Volume-21, Issue-1, November 2022 109 matematika fanini o'qitishda tafakkur uslublari va shakllari


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 42,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix01.12.2023
ölçüsü42,5 Kb.
#170274
1   2   3   4
3-mavzu

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-21, Issue-1, November - 2022
 
110
tushunchani boshqa tushunchalardan farqli belgilari va umumiyligini ta'minlash uchun 
qo'llaniladi. 
Tushunchaning xususiyatlari: moddiy dunyoni aks ettiruvchi kategoriya 
hisoblanadi; bilishda umumlashgan narsa sifatida paydo bo'ladi; tushuncha o'ziga xos 
inson faoliyatini bildiradi; inson ongida tushuncha shakllanib, u nutqda, yozuvda va 
belgilarda ifodalanishi bilan xarakterlanadi. 
Tushunchaning shakllanish jarayoni bosqichlari: qabul qilish, hissiy bilish
tasavvur, tushunchaning shakllanishi. 
Umumlashtirishda bir necha ob'yektlarga tegishli umumiyliklar ajratilib, farqlari 
qaralmaydi, abstrakt tushunchalar shunday paydo bo'ladi. Bunda ob'yektlarning 
kattaroq to'plami qaralib, ularga xos umumiy va turg'un xossalari ajratiladi. 
Tushuncha mazmun va hajmga ega: mazmun - bu tushunchaning barcha muhim 
belgilari to'plamidan iborat, hajmi esa - bu tushunchani qo'llash mumkin bo'lgan 
obyektlar to'plami, demak, mazmun - belgi, xossalar, hajm- obyektlarni ifodalaydi. 
Parallelogramm tushunchasi mazmuniga kuyidagi belgilar kiradi: qarama-qarshi 
tomonlar teng, qarama-qarshi burchaklar teng, kesishish nuqtasida diagonallari teng 
ikkiga bo'linadi. Hajmiga esa parallelogrammlar, romblar, to'gri to'rtburchaklar, 
kvadratlar kiradi. 
Tushunchaning mazmuni va hajmi o'zaro aloqada. Mazmun hajmni belgilaydi, 
hajm esa mazmunni to'la aniqlaydi. Ular o'zaro teskari bog'lanishda, ya'ni mazmun 
o'zgarishi bilan hajm o'zgaradi, lekin birining kengayishi ikkinchisininng torayishiga 
sabab bo'ladi. 
Masalan, parallelogramm tushunchasi mazmunini kengaytirsak, ya'ni uning 
diagonallari o'zaro perpendikulyar belgisini qo'shimcha qilsak,uning hajmi torayadi va 
unga faqat romb va kvadratlar kiradi. Agar mazmunnni kichraytirsak, ya'ni juft-juft 
qarama-qarshi tomonlari parallelligini olib tashlasak, u holda uning hajmi kengayib, 
unga yana trapesiyalar ham kiradi. 
Agar ikkkita tushuncha pt va p2 berilgan bo'lsa va ularning hajmlari tegishlilik 
munosabatida bo'lsa, ya'ni p2 tushuncha kattaroq hajmga ega bo'lsa, u holda p2 
tushuncha pt ga nisbatan jinsdosh, pt esa p2 ga nisbatan turdosh deb ataladi. Masalan, 
romb parallelogrammga turdosh tushuncha, aksincha, parallelogramm rombga 
jinsdosh tushuncha hisoblanadi. 
Tushuncha mazmunini ochishda uning belgilari yordamida ta'riflash muhim 
ahamiyatga ega. Tushunchaninng ta'rifida har bir belgi zaruriy, barchasi esa yetarli 
bo'lishi zarur. Masalan, parallelogram - ikki juft qarama - qarshi tomonlari teng va 
parallel bo'lgan to'rtburchak, kvadrat - tomonlari teng va to'rtta burchagi to'gri bo'lgan 
parallelogrammdir kabi ta'riflar bunga misol bo'la oladi.Umuman olganda, ixtiyoriy 
tushunchani kengaytirib nuqtali to'plamlargacha olib borish mumkin. Masalan, kvadrat 



Yüklə 42,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin