agar ustozlarimiz
Jomiy,Dehlaviy va Ganjaviylarga manzur bo`lsa,Ollohning inoyati ila
ulug` va komil bo`lsin, degan niyatda bul go`dakka Alisherbek ismini qo`ygumizdir.
O`tirganlar:G`oyat go`zal ism,maqbul mavlono Lutfiy.
G`iyosiddin:Tashakkur ,mavlono,qulluq.Boshimiz osmonga yetdi.
Xondamir(qo`lini duoga ochadi):Omin,Alisherbekning umrlari uzun,rizqlari mo`l bo`lsin.Buyuk davlat
arbobi,ulug` shoir bo`lsin.El –yurt madadkori bo`lib yetishsin. Ollohu akbar.
Ularning niyatlari ijobat bo`lib,u ulug` donishmand,buyuk shoir va iste`dodli olim bo`lib yetishadi.Alisher
Navoiy butun faoliyatini va ijodini odamlarning baxt-saodatiga,ilm-fan taraqqiyotiga bag`ishladi. Suhbatimizni
temuriylar avlodining iste`dodli vakili,atoqli shoir,buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburga
qaratamiz.Shoir
buyuk
mutaffakir
Alisher
Navoiy
an`analarini
davom
ettirib,Vatanga
muhabbat,insonparvarlik,ma`rifatparvarlik g`oyalari bilan sug`orilgan ajoyib asarlar bitdi.U odob-axloq
mavzusiga asosiy e`tiborini qaratdi.Xalq manfaatlarini o`yladi.Inson qadr-qimmatini yuqori tutdi.Odamlarni
kamtarin,ko`rkam fazilatlar egasi bo`lishga da`vat etdi.
Buyuk ishlarni amalga oshirgan,qudratli davlat barpo etgan,ajoyib asarlari bilan dunyo ahliga tanilgan
bobolarimiz bilan qancha faxrlansak ,arziydi.
Dostları ilə paylaş: