424 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz axloq me’yorlariga mos kelishini hisobga olishi kerak. Kompyuter o`yinlaridan
foydalanish (multimediya vositasida) bolalarga ta'lim berish samaradorligini oshirish
bilan birga bolaning aqliy va ijodiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarishda ijobiy natija
beradi. Paint dasturida bola rasm chizish jarayonida tasvirlagan predmet yoki hayvon,
tabiat manzarasi yoki odam rasmiga rang tanlashi, mavjud ranglarni farqlashi, ularni
joy-joyida ishlatishi, natijada o`z ishini baholashi davomida uning individual shaxs
xususiyatlari, qiziqishlari oddiy qog’ozga rasm chizgandan ko`ra yaqqolroq ifodalanadi.
Shu bilan birga AKT bolaga interfaol ta'lim berish vositasi sifatida bolaning yangi
bilimlarni tez o`zlashtirishiga va dunyoqarashini kengayishiga imkon beradi. Bu
interfaol kompyuter o`yinlari tarbiyachi tomonidan davlat talablariga mos ravishda
Power Point dasturida va mashg’ulotda bolalar bilan birga o`ynash uchun yaratilgan
bo`lishi zarur. Masalan, o`yin faoliyat markazida “Bino quramiz”, “Farqini top”, “Nima
kam”, “Xatoni top”, “Qo`g’irchoqni kiyintiramiz”, “Shaklni joylashtir”, “Rasmni
bo`ya” ta'limiy o`yinlarni animatsion tasvirlar yordamida o`ynasa mavzuga oid berilgan
bilimlarni bola zo`r qiziqish bilan o`zlashtiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasida an'anaviy ta'lim shakllari bilan
kompyuterlashtirilgan
pedagogik
texnologiyalarni
taqqoslaydigan
bo`lsak,
kompyuterlashtirilgan texnologiyalarda samarali natijalar namoyon bo`ladi. Kompyuter
ekranida axborotning o`yin shaklida aks etishi bolalarda shu faoliyat turiga nisbatan
diqqat va qiziqishini uyg’otadi; harakat, tovush, multiplikatsiya tasvirlari bola xotirasida
uzoq vaqt taassurot qoldiradi. Muammoli masalalarning qo`yilishi va ularninig to`g’ri
yechimini kompyuter orqali topilishi bolalarda mantiqiy fikrlash qobiliyatini
rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko`rsatadi. O`zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim
konsepsiyasida ko`rsatilganidek, kompyuter bolaga alohida yondashuv imkonini
yaratadi, bu jarayonda har bir bolada o`z intellektual darajasida va shaxsiy
xususiyatlaridan kelib chiqib topshiriqni bajarishiga imkon bo`ladi. O`z navbatida,
bolalarda kompyuter va smartfonlardan to`g’ri foydalanish ko`nikmasini shakllantirish,
mazkur texnika vositalarining ijobiy imkoniyatlari bilan birga salbiy tomnlari ham
mavjudligini nazarda tutish zarur. U faqat ta'limning samaradorligini va
zamonaviyligini ta'minlash uchun xizmat qilishi lozim.
AKTning maktabgacha ta'limga kiritishidagi dolzarb muammolardan yana biri
zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida pedagog xodimlar kompetentligining
yetarli emasligidir. Bugungi kun pedagoglari zmon bilan hamnafas ravishda o`z bilim
va ko`nikmalarini mustaqil oshirib borishlari zarur.
Xulosa o`rnida shuni ta‘kidlash joizki, axborot kommunikatsiya texnologiyalari
maktabgacha ta‘lim tizimida pedagogik jarayonni tashkil etishda, uzluksiz metodik
xizmat ko`rsatishda, metodik faoliyatni rejalashtirishda, pedagoglar, tibbiy xodimlar va
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230