Volume ǀ issue ǀ



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix03.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#172378
1   2   3   4   5   6   7
termin-va-terminologiya-berilgan-ta-riflar

ǀ
ISSUE 6 
ǀ
2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  
 
447 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
so‘zlardan farqli ravishda joriy qilinib ularning qo‘llanishi ma’lum darajada 
nazorat ostida bo‘ladi. “Terminlar paydo bo‘lib qolmaydi”, aksincha, ularning zaruriyati 
anglangan holda “o‘ylab topiladi”, “ijod qilinadi”. Masalan, bo‘lajak 
iqtisodchilarning yozma yoki og‘zaki nutqida 
kartel

kliring

tovar oboroti

mayda 
mulkchilik

mablag‘ ajratish

renta 
kabi tor doiradagina qo‘llaniladigan terminlar 
ishlatilishi tabiiy bir holdir. O‘z-o‘zidan ayonki, bu xildagi terminlar iqtisodiyotdan 
uzoqroq biror kasb egasining nutqida ishlatilmaydi. Shu bilan birga, iqtisodiyot 
sohasining qator terminlari ham borki, ular muayyan til egalarining deyarli barchasi 
nutqida bab-baravar ishlatilaveradi: 
Bozor, mol, savdo, savdo-sotiq, pul, haridor, 
bozorchi, olib-sotar, chayqovchi 
kabilar shular jumlasidandir. 
Ta’kidlash lozimki, nafaqat iqtisodiyot balki fan-texnika, ishlab chiqarishning 
xilma-xil soha va terminlar majmui, ya’ni yig‘indisi terminologiya deb ataladi. Masalan, 
matematika terminologiyasi, tibbiyot terminologiyasi, iqtisodiyot terminologiyasi va 
boshqalar. 
Termin grekcha terminus so’zidan olingan bo’lib, chek, chegara degan ma’noni 
bildiradi. U fan-texnika, qishloq xo’jaligi, san’at va madaniyat sohasiga xos soz’ 
hisoblanadi. Terminologiya – terminlar haqidagi ta’limot va terminlar majmui degan 
ma’nolarni anglatadi
1

Termin so’zi o’rnida ba’zan atama, istiloh so’zlarini ishlatish hollari uchrab 
turadi. Ammo bu to’g’ri emas. Atama bu to’g’ri emas. Atama termin so’ziga nisbatan 
tor tushunchani ifodalaydi. Istiloh so’zi esa arabchadir. Uni xalq tushunmaydi va 
meyorga aylangan emas. Terminologiya masalalari hamisha tilshunoslikning dolzarb 
masalalaridan biri bo’lib kelgan. Chunki terminlarning sohalar lug’aviy qatlamlaridagi 
o’rni va vazifasini belgilash, tushunchaning mazmun-mohiyatini to’g’ri anglash 
imkonini beradi. 
Terminologiyaga 
bag‘ishlangan ishlarning barchasida u yoki bu sohaning 
muayyan tushunchalarini anglatadigan, definitsiyaga ega bo‘lgan va, asosan, nominativ 
funktsiyani bajaradigan birliklar termin hisoblanadi deb qaraladi. 
A.Reformatskiy terminga ta’rif berar ekan, “... terminlar.– bu maxsus so‘zlardir” 
degan xulosaga keladi.
A.V. Kalinin muayyan fanlar va kasbkorlikda ishlatiladigan so’zlarni “maxsus 
leksika” deb ataydi va uni ikki guruhga ajratadi. 1. Maxsus leksikaga, birinchi navbatda, 
terminlar kiradi. 2. Maxsus leksika tarkibiga terminlardan tashqari professionalizmlar 
ham kiradi. U o’z fikrini davom ettirib, “Termin bilan professionalizmlar o’rtasidagi 
farq shuki, termin bu muayyan fan, sanoat sohasi, qishloq xo’jaligi, texnikadagi 
1
 
https://fayllar.org/til-va-terminologiya.html
  


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin