Volume ǀ issue ǀ



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix03.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#172378
1   2   3   4   5   6   7
termin-va-terminologiya-berilgan-ta-riflar

ǀ
ISSUE 6 
ǀ
2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  
 
449 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
X. Xyuellning qayd etishiga ko‘ra, terminologiya muayyan fanga oid terminlar 
yoki texnika sohasida qo‘llanadigan so‘zlar yig‘indisidir. Biz terminlar ma’nosini qayd 
etish orqali ular ifodalaydigan tushunchalami ham qayd etamiz (Whewell, 1967).
Termin so‘zini turlicha tushunish mavjud. Chunonchi, mantiqshunoslar (logiklar) 
uchun termin-aniq obyektga tegishli tavsif (yoki tavsiflar) yig‘indisini nazarda tutuvchi 
va unda tatbiq etiluvchi so‘z hisoblanadi. Har qanday tildagi istalgan so‘z termin 
bo‘lishi mumkin. 
Fan va texnikada termin sun’iy o‘ylab topilgan yoki tabiiy tildan olingan maxsus 
so‘z sanaladi. Bunday so‘zlaming qo‘llanish sohasi u yoki bu ilmiy maktab vakillari 
tomonidan aniqlashtiriladi yoxud chegaralanadi. Umumtil tenninlaridan farqli o‘laroq, 
ilm-fan, texnikaga xos terminlar iyerarxik birliklar sifatida terminologik sistemalarga 
birlashadi, ular o‘z ma’nolariga faqat ayni sistema ichida erishadi, bu sistemada ularga 
mantiqiy (tushunchaga oid) terminologik may don mos keladi. 
Termin va terminologik leksika tushunchalarini bir-biridan farqlash zarur. 
Terminlarning qo‘llanish, tarqalish ko‘lami muayyan terminologik sistema bilan 
cheklangan bo‘lib, ular insonning faoliyati doirasidagi aniq uslubda harakat qiladi
voqelanadi. 
Terminologik leksika o‘z tarkibiga tor mutaxassislik doirasidan ommaviy muloqot 
doirasiga ko‘chgan noprofessional nutqiy kontekstda keng qo‘llanadidigan so‘z va so‘z 
birikmalarini qamrab oladi. 
Umumadabiy til doirasiga o‘tgan termin o‘z terminologiyasi, terminologik 
maydoni va sistemasidan yiroqlashadi, terminlik xarakteristikasidan ajralib qoladi. 
Termin ta’rifi xususida ilmiy adabiyotlarda ko‘pdan-ko‘p mulohazalar bildirilgan. 
Deyarli barcha ta’riflarda termin maxsus ilmiy-texnikaviy tushunchani ifodalovchi so‘z 
yoki so‘z birikmasi tarzida tavsiflanadi. 
O.Vinokuming fikricha, termin - har doim aniq va ravshan. Terminlar sistemasi tili 
ongli shakllantiriladi. Zero, termin o'z-o'zidan, stixiyali tarzda paydo boimaydi, balki 
zarurligi, jamiyatda unga ehtiyoj mavjudligi bois yaratiladi. 
A.Gerdning mulohazasiga ko‘ra, termin ilm-fan taraqqiyotining muayyan 
bosqichida mavjud tushunchalaming asosiy xususiyatlarini aniq va to‘laligicha aks 
ettiruvchi maxsus terminologik ma’noga ega tabiiy va sun’iy til birligi, ya’ni so‘zyoki 
so‘zbirikmasidir(Gerd, 1991; 1-4). O.Axmanovaning ta’kidlashicha, terminologiya 
qaysidir fan o‘z taraqqiyotining oliy darajasiga erishgandagina yuzaga chiqadi, ya’ni 
termin muayyan tushuncha aniq ilmiy ifoda kasb etgandan so'ng tan olinadi. Terminni 
notermindan farqlashning muhim vositasi uni ilmiy asosda ta’riflash mumkin 
emasligidadir. V.G.Gak terminning ta’rifini berish qatori, uning mohiyatini ochadi va 
terminning biror bir til so‘z boyligidagi o‘rnini belgilaydi. U ilmiy ishlarda terminga 


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin