CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2
ǀ
ISSUE 6
ǀ
2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
446
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
TERMIN VA TERMINOLOGIYA BERILGAN TA’RIFLAR
Asror Abdullayevich Sabirov
Ma’mun nomidagi jahon tillari NTM Roman – german filologiyasi kafedrasi nemis tili
fani oʻqituvchisi
asror-chiwa@inbox.ru
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada tilshunoslikning muhim qatlami xisoblangan termin va
terminologiya haqida muhim ma’lumotlar hamda olimlarning ta’riflari tahlilga tortilgan.
Kalit so’zlar:
Termin, terminologiya, definitsiya, atama, istiloh,
maxsus leksika,
professionalism, sinonimiya, omonimiya,
fan tili, interpretatsiya, substansional,
funksional, dervatsion, semantik va pragmatik prinsiplar
.
Mazkur maqolamda termin va terminologiyaga nafaqat ona tilimizdagi, balki
boshqa tillardagi berilgan ta’riflar bilan sizlarni tanishtirmoqchiman. Bu bilan termin va
terminologiyaning amaliy va nazariy xususiyatlarini yanada teranroq anglashga xizmat
qiladi degan umiddaman.
Husanov N.A., Dilmurodova N.A. “O‘zbek tili” fanidan o‘quv-uslubiy
majmuasida quyidagicha fikrlarni uchratishimiz mumkin:
“Termin” tushunchasiga yuklangan mazmun quyidagicha belgilarga
asoslanadiki, bular terminlarni umumiste’moldagi so‘zdan farqlash uchun yetarli
deb o‘ylaymiz:
1) termin – umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi bo‘lmish ishlab
chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik, bir so‘z yoki birikmadir;
2) termin – konkret narsa-predmet, ashyo, mavhum tushunchalarning
maxsuslashtirilgan nomidir;
3) termin uchun muayyan ta’rif (definitsiya) zaruriydirki, uning yordamida tegishli
tushuncha mazmunini aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan chegaralab
ajratish imkonini beruvchi, ayni mahalda ma’lum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga
joylashtirishga yo‘l qo‘yuvchi, farqlovchi belgilarni ravshanroq ko‘rsatish mumkin.
Demak, terminologiya muayyan fanning tushunchalar tizimi bilan o‘zaro
munosabatda bo‘lgan terminlar jami sifatida ta’riflanadi. Har qanday tushunchalar
tizimiga muayyan terminlar tizimi to‘g‘ri keladi. Terminologik tizimlar fan
taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi. Terminlar umumiste’moldagi
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2
Dostları ilə paylaş: |