Viloyati tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/59
tarix24.10.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#160449
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59
3-Sinf

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
— jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga 
daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya 
qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini 
shakllantirishni nazarda tutadi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya
— vatanga sadoqatli, insonlarga 
mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini 
tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini 
shakllantirishni nazarda tutadi. 
Kun shiori:Kuchi bor birni,ilmi bor mingni yengar 
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:
o`yin turlariga mos barcha jihozlar, bayroqchalar, rag`bat kartochkalar 
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi: 
Tashkiliy qism. O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti. O`quvchilar diqqatini 
mavzuga jalb qilish. 
II.Asosiy qism: “Bilim-xazina”
mavzusi slaydlar orqali namoyish etiladi. 
Rivoyat
o’zbek xalq og’zaki 
ijodining eng qadimgi janrlaridandir. 
Rivoyatlar
hayotiy voqealarni hayotiy uydirmalar vositasida aks 
ettiruvchi xalq og’zaki ijod turidir. Rivoyatlarda tarixiy hodisalar va ayrim tarixiy shaxslar bilan bog’liq 
hodisalar hikoya qilinadi. Rivoyatlar u yoki bu voqea haqida xabar berish va uni tasdiqlash vazifasini 
bajaradi. Rivoyatlar mavzusiga ko’ra quyidagicha tasnif qilinadi: Toponimik rivoyatlar va tarixiy rivoyatlar. 
Toponimik rivoyatlarda joy nomlarining kelib chiqishi bilan bog’liq hikoyalar ifodalanadi. 
Masalan:Samarqand nomining kelib chiqishi bilan bog’liq rivoyatlar. Tarixiy rivoyatlar biror shaxs faoliyati 
yoki xalq qhramonlari bilan bog’liq bo’lgan voqealarni aks ettirib, ahloq va odobning go’zal ko’rinishlarini 
ulug’laydi. Masalan:To’maris, Shiroq, Ibn sino haqidagi rivoyatlar
.
O’quvchilar bilan birgalikda quyidagi 
rivoyat o’qiladi va savol-topshiriqlarga javob beriladi: “
Bir podsho uch o’g’liga nomingizni qoldiradigan ish 
qiling deb mablag’ beribdi. Katta o’g’il chiroyli maqbara qurdiribdi. O’rtanchasi bog’ yaratibdi. Kenjasi 
do’st orttiribdi. Buni eshitgan ota: “Vaqti kelib maqbara nurab bitadi, bog’ quriydi ammo chin do’st 
umrinig oxirigacha do’stiga yaxshilik qiladi, kichik o’g’lim juda to’g’ri ish tutibdi,”- deb butun boyligini 
unga 
topshiribdi.”
Xalqning dono, purhikmat ifodalari, yirik madaniyat arboblari olimlar, davlat arboblarining ibratomuz 
gaplari xalqning hayotiy tajribalari asosida yuzaga kelgan dono fikrlarini ixcham shaklda ifodalovchi asarlar 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin