Viloyati tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/59
tarix24.10.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#160449
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
3-Sinf

II.Asosiy qism: 
-Mangu olov-yoniq xotira, 
Yuraklardan o`chmaydi sira. 
O`tar lip-lip ko`z oldimizdan, 
Gohi tiniq,gohida xira. 
-Qadr nima?Xotira nima? 
Unutilsa,g`arq bo`lar kema. 


 
Qadr topgan umri e`zozda, 
Xotirasiz qadr bor dema. 
 
1999-yil 3-martdagi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan 9-may “Xotira va Qadrlash 
kuni” umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo`ldi. 
Yurtboshimiz tashabbusi bilan O`zbekistonning poytaxti Toshkent shahrida va barcha viloyatlarda Vatan 
ozodligi uchun kurashgan va shu yo`lda qurbon bo`lgan insonlar xotirasini abadiylashtirish hamda ularning 
jasoratlarini eslash maqsadida “Xotira maydoni”bunyoq etildi.
Xotira va Qadrlash kuni haqida so`z borar ekan,avvalo,xotira nima ekanligini tushunib olishimiz 
kerak.Bunda Yurtboshimiz so`zlari diqqatga sazovor:”Xotira bu-foniy dunyoda o`tgan ajdodlarimizni 
eslash,ularning chirog`ini yoqib,ezgu ishlarini davom ettirish”dir. 
-Ha,xotira bugungi tinch va baxtiyor kunlarimiz uchun jonini fido qilgan bobolarimiz nomini yodga 
olish,qadr esa yonimizdagi mo`ysafid otaxon-u onaxonlarimizni e`zozlab,qadriga yetish,desak mubolag`a 
bo`lmaydi. 
O`tmishga nazar solaylik,mustaqillikka erishgunga qadar,ajdodlarimiz ko`p qiyinchiliklarni boshdan 
kechirganliklariga guvoh bo`lamiz.Ularning ruhi,shijoati qalbimizni also tark etmaydi. 
Xonadonimiz farishtalari bo`lmish bobo-buvilarimiz ham urush yillari boshlaridan juda og`ir kunlar 
o`tganini va bugungi tinchlikni qadrlash zarurligini tez-tez takrorlab turishadi.Vatan istiqboli uchun 
kurashadigan,fidoyi va jasur farzand bo`lib voyaga yetishishimizni so`rab,duo qilishadi. 
Keksalarimiz niyati,ota-onamiz tilagi,el-yurt istagi-TINCHLIK! “Tinch elning bog`I gullar”,deydi 
xalqimiz.Har bir inson Vatanining,eng avvalo tinch bo`lishini xohlaydi.Shukrki,kunlarimiz tinch,osmonimiz 
musaffo.Har bit tongni shukronalik bilan qarshi olamiz.Vatanimiz gullab yashnamoqda.Bizni butun dunyo
tan olmoqda.Bularning hammasi xalqimiz mehnati,davlatimiz yuritayotgan oqilona siyosati mevasidir. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin