Viloyati tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tasarrufidagi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/59
tarix24.10.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#160449
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   59
3-Sinf

II.Asosiy qism: 
Rivoyat qilishlaricha : 
O`zbek xalq o`yinlari tarixida birinchi marta milliy o`yin 
namunalarining bayon etilishi, ularning ta`rifi- tavsifi qomusiy 
allomalardan M. Qoshg`riy qalamiga mansub. 
U bundan 1000 yil burun 6 yil mobaynida Turkistondan 
Termizgacha, 
Xazar 
va 
Orol 
sohillaridan 
Tangritog` 
etaklarigacha bo`lgan hududda yashagan turli turkizabon
xalqlarning tarixini o`rganib ”Devon u Lug`atit turk”, “Turkiy
so`zlar devoni” ni tuzib chiqdi. Ushbu kitobda 150ga yaqin 
o`yinlarni tilga olinib, shundan 20taga yaqino`yin turi haqida 
to`liq ma`lumot berilgan. 
Demak, o`tmishda o`zbek xalqi yosh avlodni tarbiyalash uchun 
turli o`yinlarni yaratgan va qo`llagan. Bu o`yinlar dam olish 
vositasi bo`lib qolmay, balki bolalarni ziyraklikka, topqirlikka, 
mehribonlikka o`rgatishda ularni yuksak axloqiy fazilatlar egasi qilib tarbiyalashda muhim qurol sifatida ham 
yordam bergan. 
Hozirgi kunda o`yinlar quyidagi turlarga bo`linadi: 
O` y i n l a r 
Boshqotirma 
o`yinlar 
Rollarga bo` 
lib o`y. o`yi 

Harakatli o`yinlar 
Milliy xalq 
o`yinlari 
Politexnik 
o`yinlar 
Sport o`yinlari 
Ta‘lim maqsadlarini amalga oshiruvchi o`yinlar 
Stol ustida o`ynaladigan o`yinlar
Atraksion o`yinlar 


 
Xalq o`yinlarini o`ziga xos xususiyatlari bo`yicha 3 guruhga ajratish mumkin 
1. Alohida va bo`linib o`ynaladigan o`yinlar. 
2. Tarafma – taraf bo`lib o`ynaladigan o`yinlar. 
3. So`z va qo`shiqli o`yinlar. 
Bola o`yin davomida har qanday holat yoki vaziyatda ham maqsadga erishishga harakat qiladi. 
O`yinlarni tashkil qilish va bolalarga o`rgatishda quyidagilarga e`tibor berish lozim: 
- Jismoniy harakatlar, yurish, yugurish, uloqtirish, kabilarni tartib qoidali bajarish; 
- Sabr – chidamga o`rgatish: 
- Ruhiy – psixologik jihatdan o`yinga tayyorlash; 
- O`z – o`zini boshqarish va o`ziga ishinchni tarbiyalash 
- Qat`iyatlilik ko`nikmalarini hosil qilish; 
- O`quvchilarni fikrlashga o`rgatish; 
- Topqirlik ko`nikmalarini shakllantirish; 
- O`yinlarni ijtimoiy foydali mehnat bilan bog`lash 
- O`yin davomida birdamlikka o`rgatish 
To`g`ri tanlangan o`yin yosh avlodni har tomonlama muvaffaqiyatli tarbiyalash vositalaridan biri sifatida xizmat 
qiladi.“Ikki o`rtoq” o`yini 
O`yinning maqsadi: o`quvchilarga o`rtoqlik munosabatini tarbiyalash, ularga chaqqonlikni o`rgatish. 
O`yin qoidasi: guruhga qarab tez yuritishga odatlantirish. 
O`yinni o`tkazish: o`yinni xonada yoki maydonchada o`tkazish mumkin. O`quvchilar juft bo`lib saf tortib 
turadilar. Bitta o`quvchi “poyloqchi” bo`lib saf tortib turadi. Poyloqchi o`quvchi 3-5 metr nariroqda poylab 
turadi. Poyloqchi: qaynar buloq qaynaydi, so`zini aytsa o`quvchlardan oxirida turgan bola safning oldiga borib 
turadi, mana shunda agar poyloqchi ularni ushlab olsa, o`sha bola poyloqchi bo`ladi. 
G`oliblarni aniqlash: qaysi qatordan kam o`quvchi tutilsa, shu qator g`olib chiqadi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin