Viloyati tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/59
tarix24.10.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#160449
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59
3-Sinf

III.Yakuniy qism: 
Inson husnini va orastaligini buzadigan odatlar: 
-Barmoqlaringizni og`iz va burunga tegizmang. 
-Odamlar oldida tish kavlamang. 
-Og`zingiz va burningiz suvini baland ovoz bilan tashlamang. 
-Esnasangiz,qo`lingizni og`zingizga qo`ying. 
-Odamlarga qarab kerishmang,baland ovozda xoxolab kulmang. 
-Tilingizni tiyib,unga erk bermang,bo`lmasa bir kun boshingizga yetadi.
Savollar: 
1.Orastalik haqida qanday tasavvurga ega bo`ldingiz? 
2.Kiyinish madaniyati nima degani? 
Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi. 
MMIBDO‘
: __________________ 


 
Sana: 
23-mavzu: 
Did bilan kiyinish odobi
 
Sinf soat mashg`ulotning maqsadi: 
O`quvchilarga orastalik inson ko`rki,orastalik qoidalari,kiyinish 
odobi,muomala odobi haqida tushuncha berish. O`quvchilarda sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, ozoda
yurish qoidalarni o`rgatish.: O`quvchilarning nutqini o`stirish, so`z boyligini shakllantirib boorish.
 
Kommunikativ kompetensiya: 
jamoat joylarida o‘zini tutish odobiga rioya qila oladi; 
 
Ma’naviy-axloqiy madaniyatlilik kompetensiyasi: 
odobli bo‘lishga shaxsiy namuna ko‘rsatadi; - Kiyinish 
madaniyatiga rioya qiladi. - jamoada ishtirok etish odobi va qoidalarini biladi.
 
Mashg`ulotning borishi: 
Tashkiliy qism:
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi. 
Asosiy qism:
 
Orastalik –ozodalik,sarishtalik,tartiblilik demakdir.Masalan,hammayoqni sarishta qilish,orasta kiyinish,soch 
tirnoqlarga e`tibor berish,o`quv qurollatini yaxshi saqlash kabi ishlar orastalik belgisidir. 
Orasta va chiroyli kiyinish ham orastalikdandir.O`ziga munosib kiyim kiyish esa husnga husn 
qo`shadi.O`z yoshiga,mavsumga va joyiga qarab kiyinish insonning did-farosatidan,qanday odam ekanligidan 
dalolat beradi.
O`g`il-qizlarning 
milliy 
xususiyatlarni 
e`tiborga olib,o`zlariga yarashgan,ozoda liboslar 
kiyib yurishlari ular madaniyatining belgisi 
hisoblanadi.O`quvchi maktabda joriy qilingan 
kiyimda bormog`i lozim. U o`zini va o`quv 
qurollarini tartibli saqlashi kerak. Kishi o`zini 
nazorat qilishi ham orastalikdir. 
Rivoyat. Sukutning xosiyati 
Rivoyat qilishlaricha,o`z davrining mashhur 
hakimi,hamma davrlarning dono tabibi,bo`lmish 
Luqmoni Hakim kunlardan bir kuni hazrati
Dovudning oldiga boribdi.Dovud odatdagidek 
sovut,zihrli kiyimlar tayyorlash bilan band,ya`ni 
temir –tersaklar orasida ishlab o`tirar ekan. 
Hakim umri bino bo`lgandan beri bunday manzaraga duch kelmagan ekan.Shu boisdan bunday zihrli 
kiyimlar qanday kiyimlar ekanligi,uni kimlar kiyishini so`ramoqchi bo`libdi.Ammo ustozi:”Avval o`yla,keyin 
so`yla”,”Sabr qil – sabrning tagi oltin”,- deb o`rgan ekan.U sukut saqlab kutib turibdi.Hazrati Dovud kiyimni 
tayyorlab,egniga ilibdi-da,shodlanib Hakimga shunday debdi: 
-Mana ko`rdingizmi,men sovuq temirdan qanday issiq kiyim tayyorladim.Buni kiygach,bemalol jangga 
kirib,bosqinchi dushmanning dodini berish mumkin. 
Bu gapni eshitgan Hakim:”Sukut –aql belgisi.Ustozimning nasihatiga amal qilib sukut saqladim-
da,qo`pol xatodan saqlandim”-debdi ichida. 
Hissadan hissa shuki:o`ylab ish tutish,sabr qilish kabi ajoyib xislatlarni o`rganish lozim. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin