Sana:
28-mavzu: “Amir Temur avlodlarimiz”
I.Kirish:
Sinf
soat
mashg`ulotning
maqsadi:
O`quvchilarda
Amir
Temurdan
o`rnak
olishga
havas
uyg`otish,xalqqa,Vatanga farzandlik burchi – Vatanni sevish,xalqni sevish ekanligini o`quvchilar
qalbiga
singdirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:o`yin turlariga mos barcha jihozlar, bayroqchalar, rag`bat kartochkalar
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
— jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va
jarayonlarga daxldorlikni
his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va
fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda
tutadi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya
— vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va
milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va
sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Kun shiori: Kuch adolatdadir
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilarning
darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
O`quvchilarni guruhlarga ajratish
II.Asosiy qism:
Bolajonlar,Amir Temur bobomiz haqida nimalarni bilasiz?
O`quvchilar fikri umumlastiriladi.
Darhaqiqat,Amir
Temur
bobomiz
– buyuk shaxs,kuragi
yerga tegmagan sarkarda,yirik davlat
arbobi,qonunshunos,yuksak
iqtidorli notiq,ruhshunos,shu bilan el-yurtni sevgan va uni jahonga mashhur qilgan
inson.Poytaxtimiz Toshkent shahrining markazida ulug` bobomiz nomi bilan ataluvchi go`zal xiyobonda
sohibqiron Amir Temur bobomiz va uning avlodlariga bag`ishlab Temuriylar
tarixi davlat muzeyi barpo
etildi.Toshkent,Samarqand,Shahrisabz shaharlarida bobomiz savlatlariga mos purviqor haykallari qad
ko`tardi.Bobomiz Amir Temur butun umrini xalqimiz,Vatanimiz ozodligi uchun bag`ishladi.Yurtimizning har bir
qarich yeri uning uchun muqaddas edi.Buni Sohibqironning mamlakat tuprog`ini mo`g`ul bosqinchilaridan ozod
qilish yo`lida olib brogan xaloskorlik kurashlari misolida ham ko`rishimiz mumkin.Bobomizdan bizlarga “Temur
tuzuklari”nomli mashhur asar meros bo`lib qoldi.
-“Bir kunlik adovat yuz kunlik toat-ibodatdan afzaldir”,der edilar Sohibqiron bobomiz.Shayx Shamsiddin Kulol
Amir Temur tug`ilmasdan burun unga “Sohibqiron”laqabini bergandi.Bobomizning sohibqirondan tashqari yana
“Ko`ragon”,”Qutbiddin”,”Abdulmansur”,”Sulton G`oziy”kabi
unvonlari ham bo`lgan.
Bobomizga
berilgan
,”Qutbiddin”
unvoni
–zamona
peshvosi,yo`l ko`rsatuvchi avliyo,degan ma`noni anglatadi.
”Abdulmansur”unvoni-zafarmand va g`alaba qozonuvchi degan
ma`nolarni beradi.
”Sulton G`oziy” unvoni-“din uchun kurashuvchi sulton”degan
ma`noni bildiradi.
Dostları ilə paylaş: