Voleybol jamoasi o‘yin turlariga mansub bo‘lib, o‘yinda ikki jamoaning har birida 6 kishi bo‘lishi shart. Zahiradagi o‘yinchilar soni 2 tadan 6 tagacha bo‘lishi mumkin.
O‘yinchilarning sport kiyimi – futbolka, trusi va shippak. O‘yinchilarning yoshi va jinsiga qarab to‘rning balandligi quyidagicha bo‘ladi:
qizlar
|
13 – 14
15 – 16
|
2 m 10 sm
2m 20 sm
|
ayollar
|
17 – 18 va bundan katta yoshdagilar uchun
|
2 m 24 sm
|
o‘g‘il bolalar
|
13 – 14
15 – 16
|
2 m 20 sm
2 m 35 sm
|
erkaklar
|
|
2 m 43 sm
|
O‘yin uch yoki besh partiyadan iborat bo‘lib, har bir partiya 15 ochkogacha davom etadi. Agar ochkolar 15:15 bo‘lsa, o‘yin 17 ochkogacha davom etadi. So‘nggi partiya (3- va 5-)da o‘yin hisobi “taym-brek” asosida olib boriladi. YA’ni o‘yindagi har bir harakat natijasiga qarab to‘pni o‘yinga kiritish huquqi qaysi jamoada bo‘lishidan qat’iy nazar jamoaga mag‘lubiyat yoki g‘alaba keltirishi mumkin. Hal qiluvchi partiyada o‘yin 2 ochko farq qilguncha davom etadi. O‘yin jarayonida texnik malakalarni bajarishdagi xatolar:
To‘pni o‘yinga kiritishda: agar irg‘itilmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri “qo‘ldan” urilsa;
To‘pni o‘yinga kiritishda belgilangan chegara chiziqlarini bosish, to‘p irg‘itilsayu, lekin urilmasdan tanaga tegsa va hokazo;
To‘pni uzatishda: to‘p kaftga tegsa – ilib otilsa, ikki qo‘l kema-ket tegsa yoki ham tanaga, ham qo‘lga tegsa va hokazo;
Zarba berishda: tana va tana qismlarini to‘rga tegib ketishi (9 metrli belgilangan chegara oralig‘ida), qo‘nish vaqtida oyoq o‘rta chiziqdan butunlay o‘tib ketsa, raqib tomonidagi to‘pga tegilsa va hokazo.
Himoyada:
To‘pni qabul qilishda: agar to‘pni uzatishdagi xatolar bo‘lsa;
To‘siq qo‘yishda: zarba berishdagi xatolar bo‘lsa, ochko olishdan yoki to‘pni o‘yinga kiritish huquqidan mahrum qiladi.
Voleybol o‘yinining vujudga kelishi,
uning dastlabki qoidalari.
Voleybol 1895 yilda Amerika qo‘shma shtatlarining Massachusets shtatidagi Xoliok shahrida yosh xristianlar ittifoqini jismoniy tarbiya bo‘yicha rahbari pastor Vilyam Morgan tomonidan yaratilgan. U voleybol o‘yinini oddiy, ko‘p mablag‘ sarflamasdan tashkil etishni ko‘zda tutib yangi o‘yinning qoidalarini ishlab chiqdi.
1896 yilda Springfild shahridagi kollej direktori doktor Alfred Xalsted bu o‘yinga “voleybol” deb nom berdi. “Voleybol” inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida “parvoz qiluvchi to‘p” degan ma’noni bildiradi.
1897 yilda tadbiq etilgan ba’zi bir o‘yin qoidalari quyidagicha edi:
Maydoncha chegaralari 7,6 x 15,1 m
To‘rning o‘lchamlari 0,65 x 8,2 m, balandligi 198 sm
To‘pning vazni 340 g, aylanasi 63,5 – 68,5 sm
O‘yinchilarning soni chegaralanmaydi va hokazo.
1895-1920 yillar voleybol o‘yini rivojlanishining birinchi bosqichi bo‘lib hisoblanadi.
O‘yinning boshqa davlatlarda vujudga kelishi va rivojlanishi quyidagicha:
1900 y – Kanada, 1908 y – Kuba, 1909 y – Puerto-riko, 1910 y – Peru, 1917 y – Braziliya, Urugvay, Meksika, Osiyoda 1900-1913 yillar – YAponiya, Kitay, Filippinda, 1914 y – Angliya, 1917 y – Fransiya.
Voleybol o‘yinining sobiq ittifoqda vujudga kelishi va rivojlanish tarixi
Voleybol sobiq ittifoqda 1920-1921 yillarda o‘rta Volga (qozon, Nijniy Novgorod) nohiyalarida tarqala boshladi. 1922 yildan boshlab voleybol Vseobuch (Umumiy harbiy tayyorgarlik) tarkibiga kiritildi.
Moskvada voleybol bilan muntazam shug‘ullanishga san’at va teatr vakillari kirishdilar. 1923 yilda tashkil etilgan «Dinamo» jamiyati sportning boshqa turlari bilan bir qatorda voleybolni ham targ‘ib qila boshladi.
Xuddi shu yillarda voleybol Uzoq SHarqda – Xabarovsk va Vladivostokda paydo bo‘ldi. 1925 yildan esa Ukrainada ham rivojlana boshladi.
SSJIda jismoniy tarbiya va sportning keyingi taraqqiyoti uchun RKP/b/ MK 1925 yil 13 iyul qarori katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Unda ommani tarbiyalashning samarali usullaridan biri bo‘lgan jismoniy tarbiya va sportni keng rivojlantirish zarurligi uqtirib o‘tildi. Markaziy qo‘mita qarori voleybolning tobora taraqqiy etib borishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Sovet voleybolchilari o‘z oldilariga mamlakatda voleybolni ommalashtirish, tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, texnika va taktikani mukammallashtirish, o‘yinchilarni har tomonlama jismoniy tayyorgarligini yuksaltirish kabi qator vazifalarni qo‘ydilar.
Voleybol hamma erda tarqala boshladi. SHu bilan bog‘liq ravishda musobaqalarning yagona qoidalarini ishlab chiqish zarurati tug‘ildi.
1925 yilning yanvarida Moskva jismoniy tarbiya kengashi voleybol bo‘yicha musobaqalarning birinchi rasmiy qoidalrini tuzib tasdiqladi. To‘rning balandligi – ayollar uchun 2 m 20 sm va erkaklar uchun – 2 m 40 sm qilib belgilandi. Ayollar jamoalarida o‘yin 15 x 7,5 o‘lchamli maydonchada o‘tkaziladigan bo‘ldi.
1926 yilda Moskvada yangi qoidalar asosida birinchi musobaqalar o‘tkazildi. 1927 yildan voleybol bo‘yicha Moskva birinchiligi muntazam ravishda o‘tkazila boshladi.
«Sobiq Ittifoqida» birinchi bosmadan chiqarilgan voleybol bo‘yicha maxsus adabiyot 1926 yilda 9 paydo bo‘ldi va u «Voleybol va mushtlar jangi» deb nom olgan edi. Uning mualliflari S.V.Sisoev va A.A. Marku…edi.
1926 yilda yana bir qator muhim voqealar bo‘lib o‘tdi, ya’ni voleybol Butunittifoq jismoniy tarbiya kengashining o‘yinlar sho‘‘basi voleybol bo‘yichamusobaqalarning yagona qoidalarini tasdiqladi. Xarkovda moskvalik va xarkovlik voleybolchilarning shaharlararo uchrashuvi o‘tkazildi.
SHu yillarda voleybol faqatgina Moskvada emas, balki Ukrainada, shimoliy Kavkazda, Kavkazortida, Uzoq SHarq va o‘rta Volga o‘lkalarida ham keng tarqaldi.
«SSJI» voleybolda taalluqli muhim voqealardan biri 1928 yilning avgustida birinchi Butunittifoq spartakiadasi vaqtida o‘tkazilgan Ittifoq birinchiligi bo‘ldi. Unga Moskva, USSJ, SHimoliy Kavkaz, Kavkazorti Federatsiyasi va Uzoq SHarK o‘lkasining erkaklar va ayollari qatnashadilar. Musobaqalar chiqib ketish tartibida o‘tkazildi. Moskva ayollar jamoasi va Ukrainaning erkaklar jamoasi g‘olib chiqdilar.
Birinchi Butunittifoq spartakidasida voleybolchilarning uchrashuvlari musobaqa qoidalarining alohida bandlarini yagona tartibda izohlash uchun imkon berdi. SHuni aytib o‘tish kerakki, bu erda ayollar jamoalari birinchi bor normal o‘lchovli maydonchalarda (18/9 m) o‘ynaydilar. Sovet Ittifoqining turli mintaqalarida voleybol taraqqiyotida xilma-xil yo‘nalishlar yuzaga kela boshladi.
Ukrainaliklar jamoali o‘yin taktikasini va fidokorona himoyani namoyish etdilar, moskvaliklar kuchli hujumchi ekanliklari bilan ko‘zga tashlandilar, Uzoq SHarqliklar esa past uzatilgan to‘p bilan hujum qilishdek ajoyib yangilik olib keldilar.
SHuni ta’kidlash kerakki, terma jamoalarning Butunittifoq spartakiadasiga tayyorlanishi voleybolning joylarda ommaviy ravishda rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Butunittifoq spartakiadasi arafasida o‘tkazilgan Ukraina birinchiligida jumhuriyatning viloyat shaharlaridan 21 jamoa ishtirok etdi. Kavkazortining eng kuchli jamoasini aniqlash uchun Boku, Tiflis va Erevan shaharlarining jamoalararo uchrashuvlari o‘tkazildi.
Xuddi o‘sha 1928 yilda Moskvada doimiy hakamlar uyushmasi tashkil etildi.
Voleybol taraqqiyotida maktab o‘quvchilarining spartakiadasi ham (1929) katta ahamiyatga ega edi. Bu spartakia qatnashchilaridan ko‘pchiligi keyinchalik voleybol ustalari bo‘lib etishdilar.
SHaharlararo musobaqalar soni anchagina ortdi, bu esa turli texnik usullarning paydo bo‘lishiga, voleybol taktikasining rivojlanishiga, o‘yinchilar jismoniy tayyorgarligining o‘sishiga olib keldi. SHu davrda o‘yinchilar maydonga to‘pni kuch bilan kiritish, aldov zarbalari usullarini keng qo‘llay boshladilar, uzatish texnikasiga e’tibor berdilar, himoyaning ahamiyati ortib o‘yin tezkor, shiddatli bo‘la boshladi, natijada o‘yinchilarning harakatchanligiga talab oshdi.
1931 yilda BLKEI tashabbusi biln mamlakatimizga jismoniy tarbiyaning asosi bo‘lgan «Mehnat va mudofaaga tayyor» Butunittifoq kompleksi ta’sir etildi. Bu tadbir voleybolchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini yuksaltirishgagina emas, balki yoshlarni voleybol mashg‘ulotlariga jalb etishga ham imkoniyat yaratdi.
Voleybolning ommaviy rivojlanishi va keng targ‘ib qilinishida ko‘pgina madaniyat va istirohat bog‘larining maydonchalarida o‘tkazilgan musobaqalar katta ahamiyatga ega edi. Moskvadagi markaziy madaniyat va istirohat bog‘ining 20 ta maydonchasi atrofida tomoshabinlar yig‘iladilar. O‘tkazilayotgan o‘yinlar faqat moskvaliklar uchun emas, balki chet ellik mehmonlar uchun ham yaxshigina maktab edi. SHuning uchun 30-yillarda Olmoniyada (Germaniya) «Voleybol – rus halq o‘yini» deb nomlangan voleybol bo‘yicha musobaqa qoidalari kitobcha holida chop etildi.
Turli shaharlarning eng kuchli jamoalari orasida birinchiliklar o‘tkazib turildi. 1931 yilda Xarkovda Moskva, Dnepropetrovsk va maydon egalarining erkak va ayollar jamoalari uchrashdilar.
Moskvalik ayollar g‘olib chiqdilar, har uchchala erkaklar jamoasi bittadan mag‘lubiyat va g‘alabaga ega bo‘ldilar. Bu uchrashuvlar «tez sur’atli» o‘yinning ahamiyati ancha ortganligini ta’kidladi.
1932 yildan voleybol barcha katta spartakiadalarning dasturiga teng huquqli sport turi sifatida kiritildi. SHu sababdan voleybol bo‘yicha butunittifoq musobaqalarining har yili muntazam o‘tkazib turilishi haqidagi masala ko‘tarildi.
1932 yilning bahorida Butunittifoq jismoniy tarbiya kengashi qoshida voleybol seksiyasi tashkil topdi va uning tarkibiga A.Potashnik (rais), V.Oskolkov, M.Vilgrat, YU.Bagon, V.Kryuk va boshqalar kiritildilar.
1932 yildan avval «Voleybolchilarning Butunittifoq bayrami» deb atalgan «Sovet Ittifoqi» birinchiliklari muntazam o‘tkazila boshladi.
Voleybol bo‘yicha SSJI birinchiligi ilk bora Dnepropetrovsk shahrida 1983 yilning 4-6 aprelida bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda ayollar jamoasi (Moskva, Dnepropetrovsk, Xarkov, Boku, Minsk) va 5 ta erkaklar jamoasi (Moskva, Dnepropetrovsk, Xarkov, Tiflis, Minsk) ishtirok etdi. Aylanma tartibda o‘tkazilgan o‘yinlar ko‘p sonli tomoshabinlarni o‘ziga jalb qildi. Qiziqarlisi birinchilik tugagach, moskvalik aralash jamoalarning ko‘rgazmali o‘yinlari o‘tkazildi.
Xulosa.
Mavzu bo’yicha qayd etilgan adabiyotlar taxlili shu narsani e’tirof etishga imkon beradiki, voleybolchilarni tayyorlashda va musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishlarida jismoniy, texnik, taktik tayyorgarlik ko’rishlari kerak bo’ladi. Voleybolchilarni xujum va ximoya texnikasiga o’rgatish jarayonida ularni ximoyada to’siq qo’yish texnikasiga o’rgatish va ularni o’quv mashg’ulotlarida ko’nikma va malakalarini shakllantirib borish muxim axamiyatga ega. Dastlabki o’rgatish bosqichida yosh voleybolchi bolalar mashg’ulotlarida sakrash va tezkorlik sifatlari hamda tana muvozanati turg’unligini rivojlantiruvchi aylanma tezlanish mashqlari etarli darajada qo’llanilmasligi aniqlandi. Binobarin mazkur malakaviy bitiruv ishiga tanlab olingan mavzu haqiqatdan ham dolzarb ekanligi o’z ifodasini topdi.
Voleybolchilarga o’yinni o’rganishning dastlabki o’rgatish bosqichida shug’ullanayotgan yosh bolalar sakrovchanligini qiyoslash bosqichida shug’ullanayotgan yosh bolalar sakrovchanligiga qiyoslash maqsadida o’tkazilgan tekshiruvlar natijalari shuni ko’rsatdiki katta yoshdagi mahoratli voleybolchilarning rasmiy musobaqa o’yinlari davomida barcha o’yin malakalarini ijro etish uchun bajarilgan sakrashlar hajmi 265 martadan 462 martagacha miqdorini tashkil etdi.
O’yin malakalari samaradorligi esa aksariyati hollarda 50 % dan ham ortmoqda. Demak ixtisoslashgan sakrash turlarini dastlabki o’rgatish bosqichlaridannoq shakllantira borish o’ta dolzarb va muhim masala ekanligi ortiqcha isbot talab qilinmoqda.
Voleybol bilan shug’ulanishni endigina boshlagan 15-16 yoshli bolalarda sakrovchanlik va tezkorlik siftalari etarli darajada taraqqiy etmaganligi hamda yugurish ko’nikmalari deyarli shakllanmaganligi kuzatildi. Joydan turib yugurib kelib balandlika sakrash natijalari orasidagi farq juda kam.
Foydalanilgan adabiyotlar
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risi” da Toshkent. 2002 y
O’zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risidagi” qonun 1992 yil.
O’zbekiston Respublikasi “Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi”
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog’lom avlod uchun”ordenini ta’sis qilish.
O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun 1997 yil.
O’zbekiston Respublikasi “Bolalar o’quvchi yoshlarni jismoniy tarbiyalash kontsepsiyasi”.
Axmerov E.K. Issledovanie metodiki obucheniya napadayushemu udaru v voleybole. 1978 yil.
Jeleznyak Yu.D. Slupskiy L.N. Voleybol v shkole. 1989y.
Jeleznyak Yu.D. Sportivnaya orientatsiya i otbor (Voleybol. Uchebnik dlya IFK)
Jeleznyak Yu.D. Ivalov A.V. Voleybol (Uchebnik dlya IFK) M.Fis 1991 .g
Klehev Yu.N. Furmanov A.T. Yuno’y voleybolist, 1979 g.
Ivalov A.V. Voleybol, Uchebnik dlya ped. institutov 1985 y.
Ivalov A.V. Metodika obucheniya voleybola, Uchebnik dlya ped.institutov, Minsk, V.Sh. 1989 g.
Kao Van Txi Issledovanie faktorov opredelyayuhix vsotu pro’jka u voleybolistov 1971.g
Klehev Yu.N. Furmanov A.G.Yuno’y voleybolist, 1979 g.
Klehev Yu.N. Ayrapetyants A.T. Voleybol 1985.
Kovalev V.D. Napro’gavanie – klyuch k pro’guchesti voleybolista, Fizicheskaya kultura v shkole, 1980.g
Qoraboev U. “O’zbek xalq o’yinlari” Toshkent 2001.y
Lisitsna A.I. Usmonxujaev T.S “Podvijno’e igro’ nachalno’x klassax ” Toshkent 1989y .
Nasimov R.S. Kompleksnaya otsenka texniko-takticheskoy podgotovlennosti yuno’x voleybolistov, 1990 g.
Perelman M.I. Spetsialnaya fizicheskaya podgotovka voleybolistov.
Topo’shev O.P., Belyaev A.V., Fomin E.V, Kasmaliev O.S, Dinamika fizicheskoy podgotovlennosti voleybolistov v podgotovlennom periode, 1988.
Usmonxo’jaev T.S. Nauchno-pedagogicheskie osnovo’ fizicheskogo sovershenstvovaniya detey v svyazi ix dvigatelnoy aktivnostyu. 1995 y.
Ma’ruzalar matni kata o’qituvchi. T.Mirazimov.
Dostları ilə paylaş: |