3. Voleybolchining tezkorligi
О‘yinchi xarakat faoliyatining tezligi birinchi navbatda xarakatlarni
koordinatsiya qiluvchi markaziy nerv sistemasining faoliyatiga munosib bо‘lishi
lozim. Voleybolchining tezkorligi aniq reaksiya tezligida, jadal siltanishda hamda
tо‘p bilan, tо‘psiz texnik usullarni bajarish tezligida aniq ifodalaydi. Tezkorlikni
rivojlantirish uchun yugurishda qayta tezlanish, velosepedda uchish va shunga
о‘xshash har xil maksimal darajaga yetkazadigan qilib tezlikni sekin-asta, tekis
oshirib
borib,
xarakat
amplitudasini
kattalashtirish
lozim.
Tezkorlikni
rivojlantirishga yordam beradigan yana kо‘pgina mashqlarni keltirish mumkin:
- yonboshlab, orka bilan jadal yugurishni bajarish:
- tizzani yuqoriroq kо‘tarib va qadamlarni maksimal chastotada qо‘yib
yugurish:
- 25-80 m masofaga oyoq uchida depsinib tez sakrab-sakrab xarakat qilish;
- maksimal chastotada aylantiriladigan kalta va uzun arg‘amchi bilan
sakrash, aylanib turgan arg‘amchi tagidan yoki ustidan yugurib о‘tish;
- о‘rta masofaga yugurayotganda tempni tо‘satdan о‘zgartirish;
- dastlabki yugurib borishdan sо‘ng 20-30 m masofada maksimal tezlikka
erishish;
Siltanish va tez yurishlar xar xil estafetalarda musobaqa uslubi bilan
о‘tkazilgani ma’qul. Bir mashg‘ulotga muljalangan tezkorlikni rivojlantirishga
qaratilgan trenirovka ishining hajmi uchun katta bо‘lmasligi kerak.
KUCH – bu tashqi qarshilikni yengish yoki «ushlab» turish ma’nosini
anglatadi. Kuch ikki turga bо‘linadi: dinamik kuch va statik kuch. Dinamik kuch –
bu о‘zgaruvchan kuch. Statik kuch – bu bir xil vaziyatda ijro etiladigan kuch.
Statik kuch 3 ga bо‘linadi :
- «yengib» olinadigan statik kuch: Masalan: yerda yotgan og‘ir toshni
kо‘tarib olib ushlab turish
- bir xil vaziyatda «saqlab» turiladigan statik kuch. Masalan: shu toshni bir
xil holatda ushlab turish.
22
- qarshilikni «yenga olmaydigan» statik kuch. Masalan: shu tosh о‘ta og‘ir
bо‘lgani sababli uni kо‘tarish imkoniyati yо‘q. Lekin mushaklar taranglashadi va
statik ish bajarib turadi.
Kuchni rivojlantiruvchi mashqlar ortiqcha zо‘riqish bilan bog‘liq bо‘lmasligi
kerak, kuchlanish hollaridan umuman voz kechish maqsadga muvofiq. Bunday
moxiyatga ega bо‘lgan mashqlarni uncha og‘ir bо‘lmagan anjomlar bilan katta
tezlikda bajargan ma’qul.
Qiz bolalar guruhida bunday mashqlarni qо‘llash alohida nazorat va
ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi lozim.
Tayyorgarlikning mazkur bosqichida chaqqonlikni rivojlantirish о‘yin
malakalarining texnikasini о‘zlashtirishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Bu sifatni tarbiyalash – turli tо‘plar bilan mashq qilish, gimnastika,
akrobatika, sport о‘yinlariga oid mashqlar yordamida amalga oshiriladi.
Bunday mashqlarni asta - sekin murakkablashtirib borish zarur.
Kuch zamonaviy sport trenirovkasi amaliyotida sportchining eng muhim
jismoniy fazilatlaridan biri bо‘lib hisoblanadi. Chunki kuch ma’lum darajada
о‘yinchining maydonda xarakatlanish tezligini, yuqoriga sakrashning balandligi
darajasini belgilaydi.
Kuch о‘z xarakteriga kо‘ra: nisbiy kuch, «portlovchi» va «startga oid»
bо‘lishi mumkin.
Absolyut kuch – mushak (yoki mushaklar guruxi) о‘z og‘irligidan qat’iy
nazar qiskargan vaqtda maksimal kuchning rivojlanishi.
Nisbiy kuch – о‘yinchi tanasi og‘irligining bir kilogrammiga tug‘ri
keladigan miqdor.
Portlovchi kuch – sport mashqi yoki о‘yin harakati sharoitida
reglamentlashtirilgan minimal vaqt ichida katta kuchlanishga erishishi qobiliyatini
bildiradi. Bu kuchni voleybolchilar sakrashda, tо‘p kiritishda, zarbli urishda, tusiq
qо‘yishda aniq amalga oshiradilar. Shuningdek, «portlovchi» kuchning darajasi
mushakning reaktiv qobiliyatiga bog‘liq bо‘ladi. Ishlayotgan mushaklar zarba
bilan mexanik chо‘zilgandan keyinrok muskul qisqarish samarasi yordamida katta
23
xarakat kuchlanish xosil bо‘ladi. Kо‘zgalgan mushaklarning elastik о‘zgarishni
chaqiradigan dastlabki chо‘zilish ularda kinematik energiyani о‘ziga olishi tufayli
bо‘ladigan ayrim kuchlanish potensialining jamg‘arilishini ta’minlab beradi.
Sport mashg‘ulotlarida muskullar о‘z uzunligini о‘zgartirmasdan (statik,
izometrik rejim) va о‘z uzunligini qisqartirgan holatda kuch kо‘rsatadi.
Mushaklar chо‘zilganda ustun keladigan va tо‘siqsiz rejimlar birgalashib
«dinamik rejim» tushunchasini hosil kiladi. Kuchni tarbiyalash jarayonida kuch
qobiliyatlarning barcha turlarini rivojlantirish kerak.
Kuchni og‘irliklardan foydalanish xarakteri bо‘yicha rivojlantirishga
qaratilgan mashqlarni ikki guruhga bо‘lish mumkin: tashqi og‘irlanish yoki
qarshilanish va о‘z og‘irligi yoki badanning qisman og‘irligi orqali bajariladigan
mashqlar.
Mashqlarning
birinchi
guruxi
voleybolchining
muskullarini
rivojlantirishga katta imkoniyat yaratadi. Og‘irlanishlar va qarshiliklardan
(gantellar, yadrolar, tо‘ldirma tо‘plar, og‘ir toshlar, shtanga, raqibning og‘irligini
va qarshiligini yengish, espanderlar va xokozo) keng kо‘lamda foydalanish va
ularning turli tumanligi trenirovka nagruzkasining xajmini va intensivligini
belgilab berishga sharoit yaratadi. Bunday kerakli mashqlar muskullar guruhining
rivojlanishiga qaratilgan bо‘lib u sportchini tezda katta kuchlanishlardan tо‘liq
bо‘shatish qobiliyatiga о‘rgatishga yordam beradi. Shu bilan birgalikda sherigi
tomonidan kо‘rsatiladigan xar xil qarshiliklar orqali bajariladigan mashqlar
sportchilardan katta iroda kuchini talab qiladi. Negaki ular fakat kuchdagina
musobaqalashib qolmasdan, shu kuchdan oliy darajada samarali foydalana olishda
ham bahslashadilar.
Ikkinchi guruh uchun о‘ziga xos, bu snaryadda bajariladigan gimnastik
mashqlar. Arqonga chiqish, о‘z vaznini kuch bilan kо‘tarish, о‘tirish –turishlar,
oyoqlar tizzalari yarim bukilgan holatda yurish va xokozolar hisoblanadi. О‘z
og‘irligiga qarshilanish orqali bajariladigan mashqlar о‘yinchilar uchun asta - sekin
bajarishdan tez bajarishga oddiydan murakkabga о‘tishga imkon yaratadi. Bu
mashqlarni bajarishda muskul guruhlari ishga qanchalik kam jalb qilingan bо‘lsa,
24
badanning siljish yо‘li qanchalik qisqa bо‘lsa va badanning kamrok qismi og‘irlik
bо‘lib qarshilansa, ularni shunchalik kо‘prok takrorlash lozim.
Oyok va tana kuchini rivojlantirish uchun katta kuchlanish bilan bosqichma-
bosqich oshib beruvchi rejimda bajariladigan mashqlar samarali mashqlar
hisoblanadi. Ana shunday mashqlardan biri – yelkaga qо‘yilgan shtanga bildan
о‘tirib turish – tipik mashqdir.
Dostları ilə paylaş: |