Volume ǀ issue ǀ



Yüklə 436,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix18.01.2023
ölçüsü436,17 Kb.
#79599
1   2   3   4
maktabgacha-ta-limda-axborot-va-innovatsion-texnologiyalarining-o-rni (1)

 
423 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
foydalanishdan kutiladigan natijalar quyidagilarda yaqqol namoyon bo`ladi: 
birinchidan, maktabgacha ta‘lim sohasida ta‘lim sifati va bolalarni maktabga tayyorlash 
samaradorligining yaxshilanishi; ikkinchidan, bolalarning erkin fikrlashi doirasi va 
dunyoqarashining kengayishi; uchinchidan, bolalarning intellektual, ijtimoiy-hissiy va 
ijodiy rivojlanishi darajasining oshishi; ota-onalar bilan maktabgacha ta‘lim tashkiloti 
hamkorligining yanad mustahkamlanishi va qulaylikni ta’minlashi bilan afzaldir.
Texnika vositalari bilan to`la jihozlangan, ko`rgazmalarga boy mashg’ulot, 
ertaliklar, tadbirlar va chet tililarini o`rgatish bo`yicha to`garak mashg’ulotlari boladagi 
qobiliyat va iqtidorni yuzaga chiqarishda, uni rivojlantirishda ijobiy ta‘sir ko`rsatadi. 
Ayniqsa axborot texnologiyalari va innovatsiyalarning imkoniyatlari bollarning aqliy 
intellektual rivojlanishiga o`zining ijobiy ta’sirini ko`rsatadi, shu jihatdan, maktabgacha 
yoshdagi bolalar bilimlariga qo`yiladigan Davlat talablari, “Ilk qadam” Davlat o`quv 
dasturi asosida bilim va ko`ikmalarni egallagan, axborot kommunikatsiya 
texnologiyalari vositalari va ulardan to`g’ri foydalana oladigan 6-7 yoshli bola axborot 
zamonaviy, ilg’or texnologiyalar asosida ta‘lim berayotgan maktab ta‘limiga jismonan 
shay, yetarli intellektual ko`nikmalarga ega, psixologik tayyorlangan holda yo`llanadi.
Axborotlashtirish jarayonida maktabgacha ta‘lim tashkilotidagi tayyorlov guruh 
xonalarini yetarlicha jihozlash, multimediya jihozlari uchun moslashtirish masalalarini 
hal etish, maktabgacha ta‘lim tashkilotida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning 
AKT bo`yicha savodxonligini oshirish ustuvor vazifalardan biriga aylanmoqda. 
Maktabgacha ta‘lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish 
bir necha yo`nalishlarda o`z ifodasini topadi:
a) axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan bolalar bilan bo`lgan masofaviy ta‘lim-
tarbiya jarayonida foydalanish;
b) axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan masofaviy ta‘limda pedagoglarning ota-
onalar bilan hamkorlik jarayonida foydalanish;
c) axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan metodik ishlarni tashkil etishda, ta‘lim 
sifatini oshirishda tarbiyachilar bilan ishlash jarayonida foydalanish. 
Zamonaviy axborotlashgan jamiyat maktabgacha ta‘lim tashkiloti pedagoglari 
oldiga bir qator vazifalarni qo`yadi. Eng avvalo, pedagog kompyuter o`yinlarini va 
ta‘lim dasturlarini tanlashda bolaga boshchilik qilishi kerak. Buning uchun tarbiyachi 
kompyuter savodxonligini egallagan bo`lishi zarur, shuningdek maktabgacha yoshdagi 
bolalar bilan olib borilayotgan ta’lim-tarbiya faoliyatida bevosita global internet 
tarmog’i resurslaridan unumli foydalana olishi muhim.
Maktabgacha yoshdagi bola hayotida o`yin – bu eng asosiy faoliyat turi 
hisoblanib, u bola shaxsining shaklalnishi va rivojlanishi uchun katta ahamiyat kasb 
etadi. Gap kompyuter o`yinlari haqida borar ekan, tarbiyachi o`yinlarning bola yoshi va 


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  

Yüklə 436,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin