Vitamin PP. Vitamin PP (nikotin kislota, nikotinamid, niatsin) 1937-yilda K. Elvegeym tomonidan jigar ekstraktidan ajratilgan. Nikotin kislota piridin qatoriga kiruvchi birikma bo’lib, karboksil guruhni saqlaydi (nikotinamid amid guruhi borligi bilan farqlanadi).
Avitaminoz belgilari: asosiy belgi bo’lib pellagra hisoblanadi. Bunda teri (dermatit), oshqozon-ichak yo’li (diareya) va markaziy nerv sistemasida (demensiya) o’zgarishlar ketadi.
Biologik vazifasi: Vitamin PP oksidlanishli-qaytarilish reaktsiyalarida qatnashuvchi ko’pgina degidrogenazalarning NAD va NADF kofermenti tarkibiga kiradi. Jumladan, ular proton va elektronlarni tashilishida, sintetik jarayonlarda va fermentlarda allosterik regulyator funktsiyalarni bajaradi.
Tabiatda tarqalishi va sutkalik ehtiyoji: o’simlik va hayvon organizmlarida keng tarqalgan bo’lib, inson uchun asosiy manbai quyidagilar hisoblanadi: guruch, non, kartoshka, go’sht, jigar, buyrak, sabzi va boshqalar. Sutkalik me’yori 18 mg.
C vitamini C vitamini (askorbin kislota) kuchli kislota bo’lib, 2- va 3-uglerod atomlarida qayta dissotsiyalanuvchi yenol gidroksil guruhlarini saqlaydi. Askorbin kislota oshqozon-ichak yo’llarida oddiy diffuziya bilan so’riladi. Qonda erkin va oqsillar bilan bog’langan holda uchraydi. Askorbin kislotasi ko’p miqdorda buyrak usti bezi, jigar va o’pkada joylashgan. Erkin holatda yoki uning mahsulotlari siydik orqali chiqariladi. Askorbin kislotasi oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida vodorod donori hisoblanib, degidroaskorbin kislota bilan redoks-juftlik hosil qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Pleshkov B.P. Bioximiya selskoxozyaystvennx rasteniy. M. “Kolos” 1969 g. 2. Lebedov S.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1988 g. 3. Yakushkina N.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1980 g. 4.Mustaqimov G.D. O`simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari. T. 1995 y. 4. Xo`jaev J. X O`simliklar fiziologiyasi Toshkent “Mexnat” 2004 5. Rubin B.A. Kurs fiziologii rasteniy. M. 1976 g. 6. www.ziyonet.uz