Virusologiya fani predmeti va boshqa fanlar bilan aloqasi
2 Viruslar klassifikatsiyasi Viruslar odam, xayvon, xashorat o‘simlik, zamburug‘lar va bakteriyalarning qattiy xujayra ichida yashovchi parazitlari bo‘lib, oqsilni sintezlash, ferment va energiya xosil qilish xususiyatiga ega emas.
Viruslar struktura tuzilishi jixatidan xam, funksiyalari jixatidan xam prokariotlar va eukoriotlardan farq qiladi, chunki ular:
1. Xujayra struktura tuzilishiga ega emas.
2. Faqat bitta nuklein kislota tutadi.(DNK yoki RNK).
3 O‘sish va binar bo‘linish xususiyatiga ega emas.
4. O‘zining metobolik sistemasiga ega emas.
5. O‘z tarkibiy qismi evaziga emas, balki birgina nuklein kislotasi xisobiga tashkil topgan.
6. SHaxsiy oqsillini sintez qilish uchun xo‘jayinning ribosoma xujayrasidan foydalanadi.
1966 yilda Moskvada chaqirilgan IX xalqaro kongresda viruslarni vaqtinchalik klassifikatsiyasi qabul qilingan va toksinomik o‘rni belgilangan. Klassifikatsiya asosida viruslarni quyidagi xususiyatlari xisobga olingan.
1. Nuklein kislotaning turi.
2. Uning molekulyar massasi.
3. G –S ning miqdori.
4. Nuklein kislotadagi ipning soni.
5. Nnuklein kislotaning viriondagi oz miqdori.
6. Virion shakli.
7. Kapsid oqsilidagi simmetriya turi.
8. Kapsomerlar soni.
9. Xo‘jayin va kasal tashuvchining turi.
10. Virusning yuqish yo‘llari.
Ushbu klassifikatsiyadagi xamma viruslar VIRA podsholigiga birlashgan, bu o‘z navbatida nuklein kislotaning turiga qarab 2 ta pod tipga bo‘linadi:
a) riboviruslar.
b)dezoksiviruslar.
DNK tutuvchi viruslarga quyidagi oilalar kiradi.
Poksviruslar- chinchechak.
Gerpeviruslar- oddiy gerpes, suv chechak.
Adenoviruslar- adenovirus.
Papaviruslar- papiloma, sugal.
Parvoviruslar- adenoassotsirovaniy virus.
Gepadnoviruslar-gepatit
RNK tutuvchi viruslar oilalari:
Pikarnoviruslar- shol.
Reoviruslar-bolalar gastroenterit virusi.
Retroviruslar – OITS.
Togoviruslar- qizilcha.
Flavoviruslar-kana istmasi
Bun’yaviruslar-sariq istma.
Arenoviruslar-qrim istmasi.
Rabdovirus- qutirish.
Paramiksovirus-paragripp.
Ortomiksoviruslar- gripp.
Filovirus.
Kalitsivirus.
Koroniviruslar.