SEHSUCHT BERLIN
Berlindagi „Moderat“ musiqiy guruhi o’z musiqiy klipi uchun tasavvur mahsuli bo’lmish distopik olam yaratishni istagandi. Ularning talabiga binoan, rejissyor va ijodiy direktor Meyt Shtaynfort 2016 yilda Berlindagi Produktionsstudio Sehsucht studiyasi bilan hamkorlikda „Eslatma“ nomli 360 darajali qamrovchi animasiyani suratga oldi. Odatdagi jonli ijrodan farqli ravishda, ushbu video VRda yanada plastik qiyofa kasb etuvchi video o’yinlari ruhida yaratilgan illyustratsiyalar vositasida ishlangan. „Sehsucht“ firmasi tijorat asosida, jumladan, avtomobil sohasi uchun 360 darajali manzillar yaratishga ixtisoslashgan.
VRAGMENTS
Berlin shahridagi Vragments startapi Fader , Deutsche Welle va Euronews bilan hamkorlikda jurnalistlarga osongina 360-darajali loyihalar yaratish imkonini beruvchi brauzerga asoslangan moslama ishlab chiqdi. Bunday turdagi kontentlarni boshqa ishlab chiqaruvchi firmalar ko’magisiz yaratish jurnalistlar uchun ulkan qadam bo’ldi. Vragments o’z xujjatli filmlari va reportajlarini ham tayyorlaydi. Vragments „Deutschlandradio Kultur“ radiokanali bilan hamkorlikda GDR havfsizlik xizmatining (shtazi) virtual tergov kamerasini yaratdi. Bu foydalanuvchilarga GDRda qo’llangan tergov usullari haqida aniq taassurotga ega bo’lish imkonyatini beradi.
WDR & ARTE
Ijtimoiy-huquqiy yo’nalishdagi WDR hamda ARTE telekanallari yot va tarixiy muhitlarni VR jurnalizmi orqali foydalanuvchilarga tanishtirishga muvaffaq bo’lmoqda. Westdeutsche Rundfunk (WDR) ning hayratga soluvchi 360-darajali olamlari ham ma’lum va mashhur. Uning Grimm-Onlayn mukofotiga tavsiya etilgan Aushvits kontslageri va Parijda sodir etilgan terrorchilik xujumiga bag’ishlangan 360-darajali xujjatli filmlari shular jumlasidan.
Nemis-frantsuz telekanali bo’lmish ARTE o’z tomoshabinlarini butkul yangicha taassurotlar olamiga taklif qiladi. Ular dengiz qa’riga sho’ng’ishlari yoki Jonatan Meze va uning onasi Brigittaxonimning VRdagi chiqishlaridan bahramand bo’lishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: |